O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

 
 
3-bosqich. 
YAkuniy 
(15 min.) 
3.1. O`quv faoliyatiga yakun yasaydi. O`zaro o`qitish 
natijalarini e‘lon qiladi. Faol ishtirokchilarni 
belgiladi va olingan bilimlarining kelajakdagi 
ahamiyatini ta‘kidlaydi. 3.2. Mustaqil ish uchun 
vazifa beradi: mavzu bo`yicha klaster tayyorlash. 

Vazifani 
yozib 
oladilar 
fikrlashni shakllantirish
- Agrobiznes va uning turlari
xususiyatlarini ko`rsatib berish. 
- Agrobiznes va uning turlari xususiyatlari 
borasidagi muammolarga o`z echimlarini taklif 
qiladilar. 
O„qitish uslubi va texnikasi 
Ma‘ruza, 2 kishilik (binar) dialog, klaster, Insert 
O„qitish vositalari 
Frontal, kollektiv, guruh 
O„qitish shakli
 
Ma‘ruza matni, proektor, grafik organayzerlar, 
chizmalar O`TVG‗KT 
O„qitish shart-sharoiti
Namunadagi auditoriya 


167 
1 –ilova. 
Vizual materiallar 
Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari.
Renta munosabatlari 
Qishloq xo‗jaligi xalq xo‗jaligining muhim bo‗g‗inidir. Unda insoniyat hayoti uchun 
eng zarur bo‗lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xom-ashyo ishlab 
chiqariladi. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov ta‘kidlab o‗tgandek, ―Respublika 
sanoatining ko‗pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to‗qimachilik, kimyo sanoatini
qishloq xo‗jaligi mashinasozligini va boshqalarni... rivojlantirish istiqbollari, ularning 
murakkab o‗tish davridagi iqtisodiy ahvoli bevosita qishloq xo‗jaligigiga bog‗liqdir‖. Demak, 
aholi uchun zarur bo‗lgan tovarlar bozorini to‗ldirish uchun qishloq xo‗jaligi tarmoqlarini 
rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq xo‗jaligida ham takror ishlab chiqarish 
jarayonida kishilar o‗rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlari sodir bo‗ladi. Bu 
munosabatlar agrar munosabatlarni tashkil qiladi. 
Qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarish ko‗p jihatdan yer bilan bog‗liq, shuning uchun 
ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‗liq bo‗lgan 
munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Yer rentasi orqali yerga bo‗lgan mulkchilik xuquqi 
ro‗yobga chiqariladi. O‗zbekistonda ―yer–davlat mulki-umummilliy boylik...‖ bo‗lganligi 
sababli yerga bo‗lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida 
ajratib tahlil qilinishi lozim. 
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma‘lum yer uchastkasiga tarixan tarkib 
topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini 
bildiradi. yerga egalik deganda avvalo yerga bo‗lgan mulkchilik huquqi ko‗zda tutiladi. yerga 
egalikni yeri bo‗lgan mulkdor amalga oshiradi. O‗zbekiston Respublikasining yer kodeksida 
ta‘kidlanganidek: ―Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik 
qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin‖. 
Yerdan foydalanish huquqi – bu o‗rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan 
foydalanishni bildiradi. yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‗lishi shart emas. Real xo‗jalik 
hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko‗pincha har xil jismoniy va huquqiy 
shaxslar bajaradilar. 
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. 
Renta nazariyasi hozirgacha to‗liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. 
Iqtisodchilar o‗rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo‗yicha turlicha yondoshuv va qarashlar 
mavjud. Shu sababga ko‗ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish 
bo‗yicha asosiy va ko‗pinsha bir –biriga qahama –qarshi bo‗lgan nazariyalarga e‘tiborni 
qaratamiz.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling