O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

2.Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari 
Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko‗rinishlaridan biri hisoblanadi. 
Inflyatsiya tushunchasi birinchi marta g‗arbiy Amerikada, (1861-1865 yilllardagi 
fuqarolar urushi davrida) ishlatila boshlagan va qog‗oz pul muomalasining ko‗payib ketishi 
jarayonini bildirgan. Iqtisodiy adabiyotlarda inflyatsiya tushunchasi XX asrda, birinchi jahon 
urushidan keyin keng tarqaldi. Inflyatsiya – bu qog‗oz pul birligining qadrsizlanishi va 
shunga mos ravishda tovar narxlarining o‗sishidir. 
Inflyatsiya bozor xo‗jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish 
nomutanosibliklari tug‗diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. 
Qog‗oz pul tovarlarga, oltinga va o‗z qadrini, barqarorligini saqlab qolgan chet el 
valyutalariga nisbatan qadrsizlanadi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi. Masalan, 
iste‘molchilik tovarlariga narx indeksi 1998 yil 113, 6; 1999 yil - 118,3 ga teng bulsa, 
inflyatsiya sur‘ati quyidagicha bo‗ladi. 
Inflyatsiya sur‟ati = 
%
1
,
4
100
*
6
,
113
6
,
113
3
,
118


 
Kelib chiqish sabablari va o‗sish sur‘atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlarini 
mavjud. 
I. 
Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an‘anaviy o‗zgarishi jami talab 
ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real 


100 
hajmini ko‗paytirib ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to‗liq 
foydalanilgan bo‗ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab 
inflyatsiyasini keltirib chiqaradi.
II. 
Taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi 
taklifning o‗zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining 
o‗sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya, mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‗payishi 
hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. 
Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda foydani va 
mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o‗z navbatida narx 
darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xom ashyo va energiya 
narxlarining o‗sishi hisobiga ortib boradi. Inflyatsiyaning a) me‘yoridagi; b) o‗rmalab 
boruvchi v) giper inflyatsiya kabi turlari ham mavjud. Inflyatsiyaning birinchi turida baholar 
yiliga 10 foizgacha, ikkinchisida 20 dan 200 foizgacha, uchinchisida, astronomik miqdorda 
o‗sishi kuzatiladi. Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya 
farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, 
kutilmagan inflyatsiyani oldindan aytib bo‗lmaydi. Birinchi xolda inflyatsiyaning 
kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayryolanib uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. 
Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‗sishi natijasida mamlakat iqtisodiy arvolining 
sezilarli yomonlashuvi ro‗y berishi mumkin.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling