O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

11. 
www.uza.u
 


86 
12-MAVZU. IQTISODIYOTNING SIKLLIGI VA MAKROIQTISODIY BEQARORLIK 
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning 
siklliligi, iqtisodiy inqirozlar, tarkibiy inqirozlar, agrar inqirozlar va uning xususiyatlari, 
iqtisodiy sikl nazariyalari, siklning iqtisodiyotni alohida sohalariga ta‘siri borasida 
tushunchalar hosil qilishdan iborat. 
Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy sikl, turg‗unlik(depressiya), jonlanish, yuksalish, tarkibiy 
inqirozlar, agrar inqirozlar, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi.
Asosiy savollar 
1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi. Iqtisodiy inqirozlar 
2. Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari 
3. Iqtisodiy sikl nazariyalari.
4. Siklning iqtisodiyotni alohida sohalariga ta‘siri. 
1.Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklligi.
Iqtisodiy inqirozlar. 
Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy 
o‗sishga, hamda to‗liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga xarakat qiladi, 
ammo uzoq muddatli iqtisodiy o‗sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik 
davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o‗sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti 
bilan ob‘ektiv qonunlarning o‗zgartirib bo‗lmaydigan ta‘siri ostida takror ishlab chiqarish 
xarakatida uzilishlar paydo bo‗ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin 
shaklda namoyon bo‗lishidir. Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy 
holatidan, yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan 
to‗lqinsimon xarakati tuchuniladi. Sikl inqiroz, turg‗unlik, jonlanish, yuksalish fazalarini o‗z 
ishiga oladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‗tish 
uchun sharoit yuzaga keladi. 
Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va siklning qayd etuvchi 
ifodasidir. U bir siklni niroyasiga yetkazib, yana muqahar ravishda inqiroz bilan tugaydigan 
yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatda asosiy kapitalning ortiqsha 
jamg‗arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo‗ladi. Inqirozdan keyin 
turg‗unlik keladiki, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga 
kelishi nihoyasiga yetadi. 
Jonlanish fazasining boshlanishi ozmi-ko‗pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning 
kengayishiga o‗tishni bildiradi. 
Ish bilan ta‘minlanish darajasining ortishi va foydalarning tez o‗sishi jonlanishning 
yuksalish bosqichiga o‗sib-o‗tishiga ko‗maklashadi. YAngi sikl yuksalishning boshlang‗ish 
nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida ish kuchiga bo‗lgan talabning kengayishi ishsizlikning 
birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‗sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste‘mol 
tovarlariga to‗lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o‗z navbatida, iste‘mol 
tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat 
va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‗planib borishidan iborat zanjirli 
reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarhar bo‗lib qoladi. 
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‗yicha keskin 
farqlanadi. Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‗ladi va har xil 
tadqiqotshilar tomonidan turlisha nomlanadi. 6-chizmada ko‗pshilik iqtisodshilari tomonidan 
tan olingan iqtisodiy sikl ko‗rsatilgan. Siklning eng yuqori nuqtasida, iqtisodiyotda to‗liq 
bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish to‗liq yoki deyarli to‗liq quvvat bilan ishlaydi. 
Siklning bu fazasida narx darajasi o‗sish tamoyiliga ega bo‗ladi, iqtisodiy faollikning o‗sishi 
to‗xtaydi. 
 


87 
chizma. Iqtisodiy sikl 
Tanazzul fazasida ishlab chiqarish va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar pasayish 
tamoyiliga berilmaydi. Tanazzulning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o‗zining eng 
past darajasiga erishishi bilan xarakterlanadi. 
Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. 
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi 
to‗lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‗ladi) qoladi. Natijada 
ishlab chiqarishning bir qismi to‗xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab 
chiqarishning o‗sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning tez o‗sish 
davrlari ko‗pincha inflyatsiya, ya‘ni narx darajasining ko‗tarilishi bilan orqaga ketadi. 
Shunday davrlar ham bo‗ladiki, bunda iqtisodiy o‗sish bandlilik va ishlab chiqarishning past 
darajasiga o‗rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‗tarilishi bilan birga ishsizlik ham 
keskin o‗sadi. qisqacha aytganda, iqtisodiy o‗sishning uzoq muddatli tamoyillari ham 
ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy 
sababi — takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab 
chiqarish va uning natijalarini o‗zlashtirish o‗rtasidagi nomutanosiblik bo‗lib, u turli ishlab 
chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarida namoyon bo‗ladi. 
Ishlab chiqarish bilan iste‘mol, talab va taklif o‗rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib 
turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga shiqish imkoniyatini 
saqlaydi. Kapitalizmgacha bo‗lgan davrlarda ishlab chiqarishning keskin qisqarishi, odatda 
tabiiy ofatlar (qurg‗oqshilik, toshqinlar va x.k.) yoki urushlar va ularning keltiradigan 
vayronagarshiliklari bilan bog‗liq bo‗lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o‗tilgan 
davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar 
ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik xarakterni kasb etadi.
Ko‗pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob‘ektiv xarakterini tan 
olib, bu hodisani unga ta‘sir ko‗rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali 
o‗rganishni tavsiya qiladi. 
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvshi va iqtisodiy rodisalarning 
davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan 
quyidagilarni ajratib ko‗rsatish mumkin: 
– urushlar, inqilobiy o‗zgarishlar va boshqa siyosiy lahzalar; 
– oltin, uran, neft va boshqa YAIMatli resurslar yirik konlarning ochilishi; 
– yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‗liq ravishda aholi migratsiyasi, yer 
shari aholisi sonining o‗zgarib turishi; 
– ijtimoy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‗zgartirishga qodir bo‗lgan texnologiya, 
tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‗zgarishlar. 


88 
Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tuchuntiruvshi nazariyani
eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy 
tizimning o‗ziga xos ishki omillar tug‗diradi deb hisoblaydi. 
Asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati, ko‗pchilik iqtisodchilar tomonidan 
iqtisodiy siklni tug‗diruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi. 
Agar bir yoki bir necha tarmoqda, mashina -uskunalarga talabning keskin ortishi 
keltirib chiqaradigan iqtisodiy o‗sish boshlansa, to‗liq tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar 
to‗liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. 
Boshqa ichki omillardan qo‗yidagilar ajratib ko‗rsatiladi: 
– Shaxsiy iste‘molning o‗zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
– investitsiyalar, ya‘ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish 
joylarini vujudga keltirishga yo‗naltiriladigan mablag‗lar hajmi;
– ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta‘sir ko‗rsatishga qaratilgan davlatning 
iqtisodiy siyosatining o‗zgarishi; 
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali 
tushuntirish ko‗pam to‗g‗ri emas. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va 
sifat o‗zgarishlar tashqi va ishki omillar oqibatida kelib chiqishi mumkin emas.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling