O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo`limi


Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar


Download 472.5 Kb.
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1550303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Saidov Y Kurs ishi Bank ishi

Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar
Memorial order banklar tomonidan foydalaniladigan naqd pulsiz to‘lov hujjati bo‘lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda;
bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;
banklarning ichki operatsiyalarida;
to‘lov hujjatlari bo‘yicha qisman to‘lov amalga oshirilganda;
ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilganda;
mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar ushbu talab bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa;
buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;
jismoniy shaxslarning (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) yozma murojaati bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazishni amalga oshirishda, bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, mazkur murojaat memorial order bilan birga bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
mijozlar bilan tuziladigan shartnomalarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Bankda 2-son kartotekaga kirim qilingan to‘lov hujjatlari bo‘yicha qisman to‘lov avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda memorial orderlarning “To‘lov maqsadi” grafasida qisman to‘lov amalga oshirilganligini bildiruvchi “Q/t” belgisi, to‘lov hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi ko‘rsatiladi.
Bank to‘lovchi sifatida qatnashganda va buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda foydalanadigan memorial orderlar bank rahbarining va bosh buxgalterning imzolari (shu jumladan elektron raqamli imzolari) bilan tasdiqlanishi lozim. Boshqa hollarda memorial orderlar mazkur operatsiyani amalga oshirgan mas’ul xodimlarning (bek-ofis boshlig‘i, yetakchi buxgalter) imzolari (shu jumladan, elektron raqamli imzolari) bilan tasdiqlanadi.
Memorial orderlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligi bo‘yicha javobgarlik mazkur to‘lov hujjatlarini imzolagan shaxslar zimmasiga yuklatiladi.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling