"Urush va tinchlik" romanidagi Austrlitsda bo’lib o’tgan rus va fransuz qo’shinlari to’qnashuvidan so’ng, jang maydonida yarador bo’lib yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo’lida bayroq dastasini ushlagancha ko’m-ko’k maysada moviy osmonga qarab yotgan, oppoq mundirli botir yigit bayroqdor zobitning tepasiga kelgan Napoleon uni o’lgan deb o’ylab, bu manzaradan hayratlanib: "Mana bu go’zal o’lim!", deydi. Bu o’rinda asar qahramonining o’limi fojeyaviylik, o’limning qahramonlikka aylanishi ulug’vorlik; fojeyaviylik bilan ulug’vorlik xususiyatlarining omuxtalashuvi natijasida esa go’zal manzara, qayg’uli va ulug’vor go’zallik vujudga kelgan. Shuning uchun ham Napoleonning hayrotomuz xitobi bejiz emas. Demak, nafosatshunoslikning asosiy tadqiqot obekti go’zallik, biroq, san’at ham o’z navbatida nafosatshunoslikning go’zallik kabi keng qamrovli tadqiqot obekti hisoblanadi. San’at nafosatshunoslikning obekti sifatida o’ziga xos olam. Unda nafosatning xususiyatlari bo’rtib ko’zga tashlanadi. Shunga ko’ra uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San’at hayotni inikos ettirar ekan, insonning o’zini o’ziga ko’rsatuvchi ulkan ko’zgu vazifasini o’taydi. U insonni o’rgatadi, da’vat etadi, go’zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda nafosatshunoslik san’atning ko’makchisi, etakchisi hisoblanadi. Nafosatshunoslik bir tomondan, san’atning paydo bo’lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo’lgan barcha jarayonlarni o’rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan, esa san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o’zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi. Shunday qilib, nafosatshunoslik san’atni to’la qamrab oladi va uning ichiga kirib boradi: badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi idrok etuvchiga etib borgunigacha bo’lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zotan
Do'stlaringiz bilan baham: |