O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo`limi
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish istiqbollari
Download 472.5 Kb.
|
Saidov Y Kurs ishi Bank ishi
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish istiqbollari
Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishida pul aylanmasi muhim rolь oʻynaydi. Chunki iqtisodiyotni pul bilan taʼminlanish darajasi pul aylanmasini tashkil etishga uzviy bogʻliq. Iqtisodiyotda pul mablagʻlarini yetishmasligi ishlab chiqarish va savdoning oʻsishini syekinlashtiradi, pul oʻrniga boshqa toʻlov vositalarini vujudga kyeltiradi. Va aksincha, pul hajminnig oshishi inflyasiya darajasini oshishiga, milliy pul birligining qardsizlanishiga va ijtimoiy kyeskinlikni kuchayishiga olib kyelishi mumkin. Shuning uchun ham 2017-2021 yillarda Oʻzbyekiston Ryespublikasini rivojlantirishning byeshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Ryespublikamizda banklararo hisob-kitoblar tobora rivojlanib bormoqda. Harakatlar stratyegiyasida Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish, buning uchun pul-kryedit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini taʼminlash, shuningdyek, bank tizimini isloh qilishga alohida eʼtibor qaratilgan. Ryespublikamizda amalga oshirilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, pul aylanmasida, ayniqsa, naqd pul aylanmasida bir qator kamchiliklar mavjud. Jumladan, tijorat banklarining kassalarida naqd pul mablagʻlari tushumi hajmi pastligicha qolmoqda, ularning katta qismi bankdan tashqariga aylanmoqda. Bu korxona, tashkilot va muassasalarni naqd pulga boʻlgan talabini vaqtida qondirish imkoniyatini byermaydi, banklarning ryesurs bazasiga va davlatning soliqli va boshqa majburiy toʻlovar shaklidagi daromadlari hajmiga salbiy taʼsir qiladi. Ushbu muammolarni ijobiy hal qilish xorijiy tajribani oʻrganishni taqoza etadi. Maʼlumki, pul aylanmasi yalpi pul oqimlari sifatida naqd va naqdsizga boʻlinadi. Rivojlangan davlatlarda naqdsiz pul aylanmasi naqdiga nisbatan ancha koʻproq hajmni tashkil etadi. Chunki ushbu davlatlarda bank tizimi barqaror boʻlib, uning infratuzilmasi yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, taraqqiy etgan davlatlar toʻlov tizimida zamonaviy informasion tyexnologiyalardan faol foydalanilmoqda. Shuning uchun ushbu davlatlar anʼanaviy naqd pul ishlatiladigan chakana savdo va xizmat koʻrsatishda naqdsiz toʻlovlardan koʻproq foydalanadi. Xalqaro hisob-kitoblar bankining maʼlumotlariga koʻra, Osiyoda naqd pul mablagʻlari aylanmasi ulushi yevrohudud yoki Rossiyaga nisbatan ancha yuqoridir: masalan, Yaponiyada u YaIMning 21%ga yaqin, shu vaqtning oʻzida Rossiyada – 10,5%ni, Buyuk Britaniyada esa – 4%dan kamroqni tashkil etadi . Skandinaviya davlatlari, xususan, Shvyesiya, Daniya, Norvyegiya va Finlyandiya markaziy banklari elyektron toʻlovlar ulushini oshirishga, naqd pulni ishlatishni minimumga tushirishga intilyaptilar. Shvyesiya banki maʼlumotlariga koʻra, 2016 yilda naqd pullar ishtirokidagi opyerasiyalar transaksiyalar umumiy hajmining 2%dan kamini tashkil etadi. Ryegulyatorning ekspyertlari prognoziga binoan, 2020 yilda ushbu koʻrsatkich 0,5%gacha tushishi mumkin. Va bu – davlat siyosatidir . Shvyesiya aholisi toʻlovlarni asosan elyektron shaklda amalga oshiradilar, naqd puli toʻlovlarning koʻproq ulushi xorijiy turistlarga toʻgʻri kyeladi. Nigeriya Markaziy banki tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirishga qaratilgan siyosatning mohiyati shundaki, bu orqali pul muomalasini boshqarish samaradorligi oshadi va xarajatlar kamayadi. Baʼzi iqtisodchilar (Humphryey & Byergyer, 1990, Humphryey yet al., 1996., Onlyey, 1999, Klyeye, 2004, Garcia-Swart yet al., 2006), naqdsiz toʻlov tizimining rivojlanishi mamlakatda naqd pulsiz hisob-kitolblarni rivojlantirishni muhim omili dyeb qarashadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar jarayonida toʻlovlar asosan intyernyet orqali amalga oshirishlari mumkin, mobil qurilmalar, shaxsiy raqamli yordamchi (PDA), smart kartalar va boshqa elyektron toʻlov tizimlari, jumladan, dyebit va kryedit kartalari samarali ishlaydi. Hukumat va tijorat banklari naqdsiz hisob-kitob opyerasiyalarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydilar (Xon va Kryeyg-Lyeyes, 2009). Kanada kabi naqdsiz hisob-kitoblar rivojlangan davlatlarda aholining barcha qatlami bank muassaslari bilan toʻliq taʼminlangan. Ushbu mamlakaatda katta yoshlilarnig 96 foizi bank muassaslarining xizmatlaridan foydalanadiHatto aholining eng kambagʻal qismi ham 93 foiz bank muassalari bilan taʼminlangan. Shvyesiyalik mashhur mutaxassis Bьyurno Erikssonning fikriga koʻra, naqd pullardan qochishning asosiy sababi shvyed banklarining toʻlov kartalari va kontaksiz toʻlovlar qoʻllashni faollashtirish va shunga munosib ravishda kassa boʻlimlarini qisqartirish hisobiga oʻz foydalarini oshirishga intilishi hisoblanadi. Bundan istyeʼmolchilar jabr koʻrishini ular hisobga olishmaydi. B.Eriksson taʼkidlaydiki, Shvyesiyaning parlamyentiistyeʼmolchilarni toʻlov vositalarini tanlashni chyegaralashni taqiqlovchi qonun qabul qilgan1. Bundan shunday xulosa qilsa boʻladiki, ryespublikamizda ham aholi toʻlovlarni amalga oshirishda uning vositalari turini oʻzlari erkin tanlashlari lozim. Xorijiy davlatlarda tijorat banklari aholiga ish haqi oʻtkaziladigan plastik kartochkalarga ovyerdraft shaklidagi kryedit xizmatlari koʻrsatadi. Jismoniy shaxs plastik kartochkasidagi mablagʻlar yetmaganda bank oʻrnatilgan limit darajasida ovyerdraft mablagʻlaridan foydalanishga ruxsat byeradi. Ushbu kryedit uchun jismoniy shaxs ishlayotgan korxona kafil boʻladi, ammo u ishdan boʻshagandan soʻng bank ovyerdaft limitini oʻchiradi. Plastik kartochkalardan foydalanishning bunday xorij tajribasini ryespublikamizda tadbiq etilishi uning jozibadorligini yanada oshiradi. Aholining barcha qatlami plastik kartochkalardagi mablagʻlarini erkin va samarali ishlatishi uchun sharoit yaratilishi lozim. Ular pul mablagʻlarini asosan chakana savdo va aholiga pullik xizmat koʻrsatish sohasida ishlatadilar. Shuning uchun ham ushbu sohalarni hisob-kitob terminallari bilan toʻliq taʼminlash plastik kartochkalar orqali naqdsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, Oʻzbyekiston Ryespublikasi Pryezidyenti 2017 yil 15 fyevralda “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini qabul qildi. Mazkur qarorga muvofiq 2017 yilning 1 martidan boshlab chakana savdo va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik subʼyektlari aholidan toʻlovlar plastik kartochkalar yordamida qabul qilinishini taʼminlaydigan hisob-kitob terminallarini oʻrnatmagan taqdirda oʻz faoliyatlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlmaydilar. Shuningdyek, Oʻzbyekiston Ryespublikasi Markaziy banki va tijorat banklari hisob-kitob terminallarini tadbirkorlik subʼyektlariga ijaraga byerish va ularga mulk sifatida sotish myexanizmini qayta koʻrib chiqish byelgilangan. Lekin shu bilan birga naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish, banklararo hisob-kitoblar qilishda mummolarimiz ham mavjuddir. Xususan, taraqqiy etgan mamlakatlardan farqli oʻlaroq, Oʻzbyekiston Ryespublikasining tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta “Nostro” vakillik hisobraqamiga ega. Ushbu vakillik hisobraqami Oʻzbyekiston Ryespublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. Taraqqiy etgan mamlakatlarda esa, har bir tijorat banki milliy valyutada ikkita “Nostro” vakillik hisobraqamiga ega. Ushbu vakillik hisobraqamining bittasi Markaziy bankning balansida (vyertikal vakillik hisobraqami) ochilgan boʻlsa, ikkinchisi mamlakatdagi boshqa tijorat banklarining balansida (gorizontal vakililk hisobraqami) ochilgan. Banklararo hisob-kitoblarning barchasi gorizontal vakillik hisobraqami orqali amalga oshiriladi. Tijorat bankining Markaziy bank bilan hisob-kitoblari (Markaziy bankdan kryedit olish, Markaziy bankka dyepozitlar joylashtirish, majburiy zaxira ajratmasini oʻtkazish kabi opyerasiyalar) vyertikal vakillik hisobraqami orqali amalga oshiriladi. Tijorat banklarining oʻzaro gorizontal vakillik hisobraqamlariga ega emasligi toʻlovlar hajmini oshirishga toʻsqinlik qiladi va naqd pusliz hisob-kitoblar amaliyotini takomillashtirish nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. Oʻzbyekiston Ryespublikasi bank amaliyotida korxonalar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda qoʻllaniladigan hisob-kitob chyeklarining mavjud emasligi, fikrimizcha, naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish myexanizmidagi asosiy kamchiliklardan biri. Chunki xalqaro bank amaliyotida hisob-kitob chyeklari naqd pulsiz hisob-kitoblarning mustaqil shakli hisoblanadi va oʻziga xos afzalliklarga egadir. Dyemak, mamlakat toʻlov amaliyotida ularning yoʻqligi naqd pulsiz hisob-kitoblarni toʻlaqonli amalga oshirilmayotganligidan dalolat byeradi. Taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyotida banklarning ordyerli chyeklaridan kyeng koʻlamda foydalaniladi. Mazkur chyeklarning oʻziga xos muhim jihatlaridan biri shundaki, ularni indossamyent orqali uchinchi shaxslarga uzatish mumkin. Natijada ordyerli chyeklardan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi dyebitor-kryeditor qarzdorlikni kamaytirishda foydalanish imkoniyati yuzaga kyeladi. Amalga oshirilgan tahlilllarning natijalari koʻrsatadiki, ryespublikamizda banklar tomonidan ochilgan akkryeditivlarning naqd pulsiz toʻlovlar hajmidagi salmogʻi juda kichik. Buning ustiga, hujjatlashtirilgan akkryeditivlarning asosiy qismi taʼminlangan akkryeditivlarning hissasiga toʻgʻri kyelmoqda. Buning natijasida xoʻjalik subʼyektlariga tyegishli pul mablagʻlarining maʼlum qismi ularning xoʻjalik aylanmasidan chiqib qolmoqda. Mamlakatimiz xoʻjalik va bank amaliyotida naqd pulsiz hisob-kitoblarning sof inkasso shakli mavjud emas. Ushbu shaklning mavjud emasligi ryespublikamizda tijorat vyeksyellari muomalasining mavjud emasligi bilan izohlanadi. Sof inkassoning mavjud emasligi naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini yanada oshirishga toʻsqinlik qiladi. Chunki tijorat vyeksyellari indossamyent orqali boshqa subʼyektlarga uzatilishi natijasida, birinchidan, naqd pulsiz toʻlovlar hajmini oshiradi, ikkinchidan, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi dyebitor-kryeditor qarzdorlik hajmini qisqartirish imkonini byeradi. Hozirgi kunda barcha bank plastik kartalari orqali amalga oshirilayotgan toʻlovlar boʻyicha yakuniy moliyaviy hisob-kitoblar Markaziy bankning kliring tizimi orqali oʻtkazilmoqda. Oʻzbyekiston Ryespublikasi Pryezidyentining 2018 yil 19 syentyabrdagi “Milliy toʻlov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3945-sonli Qaroriga asosan "Oʻzbyekiston Ryespublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish bosh markazi" davlat unitar korxonasi Milliy Banklararo Prosyessing Markazi tashkil etildi. Mazkur tizim barcha banklar tomonidan emissiya qilingan “HUMO” milliy valyutadagi bank plastik kartalari orqali amalga oshirilayotgan toʻlovlarning barqarorligini taʼminlaydi. Hozirgi kunda 100 000 ta toʻlov tyerminali hamda 2 000 000 ta bank plastik kartalari olib kyelingan. Shundan, 23.04.2019 y. holatiga Toshkyent shahrida jami 47 457 ta tyerminal oʻrnatilgan. Jumladan: 1) Dyesk-3500 tyerminalidan – 26 970 ta 2) Movye-2500 tyerminalidan – 20 487 ta Oʻzbyekistonda milliy toʻlov tizimlarining rivojlantirish istiqbollari (yechimini kutayotgan masalalar): • muloqotsiz (kontaktsiz) tyexnologiyalarni qoʻllagan holda naqd pulsiz toʻlovlarni amalga oshirish xizmatlari joriy etilishi (QRcodye i NFC); • terminallar uchun Visa, Mastyercard, Union Pay, Mir xalqaro tizimlari kartalaridan ichki bozorda toʻlovlarni amalga oshirilishini taʼminlash; (Intyegrasiya) • mobil ilovalar orqali bank xizmatlarining ommabopligini oshirish; • Virtual plastik kartochkalarini joriy etilishini tashkil etish; • mijozlarni masofadan turib idyentifikasiyalash myexanizmini joriy etilishi (BDMABda jismoniy shaxslar); • milliy Prosyessing markazini toʻliq ishga tushirish (PQ-3620, PQ-3945) • elyektron tijoratda milliy platformani ishga tushirish (PQ-3724) • Oʻzbyekiston Ryespublikasida xalqaro opyerasiyalarning hisobini yuritish tizimini tashkil etish • yagona skorring tizimini tashkil etish • mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (SRM) tizimini toʻliq shakllantirish. Xulosa XXI asrda texnologiya taraqqiyot va iqtisodiy infratuzilmalarning rivojlanishi bilan pulning ko’rinishi va funksiyalari hamda to’lov tizimi takomillashdi.Naqdsiz shakldagi to’lov tizimi ilgari faqat bank muassasasida maxsus hisobraqamga ega xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilgan bo’lsa, endilikda aholi o’rtasida ham naqdsiz shakldagi to’lov tizimi rivojlana boshladi. Shu pul massasi tarkibida naqd pul agregatining qisqarishi va pulning ‘gomogenlik’(yagona turga ega bo’lish’)xususiyati paydo bo’la boshladi. Aholi o’rtasidagi naqd pul muomalasining naqdsiz pul muomalasiga aylanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni quyidagicha izohlash mumkin: 1. Bank tizimida pul muomalasi tannarxini kamaytirish va to’lovtizimini takomillashtirish: a) Bank tizimida aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha operatsion xarajatlarni qisqartirish lozim .Bank tizimida aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha operatsion xarajatlarni qisqartirish lozim.Bank tizimida aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha operatsion xarajatlni qisqartirish deganda,avvalo aholining jamg’arma hisobraqami ochishi va plastic kartochkala olishi bo’yicha undiriladigan komission yig’imlar miqdorini kamaytirish talab qilinadigan hujjatlar ro’yxatini qisqartirish hamda rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish kabi tadbirlar yig’indisi tushuniladi. b) Bank tizimi orqali amalga oshiriladigan va bank ishtiroki talab qilinadigan elektron to’lovlar tizimini takomillashtirish pul muomalasida elektron to’lovlar tizimini takomillashtirish to’lov tizimida doimiy –o’zgarmas xarajatlar (to’lov infratuzilmasi xarajatlari) miqdorini orttirsada kutilmagan xatarli,ya’ni o’zgaruvchan (to’lov tizimidagi ‘mehnattalab’) xarajatlar miqdorini kamaytiradi.Natijada,to’lov tizimi bilan bog’liq xarajatlar miqdorini boshqarishdagi xatarlar darajasi kamayadi. 2. Monetar instrumentlarning ijtimoiy foydalilik xarakterini oshirish pul muomalasida elektron to’lovlar tizimi takomillashishi bilan aholi asosiy qatlamining bank muassasasi bilan bevosita munosabatlari qisqaradi. Ushbu holat iqtisodiyotda aholining moliyaviy savodxonligi darajasining oshishi deb bahladi.Shuningdek bankdagi hisobraqamning amaliyot vaqti bank ofisining ish vaqtiga bog’liqligi yo’qolib,bank xizmati takomillashadi hamda ‘bank ish kuni’atamasi o’z ahamiyatini yo’qotadi.Bu aholi to’lovlarida operatsion xarajatlarning qisqarishi demakdir. Aholi tomonidan naqdsiz to’lov tizimida keng foydalanilayotgan plastik kartochkalari debet va kredit kartochkalari sifatida ikkiga ajratilmoqda.Bugungi kunda mamlakatimizda faqat debet plastik kartochkalaridan keng foydalanilmoqda.Kredit plastik kartochkalari muomalaga hozircha kiritilmadi. 3. Milliy valyutadagi aholi omonatlari bo’yicha % stavkasi darajasi aholining naqd va naqdsiz aktivlari nisbatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Depozitlar bo’yicha % stavkalarining o’sishi aholining muddatli omonatlari,plastik kartoshkadagi depozitlari miqdorini oshiradi.Muddatli omonatlar miqdorining oshishi va muddatining uzayishi,oxir-oqibatda elektron to’lov tizimining rivojlanishi bilan naqdsiz pul to’lov tizimi instrumenti hisoblangan plastik kartochkalarga bo’lgan talabni oshiradi va aholining naqd pulga bo’lgan talabi kamayib,naqdsiz chakana to’lov tizimi kengayadi.Ammo aholi depozitlariga o’rnatiladigan % stavklarining ortiqcha ko’tarilishi,aholi tomonidan plastik kartochkalardagi depozitlar miqdorini omonatlarga yo’naltirish va naqdsiz pul to’lov tizimining qisqarishi shaklida aks ta’sir ko’rsatishi ham mumkin.shuning uchun naqdsiz to’lov tizimida elektron pulning “to’lov” ,“jamg’arma” va “daromad” funksiyalarini chuqur tahlil qilish lozim. 4. Bank tizimining muvozanati ushbu tadbirkorlik katta ahamiyatga ega.Ma’lumki,aholi bank tizimida yuz beradigan inqiroz jarayoniga tezkor munosabat bildiradi va ularning o’z omonat hamda depozitlarini bankdan qaytaeib olishi natijasida bank tizimining inqirozini tezlashtiradi.Ushbu holatni 2008 yilda Rossiya va Angliya hamda 2009 yilda Italiya davlatlari misolida ko’rish mumkin. Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko’ra aholining naqdsiz chakana to’lovlari hajmini oshirish,iqtisodiyotda naqd va naqdsiz pul o’rtasidagi farqni yo’qotish muomaladagi pul massasi tarkibida naqd pul miqdorini kamaytirish masalalari iqtisodiy tadbirlar bilan birgalikda texnik rivojlanish dasturini ham talab qiladi. Mahalliy xom ashyodan foydalangan holda plastik kartochkalarni yiliga 500 ming donadan kam bo’lmagan hajmda ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni ta'minlash. Bank plastik kartochkalaridan to’lovlarni qabul qilish bo’yicha hisob-kitob tеrminallarini ishlab chiqarishni ta'minlash . Banklar bo’linmalari va filiallaridan banklar bosh ofisining qayta ishlash markazlari, Yagona umumrеspublika protsеssing markazi va hisob-kitob bankigacha ma'lumotlarni еtib kеlishida ularni qayta ishlash orqali bo’g’inlarini qisqartirish hisobiga, to’lovlar o’tkazish jarayonlarini tezlashtirish haqida ko’rsatilgan. VIII. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni lеgallashtirishga va tеrrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha, xalqaro andozalarini joriy qilish hamda ichki nazorat va xavfsizlikni ta'minlash tizimlarini yanada takomillashtirish bo’limida esa Plastik kartochkalar bilan hisob-kitob tizimining ma'lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirishdan ishonchli himoyalashni va maxfiy axborotlarni himoyalashni ta'minlashga imkon bеruvchi yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va ma'lumotlar bazasiga kira oladigan shaxslar doirasini qisqartirish hisobiga tovlamachilik faoliyatidan kеlib chiqadigan tavakkalchiliklarni oldini olish haqida aytib o’tilgan. Yana shu narsani e’tirof etmoqchi edimki,mamlakatimizda elektron to’ovlar tizimining ommalashishida va taraqqiy topishida faol xizmat ko’rsatayotgan banklarimiz rag’batlantirilsa,ularning bu tizimni takomillashtirishga bo’lgan intilishlari yanada ortadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,elektron to’ovlar tizimining takomillashishi va qamrab olish miqyosining kengayishi mamlaktimiz iqtisodiyoti uchun muhim hisoblanadi,chunki elektron to’lovlar tizimi rivojlangani sayin,bizning valyutamizning qadrsizlanishining oldi olinadiva iqtisodiyotimizda pul aylanishi shunchalik tezlashadi. Download 472.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling