O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sbia-85 guruh talabasi Axmedova Nargiza Muxtardjanovnaning Falsafa fanidan Mustaqil ishi Toshkent-2023 Mavzu


Download 91.79 Kb.
bet1/7
Sana29.04.2023
Hajmi91.79 Kb.
#1400220
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axmedova nargiza falsafa

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SBIA-85 guruh talabasi
Axmedova Nargiza Muxtardjanovnaning

Falsafa fanidan
Mustaqil ishi



Toshkent-2023

Mavzu: Estetikaning fan sifatida shakllanishi tarixi

Reja:

1. Estetikaning fanga kirib kelishi



2. Estetikaning fan sifatida Somirda shakllanishi tarixi

3. Estetikaning fan sifatida Misrda shakllanishi tarixi


ESTETIKA (yunoncha aisthetikos - hissiy idrok, sezgi) – 1) voqyelikni hissiy ta'sirchan, emotsional o‘zlashtirish; 2) estetik faoliyat qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan, nafosatshunoslik. Estetikaga oid dastlabki ta'limotlar miloddan avvalgi 2-3 ming yil muqaddam Qadimgi Misr, Hindiston, Xitoyda vujudga kelib, Qadimgi Yunonistonda Aflotun, Arastu, rimlik Lukretsiy, Goratsiy singari mutafakkirlarning asarlarida har tomonlama rivojlandi. O‘rta asrlarda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda ham o‘ziga xos estetik g‘oyalar vu-judga keldi. Nizomiy, Sa'diy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy, Behzod kabi san'atkorlar ijodida go‘zallik va ezgulikning uyg‘unligini tarannum etuvchi estetik tasavvurlar tarkib topdi. Shuningdek, tasavvufona qarashlar keng yoyildi. O‘rta asrlar Yevropasida "ilohiy go‘zallik" (Avreliy Avgustin, Foma Akvinskiy) haqidagi tasavvurlar keng yoyildi. Uyg‘onish davri arboblari (Leonardo da Vinchi, L.Alberti, M.Monten, V.Shekspir, M.Servantes) tabiat bilan jamiyat mohiyatan go‘zaldir, san'atkor esa, tabiat va insonning go‘zalligini kuylashi kerak, degan estetik tamoyilni qo‘llab-quvvatladilar. Nemis mutafakkirlaridan Lessing, Gerder, shuningdek, Gyote, Shiller san'atda haqqoniylik g‘oyasini ilgari surdilar; Kant, Fixte, Shelling, Gegel kabi donishmandlar estetik tafakkur taraqqiyotiga samarali hissa qo‘shdilar. Chunonchi, Gegel estetika predmeti nafis san'atdagi go‘zallikdan iboratdir, degan g‘oyani ilgari surdi. XVIII asr o‘rtalarida nemis ma'rifatparvari Aleksandr Gotlib Baumgarten (1714-1762) "Poetik asarga doir ba'zi masalalar xususida falsafiy mulohazalar" (1735) asarida estetikani alohida fan deb hisobladi va uning san'atda yorqin namoyon bo‘lishini ko’rsatdi.
Tafakkur tarixini chuqur o‘rganish estetikani fan sifatida e'tirof etish imkonini berdi. Estetika fan sifatida estetik tafakkur tarixi, estetikaning nazariy-metodologik muammolari va estetik tarbiya masalalarini o‘z ichiga oladi, Estetika falsafa, milliy istiqlol g‘oyasi, sotsiologiya, san'atshunoslik, psixologiya, pedagogika kabi fanlar bilan uzviy bog‘langan, ayni vaqtda, ularning umumestetik madaniyatini shakllantirishdagi funksiyalarini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida umumestetik ehtiyojlarning ortishi, ularni qondirishga qaratilgan faoliyatning chuqurlashib borishi, komil insonni tarbiyalash vazifalarining chuqurlashuvi, shuningdek, ijtimoiy hayotda milliy san'atimiz rolining ortib borishi jarayonida estetikani o‘rganish va rivojlantirishning ahamiyati yanada kuchaydi.

Download 91.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling