O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo`limi


Download 472.5 Kb.
bet1/13
Sana17.06.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1550303
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Saidov Y Kurs ishi Bank ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



SIRTQI BO`LIMI

BUXGALTERIYA HISOBI, IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT” KAFEDRASI


BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT” FANIDAN




KURS ISHI
Mavzu: Naqd pulsiz hisob kitoblar alohida shakllarining xususiyatlari va ularni hisobga olish tartibi
Bajardi: BI-54-2 guruhi talabasi
Abdullaev Maqsud
Ilmiy rahbar: Norquchqorov A
TOSHKENT 2022

REJA:
Kirish


1.O`zbekiston Respublikasida Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish qoidalari
2. Naqd pulsiz hisob-kitoblar operatsiyalarini amalga oshirish va hisobga olish tartibi
3. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish istiqbollari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
So`nggi yillarda xalqaro miqyosda iqtisodiy munosabatlarning integratsiyalashuvi rivojlangan davlatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan mamlakatlar to`lov tizimining, jumladan, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi instrumentlaridan biri bo`lgan bank plastik kartochkalarining rivojlanishiga ham keng zamin yaratdi.
Xususan O`zbekistonda 2005 yilda 429 mingta bank plastik kartochkalari muomalaga chiqarilgan va ular orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 143,2 mlrd. so`mni tashkil qilgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2015 yil 1 yanvar holatiga ko`ra muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalari soni 13 449 mingta, ular orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 2013 yilda 16 307.5 mlrd. so`mni tashkil etdi.2022 yilga kelib 27106 mingta bank plastik kartochkalari muomalaga chiqarilgan va ular orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 2021 yilda 111137 mlrd. so`mni tashkil qilmoqda.
Plastik kartalarning rivojlanish tendensiyasini kuzatadigan bo`lsak, so`nggi 5 yil ichida u yuqori ko`rsatkichni qayd qilib 2021 yil 1 yanvar holatiga jami 25776 mingta karta emissiya qilingani aytilmoqda.Bu esa o`tgan yilga nisbatan 125 foiz o`sishga erishilganini ko`rsatadi .1
Insoniyat azaldan soddalashtirish va osonlashtirish tarafdori bo’lib kelgan. Plastik kartochkalar va bankomatlarning yuzaga kelishi va ular orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblarning rivojlanishi jahon moliya bozoridagi pul massasini oshishiga olib keladi va u chek va chek daftarchalari muomalasini qisqartiradi. Tajriba shuni ko’rsatadiki,ushbu zamonaviy texnologiyalar aholiga yengillik tug’dirish barobarida mamlakat iqtisodiyotini sog’lomlashtirishga ham xizmat qiladi.
Yurtimiz iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida plastik kartochkalar davr talabiga aylandi. Bank plastik kartalari orqali hisob-kitoblarning rivojlanishi va amalda yaxshi ishlashi avvalo, huquqiy me`yorlarning mukammalligiga bog`liq. Shuning uchun ham hukumatimiz hamda Respublika Markaziy banki tomonidan plastik kartalar orqali hisob-kitoblarni rivojlantirishga oid chora tadbirlar ishlab chiqiladi va mukammalashtirilib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining xavfsiz vositasi bo’lgan plastik kartochklar orqali to’lov amaliyotlarini tashkil etish va takomillashtirish yurtboshimiz tomonidan ham qo’llab-quvvatlanmoqda. Buni biz Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan tadbirlar misolida ham ko’rishimiz mumkin.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida 2004 yil 24 sеntabrdagi 445-sonli Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 19 aprеldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi 1325-sonli Qarori, shuningdek 2010 yil 26 noyabrda “2011-2015 yillarda rеspublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro rеyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1438-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur qarorning davomi sifatida joriy yilning, ya`ni, 2015 yil 6 mayda Prezidentimizning “Tijorat banklari barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlar to`g`risida” gi 2344 - sonli Qarori qabul qilindi. 2020 yil 13 aprelda 3229 sonli O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi NIZOM qabul qilindi
Bularning barchasi jamiyatimiz hayotidagi naqd pulsiz hisob-kitoblari tizimini rivojlantirish maqsadida qabul qilindi. Bu qarorlarning qabul qilinishi plastik kartochklar tizimiga yurtboshimiz tomonidan katta e’tibor berilayotganini anglatib, mamlakatimiz bank tizimiga yanada katta ishonch, mas’uliyat va bir qator imtiyozlar olib keldi.
O’zbekiston iqtisodiyoti uchun plastik kartochkalar tizimini rivojlanishi quyidagi ijtimoiy holatlarga olib keladi:
1. O’zbekiston Respublikasi naqd pul muomalasini tartibga solish.
2. Muomaladagi naqd pulning umumiy massasini qisqartirish va uning taqchilligini bartaraf etish.
3. Naqd pul mablag’larini muomalaga chiqarish va ularga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq umumdavlat xarajatlarini kamaytirish.
4. Aholining bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb qilish va ularni xo’jalik aylanmasiga kiritish
5. Ijtimoiy fondlarning mablag’larini naqd pulli aylanmadan naqdsiz aylanma sohasiga o’tkazish va ular orqali amalga oshirilgan bank operatsiyalaridan qo’shimcha daromad olish hisobiga Davlat ijtimoiy dasturlarini moliyalashtirishning qo’shimcha manbalarini yaratish.
6. Pul mablag’larining aylanish tezligini oshirish.
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan to`g`ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada bank plastik kartochkalari orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar bevosita Markaziy bank nazoratida bo`lib, pulning bankdan tashqari aylanmasini cheklaydi.
Mamlakat miqyosida pul massasi hajmining o`zgarishi muomaladagi pul massasining o`zgarishi natijasi yoki pul aylanishi tezlashganligining natijasi bo`lishi mumkin.
Pul aylanishining tezlashuviga kredit pullarning paydo bo`lishi, o`zaro hisob-kitoblar tizimining rivojlanishi, banklarning qisqa vaqt ichida katta hajmdagi operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatining yuzaga kelganligi, pullik hisob-kitoblarda bank plastik kartochkalari orqali pul aylanmasini jadal sur`atlarda o`sib borishi yordam beradi.
Shu bilan bir qatorda, bank plastik kartochkalari nafaqat bank tizimi va iqtisodiyot uchun, balki aholi uchun ham kata qulayliklar olib keldi.
Birinchidan, xavfsizlik, qulaylik va tezkorlik, ya`ni, foydalanuvchi o`zi bilan juda ko`p miqdorda naqd pul olib yurmasligi, boshqa tomondan to`lovni tezda amalga oshirishi.
Ikkinchidan, plastik kartochka yo`qolsa, bankka xabar berib o`z hisob-kitob raqamini muzlatib qo`yish mumkin.
Uchinchidan plastik kartochkalardan foydalangan holda mijozlar hisob raqamidan mablag` yechish va unga pul o`tkazish Umumrespublika yagona protsessing markazi orqali amalga oshirish imkonining ko`payishi va hokazolar.
Kurs ishimning kirish qismini yakunlar ekanman, xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bank plastik kartochkalari Markaziy bankning maqsadi hisoblanmish milliy valyuta barqarorligini ta`minlashga xizmat qiladi, naqd pulga bo`lgan talabni qisqartiradi va markaziy bankning emissiya xarajatlarini kamayishiga olib keladi, aholining bo`sh turgan mablag`laridan iqtisodiyotda samarali foydalanish imkoniyatini beradi.




  1. Download 472.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling