O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


To„lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

4.To„lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi. 
To‗lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo‗jaliklari, korxonalar va davlat) va chet 
elliklar o‗rtasida ma‘lum vaqt ohalig‗ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha iqtisodiy 
bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi. Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday 
ayirboshlanishi, ya‘ni tovarlar, ko‗rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining 
bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlari o‗tishi bo‗yicha kelishuvlar. Har qanday 
bitim ikki tomoniga ega bo‗ladi va shu sababli to‗lov balansida ikki tomonlama yozuv 
tartibiga rioya qilinadi. Bitta bitim to‗lov balansining debet va kredit qismlarida o‗z ifodasini 
topadi. Kredit - qiymatning mamlakatdan chiqib ketishi bo‗lib, uning hisobiga mazkur 
mamlakat rezidentlari chet el valyutalarida qoplovshi to‗lovlar ekvivalentini oladi. Debet - 
qiymatning mazkur mamlakatga kirib kelishi bo‗lib, uning hisobiga rezidentlar chet el 
valyutalarning sarflaydi. To‗lov balansida kreditlar umumiy summasi debetlarning umumiy 
summasiga teng bo‗lishi zarur. To‗lov balansidagi barcha bitimlar o‗z ishiga joriy va kapital 
bilan operatsiyalarni olishi sababli u uchta tarkibiy qismdan iborat bo‗ladi: 

joriy operatsiyalar hisobi: 

kapital xarakati hisobi: 

rasmiy ertiyotlarning o‗zgarishi. 
To„lov balansining tuzilishi. 
I. Joriy operatsiyalar hisobi 
1. Tovar eksporti 
2. Tovar importi 
Tashqi savdo balansi qoldig‗i 
Xizmatlar eksporti
(chet el turizmidan daromadlar va r.k. - kreditli 
xizmatlar) 
Xizmatlar importi
(turizm uchun chet elga to‗lovlar va r.k. - kreditli 
xizmatlar) 
5. Investitsiyalardan sof daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar) 
6. Sof transfertlar 
Joriy operatsiyalar bo‗yicha balans qoldig‗i 
II. Kapital xarakati hisobi 
7. Kapital kirishi 
8. Kapital oqib shiqishi 
Kapital xarakati balansi qoldig‗i 
Joriy operatsiyalar va kapital xarakati bilansi qoldig‗i 
III. Rasmiy ehtiyojlarning o‗zgarishi. 
Mamlakatning tashqi savdo balansi (to‗lov balansi) mazkur davlatning chet ellik 
sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning kredit-pul, 


119 
valyuta, byudjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga 
solishi uchun indikator bo‗lib xizmat qiladi. 
Joriy operatsiyalar hisobi o‗z ishiga tovar va xizmatlar eksporti («q» belgisi bilan), 
import («-» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad va sof transfertlarni oladi. Tovarlar 
eksporti va importi o‗rtasidagi farq savdo balansini tashkil qiladi. 
Tovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el valyutalari zayiralarini 
vujudga keltiradi. Import esa («debet» grafasida «-» belgisi bilan) mamlakatdagi chet el 
valyutalari zayirasini qisqartiradi. Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli 
daromadlar) kreditli xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo‗yilgan 
milliy pul kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo‗yilgan milliy pul kapitali hisobiga 
vujudga keladi. Agar chet elga qo‗yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga qo‗yilgan chet el 
kapitaliga qaraganda foiz va devidentlarning ko‗proq xajimini keltirsa, bunda 
investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo‗ladi. 
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag‗larning boshqa mamlakatlarga o‗tkazilgan 
summasini bildiradi (pensiya, sovg‗a, chet elga pul o‗tkazishlar yoki chet mamlakatlarga 
insonparvarlik yordamlari). Bunday to‗lovlar mamlakatda mavjud chet el valyutalari 
zayirasini kamaytiradi. 
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig‗i quyidagicha ifodalanadi. 



= 
Xn 
= 


(sq1qG) 
eksport 
import 
sof eksport 
YIM 
Absorbatsiya 
Absorbatsiya - yalpi ishki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy xo‗jaliklari, 
korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi. 
Importga to‗lovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqsha bo‗lsa, bu mamlakatning 
joriy operatsiyalar bo‗yicha balansi taqchilligini bildiradi. Bu taqchillik chet el qarzlari 
yordamida, yoki aktivlarning bir qismini chet elliklarga sotish yo‗li bilan moliyalashtiriladi va 
bu kapital xarakati hisobida aks etadi. 
Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq bo‗lsa joriy operatsiyalar 
hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo‗ladi. 
Kapital xarakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro bitimlar 
o‗z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aksiyalar, obligatsiyalar, ko‗shmas mulk va r.k. 
sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib olish natijasida vujudga 
keladigan sarf xarajatlar. 
Kapital
Aktivlar 
Chetdan aktivlar 
xarakati 
= 
sotishdan

sotib olishga 
balansi
tushumlar 
sarflar 
Chet el aktivlarini sotish chet el valyutalari zayiralarini ko‗paytiradi, ularni sotib olish 
esa kamaytiradi. Kapital xarakati hisobi ham taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega bo‗ladi. 
To‗lov balansining taqchilligi Markaziy bank (MB) rasmiy ehtiyojlarini qisqartirish 
hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy ehtiyojlarning asosiylari quyidagilar: 
- chet el valyutalari; 
- oltin; 
- mamlakatning XVFdagi kredit ulushi; 
- qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va r.k. 
Balans taqchilligi rasmiy ehtiyojlar hisobiga moliyalashtirilganda, ishki bozorda chet 
el valyutalari taklifi ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan kamayadi va uning 
ayirboshlash kursi nisbatan o‗sib milliy iqtisodiyotga inqirozli ta‘sir ko‗rsatadi. 
Aksincha, to‗lov balansining aktiv qoldig‗i MB rasmiy valyuta ehtiyojlarining o‗sishi 
bilan birga borganda ishki bozorda chet el valyutalari taklifini kamaytiradi, milliy valyuta 
taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayirboshlash kursi pasayib, iqtisodiyotga rag‗batlantiruvshi 
ta‘sir ko‗rsatadi. 
MB tomonidan chet el valyutalarining bunday sotilishi va sotib olinishi rasmiy 
ehtiyojlar bilan operatsiyalar deyiladi. (Bu MBning oshiq bozordagi operatsiyalari bilan bir 


120 
xil emas). Rasmiy ehtiyojlar bilan operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, 
kapital xarakati hisobi va ehtiyojlar miqdorining o‗zgarishi «nol»ni tashkil qilishi zarur. 
Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar bo‗yicha taqchillikni bartaraf 
qilishni keshiktirishi va o‗zining rasmiy valyuta ehtiyojlarini to‗liq sarflashi, natijasida to‗lov 
balansi krizisi kelib chiqadi. Mamlakatda tashqi qarzlarni to‗lash holatida bo‗lmaganligi 
sababli, chet eldan kreditlash imkoniyati mavjud bo‗lmaydi. 
Iqtisodiyot sub‘ektlarining davlat va MB siyosatiga ishonshsizligi to‗lov balansi 
krizisini shuqurlashtiruvshi omil hisoblanadi. Milliy valyuta qadrsizlanishining kutilishi chet 
el valyutalariga shayqovshilikka qaratilgan talabni rag‗batlantiradi. Bu MB ning milliy 
valyuta qadrsizlanishining oldini olishga qaratilgan xarakatini ancha qiyinlashtiradi, chunki 
uning rasmiy valyuta ehtiyojlari bir vaqtda to‗lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va 
chet el valyutalariga o‗sib boruvchi shayqovshilik talabini qondirish uchun yetarli bo‗lmay 
qoladi. Bunday holda valyutalarning, «xufyona bozori» vujudga kelib, rivojlana boshlaydi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling