14
Kafedra pedagog xodimlari tomonidan nashr qilingan maqolalar soni, ta
Kafedra pedagog xodimlari tomonidan taʼlim, fan,
innovatsiya va ilmiy-
tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish hisobiga 2020 yilda institut hisob-raqamiga jami
22,5 mln. so‘m miqdorida mablag‘ kelib tushdi. 2021 yilda bu miqdorni kamida 3
barobarga oshirish rejalashtirilgan.
Xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy
ishlanmalarni tijoratlashtirish (mln. so‘mda)
Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnomalar (mulk huquqi) soni 8
tani tashkil qildi.
Kafedraning hamkorligi
Kafedrada talabalarga nazariyani amaliyot bilan uzviy bog‘lashlari uchun keng
sharoitlar yaratib berilgan. Bakalavriatning «Baholash ishi” yo‘nalishi va mazkur
yo‘nalish negizidagi magistratura mutaxassisligida
tahsil olayotgan talabalar
amaliyotni ko‘chmas mulk birjasida, baholash kompaniyalari va tijorat banklarida
15
o‘tab kelmoqdalar. Shuningdek, Bakalavriatning «Investitsion
loyihalarni
moliyalashtirish” yo‘nalishi va mazkur yo‘nalish negizidagi magistratura
mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalar esa, o‘z amaliyotlarini Investitsiyalar va
tashqi savdo vazirligi va uning hududiy boshqarmalarida, tijorat banklarida va turli
moliya-kredit muassasalarida o‘tab, nazariy bilimlarini
amaliy bilimlar bilan
mustahkamlab kelmoqdalar.
Kafedra tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Davlat-xususiy
sherikligini rivojlantirish agentligi, tijorat banklari
va lizing kompaniyalari,
Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston
baholovchilar jamiyati va
Rieltorlar tashkiloti uyushmalari bilan o‘zaro korporativ hamkorlik qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: