O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sbia-85 guruh talabasi Axmedova Nargiza Muxtardjanovnaning Falsafa fanidan Mustaqil ishi Toshkent-2023 Mavzu


Download 91.79 Kb.
bet5/7
Sana29.04.2023
Hajmi91.79 Kb.
#1400220
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axmedova nargiza falsafa

"estetika" nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu "san’at falsafasi" yoki yana ham aniqroq qilib aytganda "badiiy iyod falsafasi". Hegelning "estetika" atamasidan ko’ngli to’lmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan biri yuqorida uning o’zi aytib o’tgan fikrlari bo’lsa, ikkinchisi mazkur so’zning barcha his tuyg’ularga taalluqliligi. Vaholanki, fanimiz faqat nafosatli his tuyg’ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko’ra, "estetika" atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga allaqachon fanimizning tadqiqot doirasi san’at hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois biz "nafosatshunoslik" atamasini ilmiy muomalaga kiritishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Zero mazkur atamaga asos bo’lgan "nafis", "nafislik", "nafosat" so’zlari o’z qamrovi bilan fanimiz talabiga to’la javob byera oladi. "Nafis" so’zi "o’zbek tilining izohli lug’ati"da go’zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak ma’nolarida izohlanadi. Bundan tashqari "estetika" ("eshtetik") so’zi olmonlardagi yoki ruslardagi kabi bizda keng yoyilib, xalqimiz nutqiga singishib ketgan emas. Endi fanimizning mohiyatini anglatadigan "san’at falsafasi" va "go’zallik falsafasi" iboralariga to’xtalamiz. Nafosatshunoslik tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko’pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o’tganimizdek, san’at fanimizning yagona tadqiqot ob’yekti emas. Hozirgi paytda texnika nafosatshunosligi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrofmuhitni go’zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham bizning fanimiz shug’ullanadi. Shu bois , uning hamrovini san’atning o’zi bilangina chegaralab qo’yishga haqqimiz yo’q. Zero ,bugungi kunda inson o’zini o’rab turgan barcha narsa hodisalarning go’zal bo’lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan tayyora, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog’lar hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, demak, "go’zallik falsafasi" degan ibora fanimizga ko’proq mos keladi. Negaki, fanimiz faqat san’atdagi go’zallikni emas, balki, insondagi, jamiyat va tabiatdagi go’zallikni ham o’rganadi. Shuningdek, go’zallikdan boshqa ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo’jizaviylik, uyg’unlik, noziklik singari ko’pdan-ko’p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham nafosatshunoslik fanining zimmasida. Lekin, bu o’rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go’zallik, bir tomondan, unsur sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o’zi go’zallikka nisbatan unsur vazifasini o’taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo’lishini biz nafosat deb ataymiz. Go’zallik, ko’rganimizdek, nafosatning bosh, yetakchi xususiyati hisoblanadi. Shu bois u nafosatshunoslikning asosiy mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero, go’zallikning ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi nafosatdorlik tabiatiga ega bo’lolmaydi. Masalan, ulug’vorlikni olaylik. U asosan hajmga, miqdorga asoslanadi. Buxorodagi Arslonxon minorasi yohud Minorai Kalon ulug’vorligi bilan kishini hayratga soladi, unga tikilar ekansiz, qalbingizni nafosat zavqi hamrab oladi. Lekin xuddi shunday balandlikdagi kimyoviy korxona mo’risidan zavqlanolmaysiz. Yoki yonbag’irdan turib, toqqa tikilsangiz naofosat zavqini tuyasiz, ammo xuddi shunday balandlikdagi shahar chetida o’sib chiqqan axlat "tog’i"ga qarab zavqlanmaysiz. Chunki Arslonqon minorasi me’morlik san’ati asari sifatida go’zallik qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; tog’ esa tabiat yaratgan ulug’vor go’zallik. Zavod mo’risida ham, axlat "tog’"ida ham hajm, miqdor boru, lekin bir narsa go’zallik yetishmaydi. Minora bilan tog’dagi hajmni salobatga aylantiruvchi unsur, bu go’zallik. Fojeyaviylik xususiyatida ham go’zallikning ishtirokini ko’rish mumkin. Misol sifatida Lev Tolstoyning 
Download 91.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling