O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
To„lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
53a15c8a42dcb
- Bu sahifa navigatsiya:
- To„lov balansining tuzilishi.
4.To„lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi.
To‗lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo‗jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o‗rtasida ma‘lum vaqt ohalig‗ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi. Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya‘ni tovarlar, ko‗rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlari o‗tishi bo‗yicha kelishuvlar. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo‗ladi va shu sababli to‗lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Bitta bitim to‗lov balansining debet va kredit qismlarida o‗z ifodasini topadi. Kredit - qiymatning mamlakatdan chiqib ketishi bo‗lib, uning hisobiga mazkur mamlakat rezidentlari chet el valyutalarida qoplovshi to‗lovlar ekvivalentini oladi. Debet - qiymatning mazkur mamlakatga kirib kelishi bo‗lib, uning hisobiga rezidentlar chet el valyutalarning sarflaydi. To‗lov balansida kreditlar umumiy summasi debetlarning umumiy summasiga teng bo‗lishi zarur. To‗lov balansidagi barcha bitimlar o‗z ishiga joriy va kapital bilan operatsiyalarni olishi sababli u uchta tarkibiy qismdan iborat bo‗ladi: joriy operatsiyalar hisobi: kapital xarakati hisobi: rasmiy ertiyotlarning o‗zgarishi. To„lov balansining tuzilishi. I. Joriy operatsiyalar hisobi 1. Tovar eksporti 2. Tovar importi Tashqi savdo balansi qoldig‗i Xizmatlar eksporti (chet el turizmidan daromadlar va r.k. - kreditli xizmatlar) Xizmatlar importi (turizm uchun chet elga to‗lovlar va r.k. - kreditli xizmatlar) 5. Investitsiyalardan sof daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar) 6. Sof transfertlar Joriy operatsiyalar bo‗yicha balans qoldig‗i II. Kapital xarakati hisobi 7. Kapital kirishi 8. Kapital oqib shiqishi Kapital xarakati balansi qoldig‗i Joriy operatsiyalar va kapital xarakati bilansi qoldig‗i III. Rasmiy ehtiyojlarning o‗zgarishi. Mamlakatning tashqi savdo balansi (to‗lov balansi) mazkur davlatning chet ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning kredit-pul, 119 valyuta, byudjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo‗lib xizmat qiladi. Joriy operatsiyalar hisobi o‗z ishiga tovar va xizmatlar eksporti («q» belgisi bilan), import («-» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad va sof transfertlarni oladi. Tovarlar eksporti va importi o‗rtasidagi farq savdo balansini tashkil qiladi. Tovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el valyutalari zayiralarini vujudga keltiradi. Import esa («debet» grafasida «-» belgisi bilan) mamlakatdagi chet el valyutalari zayirasini qisqartiradi. Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromadlar) kreditli xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo‗yilgan milliy pul kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo‗yilgan milliy pul kapitali hisobiga vujudga keladi. Agar chet elga qo‗yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga qo‗yilgan chet el kapitaliga qaraganda foiz va devidentlarning ko‗proq xajimini keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo‗ladi. Sof transfertlar xususiy va davlat mablag‗larning boshqa mamlakatlarga o‗tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg‗a, chet elga pul o‗tkazishlar yoki chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to‗lovlar mamlakatda mavjud chet el valyutalari zayirasini kamaytiradi. Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig‗i quyidagicha ifodalanadi. X - M = Xn = U - (sq1qG) eksport import sof eksport YIM Absorbatsiya Absorbatsiya - yalpi ishki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy xo‗jaliklari, korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi. Importga to‗lovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqsha bo‗lsa, bu mamlakatning joriy operatsiyalar bo‗yicha balansi taqchilligini bildiradi. Bu taqchillik chet el qarzlari yordamida, yoki aktivlarning bir qismini chet elliklarga sotish yo‗li bilan moliyalashtiriladi va bu kapital xarakati hisobida aks etadi. Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq bo‗lsa joriy operatsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo‗ladi. Kapital xarakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro bitimlar o‗z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aksiyalar, obligatsiyalar, ko‗shmas mulk va r.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib olish natijasida vujudga keladigan sarf xarajatlar. Kapital Aktivlar Chetdan aktivlar xarakati = sotishdan - sotib olishga balansi tushumlar sarflar Chet el aktivlarini sotish chet el valyutalari zayiralarini ko‗paytiradi, ularni sotib olish esa kamaytiradi. Kapital xarakati hisobi ham taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega bo‗ladi. To‗lov balansining taqchilligi Markaziy bank (MB) rasmiy ehtiyojlarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy ehtiyojlarning asosiylari quyidagilar: - chet el valyutalari; - oltin; - mamlakatning XVFdagi kredit ulushi; - qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va r.k. Balans taqchilligi rasmiy ehtiyojlar hisobiga moliyalashtirilganda, ishki bozorda chet el valyutalari taklifi ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan kamayadi va uning ayirboshlash kursi nisbatan o‗sib milliy iqtisodiyotga inqirozli ta‘sir ko‗rsatadi. Aksincha, to‗lov balansining aktiv qoldig‗i MB rasmiy valyuta ehtiyojlarining o‗sishi bilan birga borganda ishki bozorda chet el valyutalari taklifini kamaytiradi, milliy valyuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayirboshlash kursi pasayib, iqtisodiyotga rag‗batlantiruvshi ta‘sir ko‗rsatadi. MB tomonidan chet el valyutalarining bunday sotilishi va sotib olinishi rasmiy ehtiyojlar bilan operatsiyalar deyiladi. (Bu MBning oshiq bozordagi operatsiyalari bilan bir 120 xil emas). Rasmiy ehtiyojlar bilan operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital xarakati hisobi va ehtiyojlar miqdorining o‗zgarishi «nol»ni tashkil qilishi zarur. Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar bo‗yicha taqchillikni bartaraf qilishni keshiktirishi va o‗zining rasmiy valyuta ehtiyojlarini to‗liq sarflashi, natijasida to‗lov balansi krizisi kelib chiqadi. Mamlakatda tashqi qarzlarni to‗lash holatida bo‗lmaganligi sababli, chet eldan kreditlash imkoniyati mavjud bo‗lmaydi. Iqtisodiyot sub‘ektlarining davlat va MB siyosatiga ishonshsizligi to‗lov balansi krizisini shuqurlashtiruvshi omil hisoblanadi. Milliy valyuta qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga shayqovshilikka qaratilgan talabni rag‗batlantiradi. Bu MB ning milliy valyuta qadrsizlanishining oldini olishga qaratilgan xarakatini ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valyuta ehtiyojlari bir vaqtda to‗lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chet el valyutalariga o‗sib boruvchi shayqovshilik talabini qondirish uchun yetarli bo‗lmay qoladi. Bunday holda valyutalarning, «xufyona bozori» vujudga kelib, rivojlana boshlaydi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling