O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo`limi


Download 472.5 Kb.
bet8/13
Sana17.06.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1550303
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Saidov Y Kurs ishi Bank ishi

Oldingi tahrirga qarang.
bankdan olingan kreditlar va ularga hisoblangan foizlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzdorlikni kafil bo‘lgan shaxsdan undirish uchun, bundan kafilning subsidiar javobgar bo‘lishi nazarda tutilgan hollar mustasno;
(56-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3229-1, 07.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 10/20/3229-1/1259-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(56-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
57. Qog‘oz shakldagi akseptsiz to‘lov talabnomalari bankka:
mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bankning bitta filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi;
mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bir bankning turli filiallari yoki turli banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda to‘lov talabnomasi mablag‘larni oluvchining bankiga taqdim qilingan bo‘lsa, uning barcha nusxalari mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboriladi.
58. Mablag‘larni to‘lovchining banki akseptsiz to‘lov talabnomalari asosida mablag‘larni hisobdan chiqarganda, to‘lov talabnomasi old qismining yuqori o‘ng burchagiga “Akseptsiz” degan yozuv kiritadi va to‘lovni amalga oshiradi.
59. Akseptlangan, qisman akseptlangan yoki akseptsiz to‘lov talabnomasi asosida to‘lov amalga oshirilgandan keyin, mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan to‘lov talabnomasining:
birinchi nusxasi bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikiladi;
ikkinchi nusxasi mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda to‘lovchiga beriladi. Bunda, to‘lov talabnomasining nusxasini mablag‘larni to‘lovchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
60. Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar yetarli bo‘lgan va to‘lov talabnomalari mazkur Nizom talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, to‘lov mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, akseptlangan yoki akseptsiz to‘lov talabnomalari bank tomonidan 2-son kartotekada hisobga olinadi va mablag‘larning yetarli bo‘lgan qismi doirasida to‘lov amalga oshiriladi, bunda to‘lov talabnomasining orqa tomonida qisman to‘lov amalga oshirilgan sana, qisman to‘langan summa va qoldiq ko‘rsatilib, imzo qo‘yiladi. To‘lov talabnomasi bo‘yicha summaning qolgan qismi mablag‘larning kelib tushishiga qarab to‘lab boriladi.
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, akseptlangan yoki akseptsiz to‘lov talabnomalari 2-son kartotekada hisobga olinadi hamda bu haqda uch operatsiya kunidan kechikmay mablag‘larni oluvchining bankiga xabar beriladi va mablag‘larning kelib tushishiga qarab to‘lab boriladi.
Tizim orqali taqdim qilingan to‘lov talabnomalari asosida amalga oshirilgan qisman to‘lovlar hisobi dasturiy ravishda yuritiladi.
Akseptli va akseptsiz to‘lov talabnomalarining 2-son kartotekadan hisobdan chiqarilishi sud qaroriga, mablag‘larni oluvchining arizasiga va mablag‘larni oluvchining faoliyati tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomaga asosan amalga oshiriladi hamda ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi.
Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov tizimi orqali kelib tushgan elektron shakldagi to‘lov talabnomalari ro‘yxat ko‘rinishida chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
Elektron shakldagi to‘lov talabnomasining nusxasini mablag‘larni oluvchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
To‘lov talabnomasi bitta operatsiya bo‘yicha takroran taqdim etilishi mumkin emas, bundan dastlabki to‘lov talabnomasi mablag‘larni to‘lovchining bankiga kelib tushmagan hollar mustasno.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling