O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


-MAVZU. JAHON XO„JALIGI VA O„ZBEKISTONNING JAHON


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

16-MAVZU. JAHON XO„JALIGI VA O„ZBEKISTONNING JAHON 
HAMJAMIYATIGA INTEGRATSIYALAShUVI 
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari
ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi, integratsiyalashuv, globallashuv, xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning shakllari, xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari, to‗lov 
balansi, uning tuzilishi va taqchilligi, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta 
tizimlari amal qilishi hamda O‗zbekistonning jahon xo‗jaligiga qo‗shilishining shart-
sharoitlari to‗g‗risida fikr va tushunchalar hosil qilishdan iborat. 
Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Xalqaro Mehnat taqsimoti, xalqaro iqtisodiy integratsiya, ishchi kuchining xalqaro 
migratsiyasi, emigratsiya, YAIMigratsiya, erkin savdo zonalari, boj ittifoqi, to‗lov ittifoqi, 
umumiy bozor, iqtisodiy va valyuta ittifoqi, eksport, import, reeksport, reimport, xalqaro 
valyuta tizimi, valyuta kursi, to‗lov balansi.
Asosiy savollar 
1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning 
baynalmilallashuvi. 
2. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining 
rivojlanishi.
3. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari. 
4. To‗lov balansi, uning tuzulishi va taqchilligi.
5. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari 
1.Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning 
baynalminallashuvi 
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim xarakterli xususiyatlaridan 
biri - turli mamlakatlar va xo‗jalik regionlari o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liklarning o‗sib borishi 
hisoblanadi. 
Jahon xo‗jaligida har bir o‗zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar xarakati va alohida 
mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va 
xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o‗ziga 
tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta moliya sohalaridagi jahon 
tamoyillariga bog‗liqlik ob‘ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni 
uning iqtisodi qanday rivojlangan bo‗lishidan qat‘iy nazar, jahon xo‗jaligi aloqalariga jalb 
qilmasdan uning to‗la qonli iqtisodiy rivojlanishini ta‘minlash mumkin emas. 
Shu sababli Prezidentimiz I.Karimov «Mamlakatning jahon xo‗jalik aloqalarida, 
xalqaro Mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo 
etishning asosidir», deb ta‘kidlaydi. 
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo‗lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini 
turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi. YAqin vaqtlargacha bizning 
adabiyotimiz sotsializm dunyosi, kapitalizm dunyosi va uchinchi dunyo mamlakatlari degan 
tuchunshani singdirib keldi. 
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo‗jalik 
tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko‗rsatish 
mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan va bozor iqtisodi mavjud 
bo‗lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo‗yicha ham o‗z navbatida uchta guruh 
farqlanadi: kam, o‗rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoliy-Sharqiy Osiyo va 
Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YAIM), yuqori daromadli neft eksport 
qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, quvayt va boshqalar) eng kam rivojlangan 
mamlakatlar (EKVI), shu jumladan eng kambag‗al mamlakatlar (Shad, Baengladesh, 
Efiopiya), har xil regional ittifoqlar va internatsional guruhlarga ajratiladi. 
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o‗zaro iqtisodiy bog‗liqlikning har xil 
jixatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo‗jalik aloqalarining chuqurlashib bohayotganligi 


114 
baynalminallashuvining kuchayishi hamda fan-texnika revolyutsiyasining keng qamrovli 
xarakteri, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy 
iqtisodiyot o‗z-o‗zini ta‘minlash orqali samarali amal qilish mumkin emas. 
Jahon xo‗jalik aloqalarining tez o‗sishi shunday davrlarga to‗g‗ri keladiki, bu davrda 
ishlab chiqarish omillarining xarakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o‗sib chiqadi, 
ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro Mehnat taqsimotining shakillanish jarayoni 
tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo‗jalik aloqalarining baynalminallashuvini ko‗p 
jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya‘ni u milliy 
chegaradan o‗sib chiqadi va ob‘ektiv ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini 
zarur qilib qo‗yadi. Milliy xo‗jaliklar va ular o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida 
shakillangan jahon xo‗jaligi asosida xalqaro Mehnat taqsimoti yotadi. 
Xalqaro Mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning 
ma‘lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning 
bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo‗naltirilgan xalqaro 
ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi. 
Dastlabki vaqtlarda xalqaro Mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy 
sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to‗ntarishidan keyin, ya‘ni 
ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo‗jaliklar doirasidan 
tashqariga o‗sib shiqa boshlagash, ularning negizidan barqaror Mehnat taqsimoti va jahon 
bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro Mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‗z 
ishida oluvchi umumjahon xo‗jaligi doirasida rivojlanmoqda. 
Xalqaro Mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil 
sharoitda emas. Bu rol ularning turli jo‗g‗rofiy arvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, 
rivojlanish ko‗lami, darajasi va iqtisodiyotini tuzilishi, ishki bozorning hajmi bilan 
belgilanadi. 
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chiqarishdagi 
xarajatlar darajasi ham turlisha bo‗ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o‗zi nisbatan 
qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga 
va aksincha, jahon bozoridan o‗zidan ishlab chiqarish uchun xarajat ko‗proq bo‗ladigan yoki 
tabiiy yoxud boshqa sharoitlarga ko‗ra umuman ishlab shiqarib bo‗lmaydigan tovarlarni sotib 
olishga intiladi. Tovarlar mamlakatlar o‗rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular 
baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma‘nosi shuki, ijtimoiy zaruhiy baynalminal 
Mehnat sarflari jahon bozorida e‘tirof qilinadi. 
Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda, sof holida amalga 
oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo‗lishiga to‗sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon 
narxlariga ta‘sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta sheklashlari, valyutalar qiymatining o‗zgarib 
turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliklar va hakazolar shular 
jumlasidandir. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv 
qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini 
aks ettiradi. 
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‗n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o‗tish 
jahon xo‗jalik aloqalarining tez o‗sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish 
jarayonlarining baynalminallashuvi o‗zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy 
xo‗jaliklarning yaqinlashuvi, o‗zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab 
chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jumladan, butun dunyoda 
regional davlatlaharo iqtisodiy integratsiyaning qaror topish tamoyili kuzatiladi. Jumladan, 
rivojlangan yevropa integratsion hamjamiyati (EI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi 
kuchining erkin xarakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorlik 
AqSh, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko‗zda tutadi. Davlatlaharo 
integratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O‗rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika va 
Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xarakterli bo‗lmoqda. 


115 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling