O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

Fuqarolarga 
davlat 
pensiyalarini 
tayinlash 
tartibi. 
Mamlakatimizda amalda boʻlgan pensiya tizimi bu - “solidar” 
pensiya taʼminoti tizimiga asoslangan tizim boʻlib, pensionerlarga 
pensiya toʻlovlari uchun mablagʻlar, asosan bugungi kundagi ish 
beruvchilar tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga toʻlanayotgan 
ijtimoiy toʻlovlar hisobidan amalga oshirib boriladi. 
Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo boʻlganidan soʻng 
istalgan paytda pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etishlari 
mumkin. 
Masalan, yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga 
toʻlganda va ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda hamda ayollar 
55 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega 
boʻladilar. 
Pensiya yoshiga yetib, zaruriy ish stajiga ega boʻlmagan 
taqdirda, lekin kamida 7 yillik ish staji mavjud boʻlsa, bor stajiga 
mutanosib ravishda toʻliqsiz miqdorda yoshga doir pensiya 
tayinlanadi. Toʻliqsiz yoshga doir pensiyaning miqdori yoshga doir 
eng kam pensiyaning 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim. 


114 
Pensiyalarning miqdori fuqarolarning bevosita ish staji va ish 
haqiga, yaʼni toʻlangan ijtimoiy toʻlovlarga proporsional bogʻliq 
ravishda hisoblab chiqiladi. 
Fuqarolarga 
ijtimoiy 
nafaqalarni 
tayinlash 
tartibi. 
Fuqarolarning konstitutsion huquqlarini kafolatlash doirasida davlat 
pensiyasini tayinlash uchun ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va 
mehnatga layoqatsiz fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar davlat byudjeti 
mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. 
Ijtimoiy nafaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish 
haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlarini oshirish 
toʻgʻrisidagi Farmoniga muvofiq qatʼiy miqdorda belgilanadi. 
Misol uchun, yoshga doir nafaqalar erkaklarga - 65 yoshga 
yetganida va ayollarga - 60 yoshga yetganida hamda ish staji 7 
yildan kam boʻlganda tayinlanadi. Yoshga doir ijtimoiy nafaqaning 
miqdori (2019-yil 1-yanvar holatiga) – 243 300 soʻmni tashkil etadi. 
2019-yilda biror bir turdagi pensiya va ijtimoiy nafaqalarni 
tayinlash tartibi bekor boʻlmagan hamda barcha toʻlovlar oʻrnatilgan 
tartibda har oyning 27-sanasiga qadar toʻliq amalga oshiriladi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling