4-bob. MINGYILLIK DEKLARATSIYASI VA MINGYILLIK
RIVOJLANISH MAQSADLARI
4.1. Inson huquqlarining umumjahon deklaratsiyasi
4.2. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va standartlar
4.3.Mingyillik rivojlanish maqsadlari va ularning inson
taraqqiyotidagi ahamiyati
4.4. Mingyillik rivojlanish maqsadlari monitoringini amalga
oshirish uchun tanlangan indikator va vazifalar majmuyi
4.5. Mingyillik rivojlanish maqsadlari monitoringini amalga
oshirish uchun tanlangan vazifalar majmuyi
4.6. Global va milliy mingyillik rivojlanish maqsadlarining
ustuvorliklari, chaqiriqlari va imkoniyatlari
4.1. Inson huquqlarining umumjahon deklaratsiyasi
1948-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasining 217 A (III) rezolyustiyasi bilan “Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilindi va e’lon qilindi.
Umumjahon deklaratsiyasida 1789-yilgi Inson va fuqaro huquqlari
deklaratsiyasidek, “Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda
huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar” (1-modda) deb e’lon
qilindi. Shu bilan bir qatorda umumjahon deklaratsiyasida unga
quyidagilar qo‘shib qo‘yilgan: “Har bir inson irqi, tana rangi, jinsi, tili,
dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib
chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’i nazar ushbu
Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquq va erkinliklarga ega
bo‘lishi zarur”
14
(2-modda).
Inson huquqlarining umumiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:
• inson huquq va erkinliklari unga tug‘ilganidan mansub, davlat
tomonidan taqdim etilmagan;
• inson va fuqaro huquq va erkinliklarini tan olish, ularga rioya
qilish va himoya qilish – davlatning majburiyatidir;
• tenglik prinsipiga muvofiq huquq va erkinliklar hammaga va har
bir kishiga teng taqdim etilgan;
14
Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномалар: тўплам. – Т.: Адолат, 2004. – 30-31 б.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |