O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Iqtisodiy sikl nazariyalari. Siklning iqtisodiyotning alohida sohalariga ta‟siri


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

3.Iqtisodiy sikl nazariyalari. Siklning iqtisodiyotning alohida sohalariga ta‟siri. 
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy sikl va siklli rivojlanishga mingdan ortiq 
qarashlar mavjudligi ta‘kidlanadi. 
Biz ularning ko‗pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan asosiylariga tavsif 
behamiz. Kitchin sikli - zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Kitchin (1926 y.) 
moliyaviy hisoblar va tovar zahiralari xarakatida sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 
4 yilgacha davr davomidagi qisqa to‗lqinlarni tadqiq qilishga o‗zining e‘tiborini qaratadi. 
Juglar sikli - biznes-sikl, sanoat sikli, o‗rtacha sikl va katta sikl kabi nomlar bilan ham 
ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko‗rsatganligi tufayli, 
aynan shu sikl Fransuz, Angliya va AQShda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy 
tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o‗rganishga katta hissa qo‗shgan K.Juglar (1819-
1905 yy.) nomi bilan ataladi. 
Birinchi sanoat sikli 1825 yil, mashinali ishlab chiqarish, metallurgiya va boshqa 
yetakchi tarmoqlarda hukmron mavqeni egallagan davrda Angliyada kuzatiladi. 1836 yildagi 
krizis dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQShga ham tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSh 
va qator Yevropa davlatlarida boshlangan krizis, tub mohiyatiga ko‗ra birinchi jahon sanoat 
krizisi bo‗lgan. 
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‗lsa, XX asrda uning 
davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan. 
AQSh va Yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini boshdan 
keshirgan bo‗lib, ulardan yettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro‗y bergan. 
Kuznes sikli - ko‗p xollarda «qurilish sikli» deb nomlanib, 20 yilgacha bo‗lgan 
iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. S.Kuznes o‗zining «Milliy daromad» (1946 y.) nomli 
kitobida, milliy daromad, iste‘molchilik sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar, 
hamda bino va inshoatlarga yalpi investitsiyalar ko‗rsatkishlarida 20-yillik o‗zaro-bog‗liq 
tebranishlar mavjud bo‗lishini aniqlaydi. 1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini 
tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznes sikli deb nomlashga qaror qilinadi. 
Kondratev sikli - «uzun to‗lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu nazariyasini 
ishlab shiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta rissa qo‗shadi. Uning tadqiqoti Angliya, 
Fransiya va AqShning, 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy 
o‗sishning ko‗p omilli tahlilini o‗tkazib, ya‘ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish 
haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko‗rsatkishlarning o‗rtacha darajasini 
umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko‗rsatadi. 

I-sikl: 1787-1814 yy. - ko‗taruvchi to‗lqin, 1814-1851 yy. Pasaytiruvshi to‗lqin. 

II-sikl: 1844-1851 yy. - ko‗taruvchi to‗lqin, 1970-1896 yy. - pasayuvshi to‗lqin. 

III-sikl: 1896-1920 yy. - ko‗taruvchi to‗lqin. 
Kondratev siklining davomiyligi o‗rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy 
xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‗zgarishlarni o‗zida aks ettirishi hisoblanadi. 
Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolyutsiyasi, 
ikkinchisini - temir yo‗l transportining rivojlanishi, uchinchisini - elektroenergiyasi, telefon va 
radioning kashf etilishi, to‗rtinshisini - avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog‗laydi. 
Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va 
mikroprotsessorlar rivojlanishi taqoza qilishini ko‗rsatadi. 


90 
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo‗lib, amalda iqtisodiyotning hamma 
sohalariga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qisimlarning o‗zaro bog‗liqligi 
sababli uning hech bir sohasiga inflyatsiya to‗lqini yoki turg‗unlikning nohush oqibatlaridan 
chetda qolmaydi. Ammo shuni e‘tiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush 
darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga turli darajada ta‘sir ko‗rsatadi. 
Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatli 
foydalaniladigan iste‘molchilik tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko‗proq yo‗qotishga 
uchraydi. Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og‗ir mashinasozlik hamda investitsion 
tovarlar, avtomobillar, maishiy xo‗jalik buyumlari va shunga o‗xshash tovarlar ishlab 
chiqarish bilan bog‗liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo‗lgan ishchilar siklning inqiroz 
fazasida og‗ir oqibatiga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish fazasida o‗zining 
rivojlanish uchun yuqori darajada rag‗bat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda, ishlab chiqaruvchilar 
ko‗pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to‗xtatadi yoki 
qandaydir muddatga keshiktirishi mumkin. Bunday kon‘yuktura sharoitda investitsion 
tovarlar zayiralarni ko‗paytirish resh qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha 
korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to‗laroq foydalanishlari mumkin 
bo‗ladi.
Iqtisodiy jihatdan qulay davrlarda ya‘ni siklning jonlanish va yuksalish fazalarida 
ishlab chiqarish vositalari odatda ular to‗liq eskirganisha almashtiriladi. Ammo tanazzul 
davri kelganida, korxonalar o‗zining eskirgan uskunalarini ta‘mirlab, ularni ishga tushiradi. 
Shu sababli bu davrda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqsha 
ishlab chiqarish quvvatlari mavjud bo‗lgan ayrim korxonalar, ratto iste‘mol qilingan asosiy 
kapitalining o‗rnini qoplashga ham xarakat qilmaydi.
qisqa mudatli foydalaniladigan iste‘molchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat 
tarmoqlari siklining oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi. 
Aholi yoki keng iste‘molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlisha ta‘sir ko‗rsatadi. 
Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste‘molchilar oila byudjetini 
qisqartirishga to‗g‗ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi uzoq muddat 
foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishini to‗xtatadi. Har qanday sharoitda ham oila a‘zolari 
yeb-ishishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-keshaklar, ya‘ni 
qisqa muddatda foydalanadigan iste‘molchilik tovarlarini xarid qilishni to‗xtatish mumkin 
emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste‘molchilik tovarlari ishlab 
chiqaruvchi ko‗pshilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada monopol mavqega egaligi bilan 
farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko‗p bo‗lmagan yirik firmalar ma‘lum davr davomida 
narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli mahsulot chiqarish hajmini 
sheklash uchun yetarlisha monopol rukumdorlikka ega bo‗lishi mumkin. Shu sababli 
talabning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish va bandlilik darajasiga ta‘sir 
ko‗rsatadi. Bunga teskari bo‗lgan rolatni qisqa muddatli foydalaniladigan iste‘molchilik 
tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning 
ko‗pchiligi o‗zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarishi markazlashuv 
darajasining pastligi bilan xarakterlanadi. Shu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi 
tura olmasligi mumkin va mahsulotlariga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga 
qaraganda narxlarda ko‗proq aks etadi. Demak, kapitalning to‗planishi yuqori darajada 
bo‗lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish xajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan 
sekin tushishi, to‗planish darajasi past bo‗lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va 
maxsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling