O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo`limi
Download 472.5 Kb.
|
Saidov Y Kurs ishi Bank ishi
mablag‘larni oluvchining banki — mablag‘larni oluvchining pul mablag‘lari kirim qilinadigan hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank;
mablag‘larni to‘lovchi — to‘lov kimning hisobidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs; mablag‘larni to‘lovchining banki — mablag‘larni to‘lovchining pul mablag‘lari hisobdan chiqariladigan hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank; Oldingi tahrirga qarang. mablag‘larni to‘lovchining identifikatsiya raqami — yuridik shaxslar to‘lovchi sifatida ishtirok etadigan to‘lov hujjatlarida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va jismoniy shaxslar to‘lovchi sifatida ishtirok etadigan to‘lov hujjatlarida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ko‘rsatiladigan to‘lov hujjatining rekviziti; shaxsiy varaqcha — tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun imzolar namunalari qo‘yilgan, boshqa yuridik shaxslar uchun imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha; elektron to‘lov vositalari — axborotni o‘z ichiga olgan va to‘lovchiga to‘lovni amalga oshirish, shuningdek to‘lovchi bilan elektron to‘lov vositalarining emitenti o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan bank kartasi yoki boshqa elektron jism. Banklar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi to‘lov hujjatlaridan foydalaniladi: mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi memorial order; mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi to‘lov topshiriqnomasi; mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi to‘lov talabnomasi; mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi inkasso topshiriqnomasi; mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi akkreditivga ariza. Naqd pulsiz hisob-kitoblar elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin, bunda ushbu hisob-kitoblar qonunchilik hujjatlari va tegishli to‘lov tizimi qoidalari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan to‘lov hujjatlarining turi mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanishi mumkin, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, tegishli to‘lov hujjati bankka kelib tushgan operatsiya kunida mazkur Nizomda belgilangan tartibda bajariladi, bundan mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar mustasno. To‘lov hujjati operatsiya kuni tugaganidan keyin kelib tushsa, u mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan keyingi operatsiya kuni boshlanganda olingan deb hisoblanadi hamda keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Xalqaro to‘lovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda, to‘lov hujjatlari olingan paytdan e’tiboran ikki operatsiya kunidan kechiktirmay bajariladi. Banklar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, soliq hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiq hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli. Mablag‘lar mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgandan so‘ng, mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, bundan elektron to‘lov vositalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish mustasno. Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida unga qo‘yilgan talablarni bajarish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari summasi mavjud bo‘lmaganda yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda, mablag‘larni hisobdan chiqarish Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) muvofiq amalga oshiriladi. Mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga doir majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun to‘lanishi zarur bo‘lgan penyani hisoblash va undirish bo‘yicha banklar javobgar bo‘lmaydi. Mijoz hisob-kitob operatsiyalariga doir barcha masalalar bo‘yicha unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o‘rtasidagi nizolar ular o‘rtasida tuzilgan bank hisobvarag‘i shartnomasiga muvofiq hal qilinadi. O‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar sud orqali hal etiladi. Banklar o‘rtasida milliy valyutadagi o‘zaro hisob-kitoblar banklarning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) ochilgan vakillik hisobvaraqlaridan Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi. Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlar Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 1545, 2006-yil 14-fevral) muvofiq amalga oshiriladi. Download 472.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling