O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


  13-MAVZU. MOLIYA, MOLIYA TIZIMINING MOHIYATI VA VAZIFALARI


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

 


92 
13-MAVZU. MOLIYA, MOLIYA TIZIMINING MOHIYATI VA VAZIFALARI 
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda moliyaning mohiyati va vazifalari, moliya tizimi
byudjet taqchilligi va davlat qarzlari, soliq tizimi va uning vazifalari to‗g‗risida tushuncha 
hosil qilishdan iborat. 
Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Moliya, moliya tizimi, davlat byudjeti, byudjet taqchilligi, davlat qarzlari, soliqlar
soliq stavkasi, Laffer egri chizig‗i. 
Asosiy savollar 
1. 
Moliyaning mohiyati va vazifalari.
2. 
Moliya tizimi. 
3. 
Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari.
4. 
Soliq tizimi va uning vazifalari. 
1.Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi. 
Moliyaviy munosabatlar ko‗p qirrali bo‗lib, iqtisodiy munosabatlarning muhim sohasini 
tashkil qiladi. Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‗laridan foydalanish va uning 
xarakatini tartibga solish bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlar tizimi bo‗lib, uning vositasida turli 
darajada pul mablag‗lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va 
boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. 
Moliya iqtisodiyot doirasida o‗zaro bog‗liq bo‗lgan bir qator vazifani bajaradi. 
1.Moliyaning iqtisodiy jarayonlarni, tadbirlarni moliyaviy ta‘minlash va unga xizmat 
ko‗rsatish vazifasini bajaradi. 2.Moliyaning taqsimlovchi vazifasi, moddiy ishlab chiqarish 
sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi 
qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, 
moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o‗rtasida taqsimlash va qayta 
taqsimlashda namoyon bo‗ladi. Bundan milliy daromadning bir qismi korxona va aholi 
daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to‗lovlari, aksiz yig‗inlari kabilar orqali 
davlat qo‗lida to‗planadi. O‗z qo‗lida to‗plangan milliy daromadning katta qismini davlat 
moliya vositasida aholining ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy joy qurilishi, tibbiyot xizmati, 
maorif, nafaqa, stipendiya va shu kabilar to‗plashga), daromadlar darajasini ushlab turishga
milliy mudofaaga, atrof muritni murofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi. 
3.Moliyaning rag‗barlantiruvshilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini 
taqsimlash jarayonida, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi 
vositasida amalga oshiriladi. Ikki holda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning 
pirovard natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi.
4.Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste‘mol ustidan nazorat qilish vositasi 
sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomga rioya qilish 
uchun moddiy javobgar bo‗lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag‗ bilan ta‘minlash 
tizimi orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus 
muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi korxonalar (tarmoqlar) va 
umumdavlat moliyasini o‗z ichiga oladi. Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab 
chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo‗li bilan xodimlarning ijtimoiy 
ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug‗urta fondini 
hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug‗urtasi fondini o‗z ishiga oladi. Davlat pul 
mablag‗larining asosiy markazlashgan fondi bo‗lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy 
bo‗g‗ini bo‗lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti - bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash 
manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti 
orqali o‗tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali 
rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni ral qilish uchun sharoit 
yaratishdir. O‗zbekistonda davlat byudjetining tuzilishi, daromadlari va xarajatlarining tarkibi 
quyidagi ma‘lumotlar bilan xarakterlanadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling