O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

2.Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari 
Umumdavlat byudjeti bilan birga hokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) 
byudjeti ham mavjud bo‗ladi. Bu mavjud moliyaviy resurslarni ancha to‗laroq jalb qilish va 
ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Hokimiyat quyi organlari byudjetining daromadlari 
o‗z hududidagi korxonalar daromadidan, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu 
kabilar orqali shakllanadi. 
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‗lishini taqozo qiladi. 
Lekin ko‗pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi 
kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi tez sur‘atlar bilan o‗sadi. Bu holning sabablari 
ko‗p bo‗lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining 
uzluksiz o‗sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‗rin 
tutadi. 
Byudjet taqchilligining o‗sishi mutloq miqdorda va uning yalpi milliy mahsulot 
(YAMM)ga nisbatida aniq namoyon bo‗ladi. 2000 yilda Respublikamiz davlat byudjetining 
taqchilligi YAIMga nisbatan bir foizdan oshmagan. 
Byudjet taqchilligining o‗zgarishi xo‗jalik kon‘yukturalaridagi joriy tebranishlar
ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, krizislar davrida davlat 
byudjet mablag‗lari hisobidan iqtisodiyotning ma‘lum sektorlarini ushlab turishga, 
umumdavlat ahamiyatiga ega bo‗lgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga 
majbur bo‗ladi. 
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash) ning muhim sharoiti davlat krediti 
bo‗lib chiqadi. Davlat krediti deganda, davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida chiqadigan 
barcha moliyaviy iqtisodiy munosabatlar yig‗indisi tuchuniladi. 
Moliyaviy resurslarni davlat qarz olishning asosiy shakli – bu davlat zayomlarini 
chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat 
korporatsiyalarining vaqtincha bo‗sh turgan pul mablag‗larini jalb qiladi. 
Davlat o‗z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni 
Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar 
hajmining ko‗payishi bilan bog‗liq bo‗lmagan qo‗shimsha massasini chiqaradi. Mazkur holda, 
davlat byudjetini moliyalashtirish pul muomalasiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri inflyatsion ta‘sir 
ko‗rsatadi. Pul massasining o‗sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko‗payishi bilan birga 
bormaydi. 
Davlat qarzlarining to‗xtovsiz ko‗payib borishi, milliy daromadni foiz to‗lovlari 
shaklida, tobora ko‗proq qayta taqsimlanishga olib keladi. 
Katta byudjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‗yicha foiz to‗lovlari o‗sish 
sharoitida, davlat qarzlarini to‗lash vaqtini imkon darajada sho‗zishga xarakat qiladi. Buning 
uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o‗zining qisqa muddatli 
majburiyatlarini, o‗rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o‗zining qisqa muddatli 
majburiyatlarini, ancha yuqori foiz bo‗yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish 
hisobiga ham sotib olish mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va 
vaqtincha davlatning moliyaviy arvolini yengillatishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz 
stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o‗sishi bilan bog‗liq. 
Xo‗jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o‗sishi, xalqaro kreditning jadal 
rivojlanishi natijasida davlat o‗ziga zarur bo‗lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun, 
bo‗sh pul mablag‗larining milliy shegaradan tashqaridagi manbaalaridan faol foydalanadi. 
Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. 
Shunday qilib, davlat zarur moliyaviy resurslarini ham ssuda kapitallarining milliy 
bozoridan va ham tashqi bozoridan qarz oladi. 
Xalqaro kreditning tez o‗sishi kapitalning mamlakatlaharo migratsiyasi, mamlakat va 
regionlar iqtisodiy o‗zaro bog‗liqligining shuqurlashuvining muqarhar natijasi hisoblanadi. 
Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning ehtiyojlarini qondirish, ham 
davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu 


95 
bilan birga tashqi qarzlarning o‗sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. 
Ulardan asosiy, milliy vositalar bilan nazorat qilib bo‗lmaydigan ham kreditor va ham debitor 
mamlakatlar iqtisodiyotining kuchayib boruvchi bog‗liqligi hisoblanadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling