O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Pedogogik hisobot5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari
11 Kadrlarni tayyorlash jarayoni Mamlakatimizda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan izchil islohotlarga, taʼlim jarayonini yangi sifat bosqichida olib borish asosida taʼlimning ishlab chiqarish bilan uzviy aloqasini mustahkamlash va uni takomillashtirish jarayonida qo‘yilayotgan talablarga, xususan, kadrlar isteʼmolchilari ehtiyojlariga muvofiq oxirgi yillarda kafedrada tomonidan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini tayyorlashda bir qancha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Natijada «Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tomonidan bakalavriatda 5231500 – «Baholash ishi”, 5232700 – «Investitsion loyihalarga xizmat ko‘rsatish va moliyalashtirish” taʼlim yo‘nalishlari hamda magistraturada 5A230603 – «Investitsiyalarni boshqarish” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) va 5A231501 – «Baholash ishi va rieltorlik” (mulk obʼektlari bo‘yicha) mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanib kelinmoqda. Kafedra tomonidan tayyorlanayotgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari talabalarining malakaviy amaliyoti hamda magistratura mutaxassisliklarida taʼlim olayotgan talabalarning ilmiy faoliyat amaliyotlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Respublika fond birjasi, Respublika mulk markazi, turli mulk shaklidagi tijorat banklari, lizing kompaniyalari, investitsion kompaniyalar, baholovchi kompaniyalarda tashkil qilingan. Kafedra pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari Kafedrada pedagog xodimlarining muntazam va reja asosida kasbiy malakasi, 12 pedagogik mahorati, tajriba va salohiyatini oshirib borishga jiddiy eʼtibor qaratib kelinmoqda. Kafedraning bir qator pedagog xodimlari bir qancha xorij davlatlari universitetlarida, jumladan, kafedra dotsenti L.Sabirova 2016-yilda Germaniyaning «Gyotingem” universitetida, kafedra katta o‘qituvchisi S.Yakubova 2018-yilda Hindistonning Tadbirkorlikni rivojlantirish institutida (Entrepreneurship Development Institute of India), kafedra dotsenti M.Raimjonova 2018-yilda Malayziyada «MTCP” dasturi bo‘yicha, kafedra katta o‘qituvchisi Z.Sayidaxmedova 2019 yilda Hindistonning Xaydarobod moliyaviy menejment Milliy institutida “Loyiha va risk menejmenti” xalqaro o‘qish dasturiga muvofiq malaka oshirgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi «Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-sonli Qarori asosida kafedra rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimi amaliyotga joriy etilgan. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling