O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana19.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1610260
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pedogogik hisobot5




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA 
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
MAGISTRATURA BO`LIMI 
 
“BAHOLASH ISHI VA INVESTITSIYALAR” 
KAFEDRASI 
 
“HIMOYAGA TAVSIYA ETILDI” 
 
Magistratura va kechki ta’lim 
fakulteti dekani 
______________________________ 
 
“___” ____________2023y
 
Baholash ishi va investitsiyalar 
kafedrasi mudiri 
_______________________________ 
“___” ____________2023y
 
 
 
ILMIY-PEDAGOGIK ISHI BO`YICHA 
 
 
 
Kafedra tomonidan ro`yxatga 
olingan tartib raqami № _____ 
 
“___” ____________2023y.
 
 
Bajardi: IB-5, guruh talabasi 
Shaymatov Elyor 
 
Ilmiy rahbar: Aliqulov Mehmonali
 
 
_____________
(imzo) 
 
 
 
TOSHKENT – 2023
 
HISOBOT



 
 
Kirish 
Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli 
insonlarga bog‘liq. Shu bois oxirgi to‘rt yilda taʼlim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar 
mavqeini yuksaltirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Endi mamlakatimiz yangi davrga 
qadam qo‘ymoqda. O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot 
strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish aynan taʼlim sohasini, inson kapitalini 
rivojlantirishga qaratilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 
“talim biz uchun bu hayot-mamot masalasi ekaniligi” taʼkidladi. 
– Bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Maktab taʼlimida 
poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Bunga barcha eʼtiborimiz va 
resurslarimizni safarbar qilamiz. Qiyin yo‘lni tanlayapmiz, lekin shu yo‘l 
muammolarni yechadi, – dedi Shavkat Mirziyoev. 
Maktablarni yaxshilash faqat Xalq taʼlimi vazirligining emas, balki barcha 
vazirlik va idoralar, hokimliklar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning 
vazifasi bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi. 
Xususan, mamlakatimiz bo‘yicha 10 ming 130 ta maktabni isloh qilish zarur. 
Bu 6 milliondan ziyod o‘quvchilar, 500 mingdan ortiq muallimlar, umuman, 
jamiyatimizning barcha qatlamlari, har bir oilaning kelajagiga daxldor.Shu sababli, 
ta'lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimi prinsipiga asoslanishi, ya'ni, 
ta'lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim. Binobarin, inson 
kapitaliga e'tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar 
etishimiz shart. Shu yo‘ldagi muhim amaliy qadam sifatida bolalarni maktabgacha 
ta'lim bilan qamrab olish darajasini bugungi 34 foizdan 2019 yilda 44 foizga 
yetkazamiz. Umumiy o‘rta ta'lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish, 
farzandlarimiz har tomonlama kamol topishi uchun, barcha sharoitlarni yaratish 
lozim. 
Har bir davlat kelajagi fuqarolarining intellektual salohiyatiga, madaniyati, 



bunyodkorligiga tayanadi. Zero, eski ta’lim-tarbiya asosida yangi jamiyat qurib 
bo’lmaydi. Shu jihatdan mamlakatimiz kelajagi, shubhasiz kadrlar tayyorlash 
masalasiga bevosita bog’liq. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarni egalagan 
barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo’lish uchun ta’limtarbiya 
dargohlaridagi sharoitlarni birinchi navbatda sobiq sho’rolardan qolgan ta’lim-
tarbiya tizimni tubdan o’zgartirish, hozirgi davr talablari darajasiga ko’tarishzarur 
va muhimligini hayot taqozo etmoqda. 
Barchamizga ma’lumki, respublikamiz milliy mustaqilligini qaror topshirish 
nihoyatda murakkab tarixiy va ijtimoiy siyosiy sharoitga to’g’ri keldi. Bu jarayonda 
esa mulkchilikning yagona davlat monopoliyasiga asoslangan shaklidanko’p ukladli 
shakliga o’tish, shuningdek, huquqiy demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishni, o’z fikr va dunyoqarashiga ega bo’lgan kadrlarni 
tarbiyalash zamon talabi edi. Shunday ekan, ushbu jarayonda ta’lim tizimini tubdan 
isloh qilish, dunyoning rivojlangan davlatlari bilan ushbu sohada hamkorlikni 
kuchaytirish eng muhim vazifalardan biri bo’lib turardi. Shuning uchun ham ta’lim 
sohasiga davlatimiz alohida g’amxo’rlik qildi va qilmoqda. 
Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda 
murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga 
jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning 
tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham 
belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.Ushbu tajribalar 
tarbiyalash shakllarida foydalaniladigan pedagogik qonuniyatlari, prinsiplarini 
ijodiy qo‘llashda, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni 
amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qadimdan buyuk 
allomalar vatani bo‘lib kelgan O‘zbekistonda yosh avlod tarbiyasi mutlaqo 
o‘zgacha ma’no kasb etishi muqarrar. Tarbiyachi – O‘zbekistonning porloq
kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlarning davomchisi 
bo‘lgan yosh avlod tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. Shunday 
ekan, 
tarbiyachining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning tarbiyachilar, 
hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasidagi obro‘-e’tibori hozirgi zamon talablariga 



mos bo‘lishi shart. 
Tarbiyachilar barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs 
bo‘lib, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, 
shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk tarbiyachi 
sifatida barkamol avlod tarbiyasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish, tarbiyachilar uchun tarbiya 
samaradorligini ta’minlovchi zamin bo‘libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning 
jamiyatdagi obro‘-e’tiborini ham oshiradi, tarbiyalanuvchilarga unga nisbatan 
hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik 
faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, tarbiyachilar, 
hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish 
imkoniyatini yaratadi. 
O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili 
va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak 
umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy 
hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, 
istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini 
shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Investitsiyalarni boshqаrish mutаxаssisligi bo'yichа tаyyorlаnаyotgаn 
mutаxаssis аqliy sаlohiyаtgа, fundаmеntаl ilmiy nеgizgа egа bo'lishi, ilmiy tаdqiqot 
mеtodologiyаsini, zаmonаviy аxborot tеxnologiyаlаrini, ilmiy аxborotni olish, qаytа 
ishlаsh vа sаqlаsh usullаrini egаllаgаn bo'lishi, ilmiy-tаdqiqot vа ilmiy-pеdаgogik 
fаoliyаtgа tаyyor bo'lishi kеrаk. Shulаrni e'tiborgа olgаn holdа ilmiy-tаdqiqot ishi vа 
ilmiy-pеdogogik ishlаridа аmаliyotlаrimizni mаgistrаturа birinchi bosqichidа olib 
borishgа hаrаkаt qildik. Bundа ilmiy-pеdаgogik ishi аmаliyotimizni Toshkеnt 
Moliyа Instituti “Baholash ishi va investitsiyalar” kаfеdrаsidа o'tkаzdik.
Bu borаdа muhtаrаm prеzidеntimiz Shаvkаt Mirziyoеvning bеvositа
tаshаbbuskorligidа islohotlаrni yаnаdа chuqurlаshtirish vа mаmlаkаt tаrаqqiyotini 



jаdаllаshtirishning muhim ustuvor yo'nаlishlаri hаmdа аniq mаrrаlаrini o'zidа аks 
ettirgаn «O'zbеkiston Rеspublikаsini yаnаdа rivojlаntirishning 2017-2021 yillаrgа 
mo'ljаllаngаn Hаrаkаtlаr strаtеgiyаsi» qаbul qilindi. Mаzkur strаtеgiyаning mаqsаdi 
olib borilаyotgаn islohotlаr sаmаrаdorligini tubdаn oshirishdаn, dаvlаt vа 
jаmiyаtning hаr tomonlаmа vа jаdаl rivojlаnishini tа'minlаsh uchun shаrt-shаroitlаr 
yаrаtishdаn, mаmlаkаtni modеrnizаtsiyаlаsh vа hаyotning bаrchа sohаlаrini 
erkinlаshtirishdаn iborаtdir.
Yuqori malakali 
mutaxassis-kadrlarning professionalligi shu bilan 
belgilanadiki, uning yangi joy va yangi sharoitlarga tez ko‘nikishidir. Bunday 
hollarda tez moslashish va qayta qurish ko‘nikmalari hosil bo‘ladi. Amaliy 
ko‘nikmalar o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi, bular ishlab chiqarish sharoitlari jarayonida 
o‘zgarishi bilan birga mehnat jarayonlari tuzilmalari bilan va uning miqdori bilan 
o‘zgaradi.
Ma’lumki, har qanday korxona yoki tashkilotda mutaxassislar ishini 
muvaffaqiyatli tashkil etishda ularni majmuaviy va tizimli tarzda o‘qitish muhim 
ahamiyatga egadir. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, mutaxassis-
kadrlarni tayyorlashni rivojlantirish jarayoni o‘z ichiga barcha ishlab chiqarish 
bo‘g‘inlarini qamrab oladigan turli xil o‘qitish metodlari, shakllari va vositalarini 
qamrab olishi kerak. Shuning bilan birga, mutaxassis-kadrlarni tayyorlashni doimiy 
va uzluksiz tarzda amalga oshirishni ta’minlash ham rivojlantirish jarayonini hal 
qiluvchi ahamiyatga ega tarkibiy qismi hisoblanadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling