O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Pedogogik hisobot5
uchinchidan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining
20 o‘ziga xos xususiyatlari mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va aholining ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilganligida namoyon bo‘ldi; to‘rtinchidan, mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikka erishilishi, iqtisodiy va institutsional islohotlarning chuqurlashtirilishi hamda investitsiya muhitining yaxshilanishi investitsiya, xususan, xorijiy investitsiya faolligi darajasini sezilarli darajada oshishiga omil bo‘ldi; beshinchidan, bugungi kunda mamlakatimizda jahon axborot-ta’lim muhitiga integrallashishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi shakllantirildi va takomillashtirilmoqda. Ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan ta’lim usullaridan keng foydalanilmoqda. Xususan. axborot-kommunikativ texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismiga aylandi; oltinchidan, axborot-kommunikativ texnologiya biror obyekt, jarayon yoki hodisaning holati haqidagi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishni amalga oshirish jarayoni bo‘lib, shaxsiy kompyuterlar va telekommunikasiya vositalaridan tizimli foydalanilgan holda ta’lim berishning zarur bo‘g‘ini sanaladi hamda ta’lim jarayonida ijodiy ko‘nikmalarni o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi; yettinchidan, o‘zida zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanishni nazarda tutgan, interfaol dasturiy ta’minot ostida boshqariladigan video va audio effektlarning o‘zaro bog‘liqligida matn, tovush, grafika, foto, videoni birlashtirgan axborot-kommunikativ texnologiyalarning muhim sohasi multimedia hisoblanadi. Xususan, multimediali taqdimot bugungi kunda axborot taqdim etishning zamonaviy shakli hisoblanadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling