Qisqacha xulosa
Aholi ro‘yxatlari va aholini joriy qayd etishdan olinadigan
ma’lumotlarsiz demografik koeffitsiyentlarni hisoblab bo‘lmaydi.
Aytish joizki, bu koeffitsientning sur’ati joriy qayd etish bo‘lsa,
maxraji aholi ro‘yxati yoki uning asosida olingan hisob-kitoblar
bo‘ladi. Aholi soni dinamikasi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga,
rivojlanishning tarixiy xususiyatlariga, demografik vaziyatga, shuning-
dek, mamlakatdagi va dunyodagi siyosiy holatga bevosita bog‘liq
bo‘ladi.
Aholi soni dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahlili uchun
tarkibiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi, masalan, ayrim hududlarda
yashayotgan aholi soni va ulushini solishtirish. Bunda guruhlash va
indekslar qo‘llaniladi: o‘sish va o‘sish sur’atlari, teng bo‘lmagan vaqt
oraliqlari uchun esa o‘sish va o‘sish sur’atining o‘rtacha yillik
sur’atlari olinadi.
Aholining jins tarkibi – aholining erkak va ayollarga taqsimlani-
shidir. Aholining yosh tarkibi – bu aholining yosh guruhlari va yosh
kontingentlari bo‘yicha taqsimotidir. Demografik siyosat davlat
organlari va ijtimoiy institutlarning aholini takror hosil jarayonlarini
tartibga solish sohasidagi aniq maqsadni ko‘zlagan faoliyatidir. Uning
tarkibi siyosiy faoliyat boshqa sohalarida bo‘lgani kabi ikki muhim va
o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlardan: demografik maqsadlarni belgilash
hamda ularni amalga oshirishdan iborat.
Mavzu bo‘yicha savollar
1. Demografik jarayonlarni o‘rganish manbalari qaysilar?
2. Doimiy aholi soni va unga ta’sir etuvchi omillar nimalarni o‘z
ichiga oladi?
3. Aholi soni dinamikasi ko‘rsatkichlari deganda nimani tushu-
nasiz? U qanday ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi?
4. Aholining jins tarkibi qanday ko‘rsatkichlarni o‘zida jamlaydi?
5. Aholining yosh tarkibi qanday ko‘rsatkichlardan iborat?
6. Aholining joylashishi bo‘yicha tarkibida nimalarga e’tibor
beriladi?
7. Aholining iqtisodiy tarkibi deganda nimani tushunasiz?
8. Demografik siyosat olib borish uslublarini sanab bering. Uning
zarurati nimada?
106
Do'stlaringiz bilan baham: |