O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

12. www.seep.uz  


98 
14-MAVZU. PUL VA PUL-KREDIT TIZIMI 
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari, 
pulga bo‗lgan talab va pul taklifi, inflyatsiya, uning mohiyati va turlari, kreditning mohiyati, 
manbalari va vazifalari, bank tizimi, Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari 
to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat. 
Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Pul muomalasi, pul tizimi, inflyatsiya, kredit, foiz normasi (stavkasi), banklar, bank 
operatsiyalari, bank foydasi (marja), bank foyda normasi.
Asosiy savollar 
1. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga bo‗lgan talab va pul taklifi 
2. Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari
3. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari 
4. Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari 
1.Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari.
Pulga bo„lgan talab va pul taklifi. 
Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda notovar xarakteridagi to‗lovlar 
va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan aktivlarning xarakatidir. 
Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd 
pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‗lov talabnomalari 
kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. 
Muomalada mavjud bo‗lgan pul massasi ularni qo‗shish yo‗li bilan aniqlanadi. 
I. 
Pul muomalasi o‗ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. 
Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‗lgan pul miqdorini aniqlash va 
shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. 
II. 
Muomalani ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan pul miqdori quyidagilarga bog‗liq. 
III. 
Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi lozim bo‗lgan tovarlar 
summasiga. Tovarlar qancha ko‗p bo‗lsa va narxi baland bo‗lsa, ularni sotish va sotib olish 
uchun shuncha ko‗p pul birligi talab qilinadi. 
IV. 
Pul birligining aylanish tezligiga. 
V. 
Pul bir xil bo‗lmagan tezlik bilan aylanish qiladi. Bu ko‗p omillarga, jumladan 
ular xizmat qilayotgan tovarlar turiga bog‗liq. 
VI. 
Muomala uchun zarur bo‗lgan pul miqdori puldan to‗lov vositasi vazifasidan 
foydalanishga ham bog‗liq. Ko‗pincha tovarlar qarzga sotiladi va ularning haqi kelishuvga 
muvofiq keyingi davrlarda to‗lanadi. Demak, zarur pul miqdori shunga muvofiq miqdorda 
kamayadi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‗lash vaqti 
boshlanadi. Bu pulga ehtiyojni ko‗paytiradi. 
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo‗lgan pul miqdori 
quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi. 
бунда
А
Х
Х
Т
П
Т
Т
к
б
м
;




Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo‗lgan pul birligi miqdori; 
Tb - sotilishi lozim bo‗lgan tovarlar narxi summasi; 
Xk - haqi sotish davridan boshqa vaqtda to‗lanadigan tovarlar narxi summasi; 
Xt - haqini to‗lash muddati kelgan tovarlar narxi summasi; 
At - pulning aylanish tezligi. 
Muomalada bo‗lgan pul birligi miqdorining tovarlar narxi summasidan oshib ketishi 
va buning natijasida tovarlar bilan ta‘minlanmagan pulning paydo bo‗lishi pulning 
qadrsizlanishi, ya‘ni inflyatsiyani bildiradi. 
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassalarning 
majburiyatlari pul sifatida foydalanadi.
Pul operatsiyalarining asosiy ko‗pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga 
tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada 


99 
bo‗lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi 
tushunchasidan foydalaniladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida 
hisoblanadi:
Mo –naqd pullar; 
M1qMoq tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy byudjetlar mablag‗lari, 
byudjet, jamoat va boshqa tashkilot mablag‗lari;
M2 q M1 q xalq (jamg‗arma) banklaridagi muddatda omonatlar. 
M3 q M2 q shiqarilayotgan sertifikatlar q aniq maqsadli zayom obligatsiyalari q davlat 
zayom obligatsiyalari q xazina majburiyatlari.
Barcha pul agregatlari yig‗indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil 
qiladi.
Pulning tarkibiy qismlarida naqd pullar – metall va qog‗oz pullardan iborat bo‗ladi. 
Naqd pullar bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy pul massasining 5-7 
foizni, bozor iqtisodiyotiga o‗tayotgan mustaqil hamdo‗stlik davlatlarida 30–35% ni tashkil 
qiladi.
Pulga talab – bu bitimlar uchun (Pt) va aktivlar tomonidan pulga talab (Pa) ni o‗z 
ichiga oladi. Aholi o‗zlarining hisoblariga navbatdagi pul oqimi kelib tushguncha, kundalik 
ehtiyojlari uchun qo‗llarida yetarli pulga ega bo‗lishi zarur. Korxonalarga ish xaqi to‗lash, 
material, yoqilg‗i sotib olish va shu kabilar uchun pul kerak bo‗ladi. Shu barcha maqsadlar 
uchun zarur bo‗lgan pul bitim uchun pulga talab deyiladi. Bitim uchun zarur bo‗lgan pul 
miqdori nominal yalpi milliy mahsulot (YAMM) hajmi bilan aniqlanadi, ya‘ni u nominal 
YAMM ga mutanosib ravishda o‗zgaradi. Aholi va korxonalarga ikki holda bitim uchun 
ko‗proq pul talab qilinadi: narxlar o‗sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‗payganda. 
Kishilar o‗zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya 
aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turish mumkin. Demak, aktivlar 
tomonidan pulga talab ham mavjud bo‗ladi. Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga 
teskari mutanosiblikda o‗zgaradi. Foiz stavkasi past bo‗lsa, kishilar ko‗proq miqdoridagi naqd 
pulga egalik qilishni afzal ko‗radi. Aksincha, foiz yuqori bo‗lganda pulni ushlab turish 
foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‗payadi. Shunday qilib, pulga bo‗lgan umumiy 
talab, aktivlar tomonidan pulga bo‗lgan talab va bitim uchun pulga bo‗lgan talabning miqdori 
bilan aniqlanadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling