O`zbekiston Respublikasida Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish qoidalari
O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi 3229 sonli NIZOM 2020 yil 13 aprelda qabul qilindi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslarning to‘lov hujjatlaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish tartibini belgilaydi, bundan budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar mustasno. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
1-son kartoteka — to‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq;
2-son kartoteka — muddatida to‘lanmagan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq;
akkreditiv — to‘lovchi tomonidan to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ shartnoma shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilingan taqdirda, mablag‘larni oluvchining hisobiga o‘tkazilishiga doir bankning shartli majburiyati;
aksept — to‘lovchining, to‘lov uning hisobidan amalga oshirilishiga roziligi yoki qarzdorlikni tan olganligi;
operatsiya kuni — farmoyishlarni qabul qilish va ularga ishlov berish amalga oshiriladigan vaqtning davri;
valyutalash sanasi — to‘lov hujjati asosida pul mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish sanasi;
masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) — elektron xizmatlardan foydalanish uchun to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiya vositalari, raqamli va axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot va uskunalar majmui;
mablag‘larni oluvchi — pul mablag‘larini oluvchi shaxs;
Do'stlaringiz bilan baham: |