O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


-bob. PENSIYA TA’MINOTI VA AHOLINING KEKSAYISHI


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

9-bob. PENSIYA TA’MINOTI VA AHOLINING KEKSAYISHI 
 
9.1. Pensiya tizimining iqtisodiy funksiyasi va maqsadi 
9.2. Pensiya tizimining shakllanish tarixi 
9.3. Pensiya tizimlari modellari 
9.4. O‘zbekistonda davlat pensiya ta’minoti 
9.5. Imtiyozli pensiya ta’minoti 
9.6. Pensiya miqdorining shakllanish tarkibi 
9.7. Pensiya tizimining uzoq muddatli barqarorligini ta’min-
lashda xalqaro tajriba 
 
9.1. Pensiya tizimining iqtisodiy funksiyasi va maqsadi 
Pensiya (lotincha “pensio” – “to‘lov” ) – fuqarolarga davlat yoki 
boshqa subyektlar tomonidan qonunda belgilangan hollarda muntazam 
va, odatda, umrbod faqat naqd pul shaklida va pensionerning elektron 
hisob-raqamiga to‘lanadigan to‘lovlar hisoblanadi. 
Davlat yoki nodavlat pensiya tizimining milliy iqtisodiyotdagi 
asosiy iqtisodiy funksiyasi – mehnatga layoqatli va mehnatga layoqati 
bo‘lmagan toyifadagi fuqarolar o‘rtasidagi yalpi ichki daromadini 
qayta taqsimlash, muntazam daromad manbayiga ega va daromadga 
ega bo‘lmaganlar, katta daromadga ega shaxslar va past daromadga
ega shaxslar o‘rtasida hamda yoshiga doir pensiyaga ketayotgan 
mutaxassislar va endi mehnat jarayoniga kirib kelayotgan yosh ishchi-
lar o‘rtasida, keksa avlod va yosh avlod o‘rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy 
qarama-qarshi ziddiyatlarni bartaraf etish, jamiyatdagi ijtimoiy 
keskinlikni yumshatib, barqaror iqtisodiy-ijtimoiy o‘sishni ta’minlaydi. 
Pensiya ta’minoti tizimining asosiy maqsadi – insonning mehnat 
faoliyati pirovard natijalariga qarab (mehnat staji, sug‘urta staji, 
mehnat davomidagi daromad ko‘rsatkichlari) uning qonunda 
belgilangan yoshiga qarab yoki sog‘ligiga qarab (nogironlik) hamda 
boquvchisini yo‘qotgan vaziyatda yoshiga doir yoki nogironlik pensiya 
hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarga pensiya to‘lovlarni belgilaydi. 
Pensiya tizimining subyektlari – davlat, ish beruvchilar va 
pensionerlar (shu jumladan nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan 
oilalar). 


107 
Pensiya tizimining obyektlari – davlat va nodavlat pensiya ta’mi-
noti idoralari, pensiya jamg‘armalari, xalq banki bo‘linmalari, pochta 
bo‘linmalari hisoblanadi. 
Pensiya ta’minoti faoliyatiga bevosita ta’sir qiluvchi omillar – 
davlatdagi demografik vaziyat, mehnat bozoridagi muvozanat, aholi 
daromad ko‘rsatkichlari, iqtisodiy rivojlanish sur’atlari, bank 
tizimining barqarorligi, sug‘urta tizimining aholini qamrab olish 
darajasi va h.k. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling