O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

 
 


105 
15-MAVZU. BOZOR MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISh, DAVLATNING 
IQTISODIYOTDAGI ROLI 
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi 
roli, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari, davlatning 
iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat. 
Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish(IDTS), IDTS maqsadi, davlatning 
iqtisodiy vazifalari, IDTS usullari, bevosita usullar, bilvosita usullar, aholi daromadlari, 
ijtimoiy to‗lovlar, ijtimoiy siyosat. 
Asosiy savollar 
1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli
2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari
3. Davlatning iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari 
1.Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko‗p omilli ko‗rsatkish bo‗lib, bunda 
samaradorlikning erishilgan darajasi ko‗p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor 
tizimining tutgan roliga bog‗liq bo‗lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka
birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina 
yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo‗li bilan; uchinchidan, takror 
ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg‗unlashtirish orqali 
erilishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko‗proq 
uchinchi yo‗l xarakterli xisoblanadi.
Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi 
A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko‗rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va 
sababalarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali 
iqtisodiyotning o‗z-o‗zini tartibga solishning zarurligi ta‘kidlab o‗tilgan. A.Smitning fikrisha 
xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoaratidan to‗liq ozod bo‗lishi zarur. Ana 
shundagina ishlab chiqaruvchilar iste‘molchilar talabiga mos ravishda ishlab shikarishni 
tashkil qilish imkoniga ega bo‗ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday 
chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun xarakat 
kilishga majbur kiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat 
vaziyatni yomonlashtiradi deb xisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi 
savdo tartib -qoidalari milliy iste‘molchilarga faqat zahar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham 
importga boj to‗lovi (poshlinasi) milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el 
sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab 
chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past 
sifatli va narxi qYAIMat tovarlarni sotib olishga majbur bo‗lgan milliy iste‘molchilar 
yutqazadi.
A.Smitning "Tinch qo‗yish" nazariyasi, 1923 - 1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga 
ushradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga 
aralashuvini kushaytirishni taqazo qildi.
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Djon M.Keynsning "Ish bilan 
bandlilik, protsent va pulning umumiy nazariyalari" nomli kitobida o‗z aksini topdi (1936).
Bu kitobda muallif davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, 
jamiyatning yalpi talabini rag‗batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta‘minlashi 
zarurligini isbotlaydi. Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda krizisga qarshi siyosat 
o‗tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini tugatish va sanoat siklining o‗zgarishini 
yo‗qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQShda amalga oshirildi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‗rsatmalar u yoki bu darajada bozor 
iqtisodi amalda ustun bo‗lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning 


106 
iqtisodiyotdagi rolining yanada ko‗proq oshib borishi ro‗y berdi. Hozirgi davrda davlat 
tomonidan tartibga solishni muhim maqsadi sifatida nafaqat sikliga qarshi tartibga solish va 
ish bilan bandlilikni ta‘minlash, balki iqtisodiy o‗sishning yuqori darajasini va yaxlit takror 
ishlab chiqarish jarayonini optimallash-tirishni rag‗batlantirish tan olinadi.
Ma‘muriy buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida 
davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvini nima belgilab beradi?- degan savol tug‗ilish 
tabiiy.
Birinchidan, davlat o‗ziga milliy iktisodiyotda bozor vositasida o‗z - o‗zini tartibga 
solish orqali bajarish mumkin bo‗lmagan yoki samarali bajarish mumkin bo‗lmagan 
vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta‘minlash, mamlakatda ishki tartibni saqlash va aholining 
kam ta‘minlangan qismini ijtimoiy rimoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Ikkinchidan, bozor iqtisodi sharoitida rususiy ishlab chiqarish va iste‘mol bir qator 
ijobiy va salbiy oqibatlarni tug‗diradi.
Bu oqibatlar bevosita uchinchi shaxs manfaatida aks etadi va demak kishilarning 
alohida guruhi va umuman jamiyat manfaatiga ta‘sir qiladi. Masalan, shiqitli texnologiyaga 
asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash qurilmalariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab 
chiqaruvchilar nuqtai nazaridan (u yoki bu korporatsiya yoki individual ishlab chiqarishga) 
foydali, atrof muritni ifloslanishiga olib kelishi esa boshqa kishilar uchun qo‗shimsha salbiy 
oqibatga ega.
Davlat yakka tadbirkor yoki istemolshidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, 
qo‗shimsha ijobiy samarani rag‗batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog‗liq 
faoliyatni tartibga solishi va sheklashga xarakat qilishi zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro‗y beradiki
individual istemolshilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste‘mol qilishning oqibatlarini 
ob‘ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste‘molni kengaytirish va 
aksincha sog‗lik uchun zahar tovarlar iste‘molini sheklash vazifasini o‗z zYAIMasiga oladi. 
Masalan, davlat tamaki mahsulotlari yuqori aksiz (egri) solig‗ini o‗rnatilib, bir tomondan 
o‗zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotni sotib olish talabini sheklaydi.
To‗rtinshidan, davlat o‗z zYAIMasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim 
rolatlarni qisman yengillashtirish vazifasini oladi. Bozor hamma uchun to‗lovga qobil talabini 
qondirishga teng imkoniyatni ta‘minlaydi. Ammo bu bozorning milliy boylikni ijtimoiy - 
adolatli taqsimlashni ta‘minlashini bildirmaydi. Bunday sharoitda davlat aholining kam 
ta‘minlangan qatlamini turmush darajasi haqida g‗amxo‗rlik qilishi, pulsiz (yoki imtiyozli ) 
bilim berish, tibbiy xizmat ko‗rsatish va shu kabilarni o‗z zYAIMasiga oladi.
Beshinshidan, 
hozirgi 
sharoitda 
iqtisodiy 
o‗sishning barqaror izshilligini 
rag‗batlantirish vazifasi ham davlatning zYAIMasiga tushadi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling