O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

9.3. Pensiya tizimlari modellari 
Hozirgi davr jahon amaliyotida pensiyalarning asosiy uch turi 
farqlanadi: 
- yoshga doir pensiya. Bu pensiyani olish uchun qonunchilik 
orqali belgilab qo‘yilgan muayyan yoshga to‘lish va muayyan mehnat 
stajiga ega bo‘lish talab qilinadi; 
- nogironlik pensiyalari. Bu pensiyalar qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda nogiron deb topilgan shaxslarga tayinlanadi
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari. Vafot etgan boquvchining 
qaramog’ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini 
yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. 
Jahonda pensiya tizimlari turlicha ekaniga qaramasdan ularning 
hammasini ikki yirik guruhga ajratish mumkin (1-rasm): 
1. Taqsimlash turidagi pensiya tizimlari. Uning mohiyati pensiya 
to‘lovlari uchun joriy xarajatlar joriy tushumlar hisobiga amalga 
oshirilishidan iborat. G‘arbda uni “pay-as-you-go” – “yurib turgan 
ekansan, to‘la” deb ham atashadi. Ya’ni katta avlod vakillari pensiya 
ta’minotini mamlakatning iqtisodiy faol aholisi ta’minlaydi, degan 
ma’noni beradi. 
Taqsimlash tizimidagi pensiya modelida pensionerlarga pensiya 
to‘lash uchun mablag‘lar uch manbadan shakllantiriladi: 
- ish bilan band xodimlar to‘lovlari; 
- ish haqi fondidan majburiy to‘lovlar; 
- davlat dotatsiyalari. 
- pensiya tizimining taqsimlanishida uchta asosiy kamchiligi 
mavjud: 
- demografik ko‘rsatkichlarning ta’siri; 
- pensiyaning o‘rtacha ish haqiga bog‘liqligi; 
- mablag’ to‘planishi koeffitsiyenti. 


109 
 
9.1-rasm. Pensiya tizimi modellarining amal etishi
27
 
2. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi. Mazkur model joriy va 
kelajakdagi pensiya to‘lovlarini amalga oshirish uchun maxsus 
mablag‘ zahirasini yaratishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. U mohiyat 
jihatidan uzoq muddatli investitsiya jarayonidan iborat bo‘lib, 
dastavval to‘lanadigan badallar hisobiga pensiya kapitali shakllan-
tiriladi, u iqtisodiyotga investitsiya qilinadi va shu hisobiga pensiya 
kapitali ko‘paytiriladi. Pensiya to‘lovlari ana shu jamg‘arilgan pensiya 
27
Abdurahmonov Q.X., Abduramanov X.X. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish. O’quv 
qo’llanma. - T.: TDIU, 2010. – 84 b 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling