O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
53a15c8a42dcb
10-MAVZU. ISTE‟MOL, JAMG„ARISh VA INVESTITSIYALAR Darsning o„quv maqsadi: talabalarda iste‘mol va jamg‗arishning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‗zaro bog‗liqligi, jamg‗arishning mohiyati, omillari va samaradorligi, investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat. Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar Iste‘mol, shaxsiy iste‘mol, unumli iste‘mol, iste‘molchilik sarflari, jamg‗arish, iste‘molga o‗rtacha moyillik, jamg‗armaga o‗rtacha moyillik, iste‘molga qo‗shilgan moyillik, jamg‗arishga qo‗shilgan moyillik, iqtisodiy jamg‗arish, jamg‗arish normasi, kapital qo‗yilmalar, investitsiyalar, investitsion faoliyat, investor, investitsiyalar samaradorligi. Asosiy savollar 1. Iste‘mol va jamg‗arishning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‗zaro bog‗liqligi 2. Jamg‗arishning mohiyati, omillari va samaradorligi 3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar 1.Iste‟mol va jamg„armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o„zaro bog„liqligi Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya‘ni milliy daromad iste‘mol va iqtisodiy jamg‗arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste‘mol keng ma‘noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni iste‘mol qilishini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste‘mol farqlanadi. Unumli iste‘mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‗lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste‘mol qilinishini, ya‘ni ulardan foydalanish jarayonini anglatadi. Shaxsiy iste‘mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‗y berib, bunda iste‘mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi yoki ular to‗liq iste‘mol qilinadi. Iste‘mol jarayonida turli xil moddiy va ma‘naviy ne‘matlardan foydalaniladi. Iste‘mol qilinadigan ne‘mat turiga bog‗liq ravishda moddiy ne‘matlarni va xizmatlarni iste‘mol qilish ajratiladi. Individual yoki jamoa bo‗lib iste‘mol qilish ham farqlanadi. Alohida oila yoki jamiyat a‘zolarining ixtiyorida bo‗lgan moddiy ne‘matlarni iste‘mol qilish individual iste‘molga jamiyat a‘zolarining guruhlari moddiy ne‘mat va xizmatlardan foydalanishi jamoa bo‗lib iste‘mol qilishga kiradi. Iste‘mol fondi mablag‗laridan butun iqtisodiyot doirasida band bo‗lgan xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini, shu jumladan boshqarish va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. U butun aholining shaxsiy iste‘molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi moddiy sarflarni o‗z ishiga oladi. Iste‘mol fondining shaxsiy daromad shaklida xodimlar qo‗liga kelib tushadigan qismi iste‘molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi. Iste‘molchilik sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikshilik ne‘matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Jamg‗arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to‗planib borilishi. Uning hajmi uy xo‗jaliklari daromadidan iste‘molchilik sarflarini ayirib tashlash yo‗li bilan aniqlanadi. Daromad fondida iste‘molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‗lsa jamg‗arma hajmi shunchalik kam bo‗ladi. Jamg‗armaning o‗sishi esa iqtisodiy 73 ma‘noda mablag‗larning iste‘mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga yo‗naltirilishini bildiradi. Shu sababli daromadda iste‘molchilik sarflari va jamg‗arma nisbatining o‗zgarishi bir qator, ba‘zan qahama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg‗armaga qo‗yish oqibatida u tovarlarda bo‗lgan talabda o‗z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan olingan daromad to‗liq sarflangandagina jami talabni ta‘minlash uchun yetarli bo‗ladi. Demak jamg‗arma daromadlar - xarajatlar oqimida nomutanosiblik bo‗lishiga olib keladi. Jamg‗arma daromadlardan mablag‗larni olib qo‗yishni bildirib iste‘molchilik sarflar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish uchun yetarli bo‗lmay qolishini bildiradi. Agar aholi o‗z daromadining qandaydir, qismini jamg‗arsa, o‗zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasi sotilmay qolgan tovarlarning ko‗payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi bo‗lishi mumkin. Boshqa tomondan jamg‗arma talabning yetishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg‗arilgan mablag‗lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu iste‘molchilik sarflarining har qanday yetishmasligini qoplaydi va jamg‗arma keltirib chiqaradigan iste‘moldagi har qanday yetishmaslikni to‗ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o‗zining barcha mahsulotini iste‘molchilarga sotishni ko‗zda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg‗armalariga teng miqdordagi mablag‗larni investitsiyalarga qo‗yishni ko‗zda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo‗lib qoladi. Iste‘mol va jamg‗arma darajasini aniqlab beruvshi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to‗g‗ri soliqlar ham mavjud bo‗ladi. Shu sababli soliqlar to‗langandan keyin aholi qo‗lida qoladigan daromad iste‘molchilik sarflari va shaxsiy jamg‗arma yig‗indisiga teng bo‗ladi. Iste‘mol va shaxsiy jamg‗armaning darajasi bevosita soliqlar to‗langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste‘molning ham, jamg‗armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg‗arma daromadning iste‘mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‗langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‗armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‗lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste‘mol miqdori va soliqlar to‗langandan keyingi daromad o‗rtasidagi farq shu yildagi jamg‗arma miqdorini aniqlaydi. Qarab chiqilgan omil ta‘sirida iste‘mol va jamg‗arma darajasining o‗zgarishini quyidagi jadvalda tuchuntihamiz. Tahlil uchun shartli ma‘lumotlardan foydalanamiz. jadval. Iste‘mol va jamg‗arma darajasi, mlrd., so‗m (shartli ma‘lumotlar) Yillar Daromad darajasi (D) Iste‘mol (I) Jamg‗arma (J) IO‗M JO‗M IqM JqM 2000 1500 1300 200 0,87 0,13 - - 2005 1800 1500 300 0,83 0,17 0,67 0,33 2010 2200 1700 500 0,77 0,23 0,50 0,50 1 2 3 (1-2) 4 (2:1) 5(3:1) 6(2:1) 7 (3:1) Jadval ma‘lumotlaridan xulosa shiqarib aytish mumkinki, birinchidan, aholi daromadining asosiy qismi iste‘molga sarflanadi, qolgan qismi jamg‗armaga ajratiladi. Ikkinchidan, iste‘mol ham, jamg‗arish ham daromadlar darajasiga bevosita bog‗liq bo‗ladi. Aholi daromadining iste‘molga ketadigan ulushi iste‘molga o‗rtacha moyillik deyiladi (IO‗M). Aholi daromadining jamg‗armaga ketadigan ulushi esa jamg‗armaga o‗rtacha moyillik (JO‗M) deyiladi. Ya‘ni: IO„M = истеъмол даромад x 100 va JO„M = жамгарма даромад x 100 Jadvalda keltirilgan har bir daromad darajasi bo‗yicha IO‗M va JO‗Mni hisoblab ko‗ramizki daromad ko‗payib borishi bilan IO‗M tushadi, JO‗M esa o‗sadi. Haqiqatda soliqlar to‗langandan keyin qolgan daromad yoxud iste‘mol qilinadi va yoxud jamg‗armaga 74 ketadi. Shu sababli daromadning iste‘mol qilinadigan va jamg‗armaga ketadigan qismlari daromad har qanday darajasining butun miqdorini qamrab oladi. qisqasi IO‗MqJO‗Mq1,0 yoki 100% bo‗ladi. Daromad o‗simining iste‘mol qilinadigan qismi yoki hissasi iste‘molga qo‗shilgan moyillik deyiladi (IqM), yoki IKM = истеъмолдаги ґзгариш даромаддаги ґзгариш . Daromad har qanday o‗sishning jamg‗armaga ketadigan rissasi, jamg‗armaga qo‗shilgan moyillik deyiladi (JqM), ya‘ni JqM q jamg‗armadagi o‗zgarishG‗daromaddagi o‗zgarish. Masalan, agar 1500 mlrd. so‗m ni tashkil qiluvchi soliqlar to‗langandan keyingi daromad 300 mlrd. so‗mga ko‗payib 1800 mlrd. so‗mga yesa (7-qator) daromadning shu o‗sgan qismining 2G‗3 qismi iste‘mol qilinadi va 1G‗3 qismi jamg‗armaga ketadi. Boshqasha aytganda, IqM - 0,666 ni, JqM esa 0,333 ni tashkil qiladi. Daromaddagi har qanday o‗zgarish uchun IqM va JqM yig‗indisi har doim I ga teng bo‗lishi zarur yoki IqM = JqM q I. Bizning misolda 0,666q0,333q I,0 Shaxsiy daromaddan tashqari iste‘mol va jamg‗arma o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikka ta‘sir ko‗rsatuvshi boshqa bir qator omillar ham mavjud bo‗ladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar: - uy xo‗jaliklari jamg‗argan boylik darajasi; - narxlar darajasi; - narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi o‗zgarishining kutilishi; - iste‘molchi qarzlari; - soliq stavkalari o‗zgarishi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling