O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta‟minlash shart-sharoitlari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

4.Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta‟minlash shart-sharoitlari
va aniqlash usullari 
Iqtisodiyot barqaror rivojlanishi uchun uning tomonlari o‗rtasida ma‘lum muvozanat 
bo‗lishini taqozo qiladi. Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar, rodisalarning ikki yoki 
bir nesha tomonining bir – biriga mos kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun 
iqtisodiyotning muvozanati to‗g‗risida gap borganda eng avvalo yalpi talab va yalpi taklif 
o‗rtasidagi tenglik e‘tiborga olinadi. 
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatlikning shakllanish jarayoni va uni ta‘minlash 
ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki u o‗z ishiga xususiy va umumiy xarakterdagi bir qator 
muvozanatlar tizimini oladi. 
Xususiy muvozanatlik — bu ikkita o‗zaro bog‗liq bo‗lgan iqtisodiy miqdorlar yoki 
iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va 
iste‘mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, byudjet daromadlari va 
xarajatlari, aholida tovarlarga talab va taklif o‗rtasidagi muvozanatliklar ko‗rinishida chiqadi. 
Bu muvozanatliklar ishida Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlab o‗tganlaridek: «...ichki 
bozorda talab bilan taklif o‗rtasida mutanosiblikka erishish, ya‘ni chiqarilgan pul miqdori 
bilan unga sotib olinadigan mollar salmog‗i o‗rtasida to‗g‗ri nisbatni ta‘minlash g‗oyat katta 
rol o‗ynaydi.» 
Umumiy muvozanatlik jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining 
o‗zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bozor sharoitida, avvalo, yalpi 
talab va yalpi taklifning teng kelishida ko‗rinadi. Bu nafaqat iste‘molchilik ne‘matlariga, balki 
ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga 
umumiy talab va taklifning muvofiq kelishidir. 
Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bir qator shart-sharoitlarni taqoza qiladi. Birinchidan, 
bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishidir. 
Ikkinchidan, iqtisodiy muvozanatlik mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan 
samarali foydalanadigan xo‗jalik mexanizmini taqozo qiladi. 
Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste‘molning 
tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi. To‗rtinshidan, iqtisodiyotda 
muvozanatlikning umumiy shart-sharoitlari bo‗lib, bozor muvozanati, ya‘ni barcha asosiy 
bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va rokazolar)da talab va taklif muvozanatga erishishi 


83 
xizmat qiladi. Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi
iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi. 
Real hayotda iqtisodiyot doimiy xarakatda va to‗xtovsiz rivojlanish holatida bo‗ladi. 
Iqtisodiy sikl fazalarida, bozor konyukturasi, bozor sub‘ektlari daromadlari va talabi tarkibida 
o‗zgarishlar ro‗y berib turadi. Bularning hammasi muvozanatli rolatni turg‗un iqtisodiyotdagi 
shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqazo qiladi. 
Shunday qilib makro darajada umumiy iqtisodiy muvozanatlik-bu mamlakat butun 
iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo‗jaliklarning me‘yorida 
rivojlanishini ta‘minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashshilari hamda barcha 
bozordagi o‗zaro bog‗liq va bir-birini taqazo qiladigan muvozanatliklar tizimini o‗z ishiga 
oladi. 
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o‗zaro bog‗liq usuldan 
foydalaniladi: 1. YAlpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 2. Jamg‗arma va 
investitsiyalarni taqqoslash usuli. 
YAlpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy 
hajmining miqdoriy ko‗rsatkishi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi 
sarflar sifatida iste‘mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi olinadi. 
Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab 
chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta‘minlaydi. Boshqacha 
aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab shiqarilgan tovarlarning umumiy 
miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga teng bo‗ladi. 
To‗liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu 
mos kelmaslik resession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. YAlpi sarflarning SMM 
hajmidan kam bo‗lgan miqdori resession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqsha bo‗lgan 
miqdori inflyatsion farq deyiladi. Jamg‗arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining 
mohiyati shundaki, ishlab shiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad 
hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste‘mol qilmasdan jamg‗arishga 
qo‗yish mumkin. Jamg‗arish, sarflar — daromadlar oqimidan potensial sarflarni olib qo‗yish 
hisoblanadi. Bunda jamg‗armaga qo‗yilgan mablag‗ investitsiyalar bilan to‗liq qoplansa, yalpi 
sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‗ladi. 
Investitsion sarflarning ko‗payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining 
o‗sishiga olib keladi. Bu o‗zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator samarasi 
— bu sof milliy mahsulotdagi o‗zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o‗zgarishga 
nisbati. 
Multiplikator samarasi = 
Реал СММ даги ґзгариш
Инвестицион сарфлардаги ґзгариш 
SMM dagi o‗zgarish q multiplikator x Investitsiyalardagi o‗zgarish. 
Agar investitsion sarflarning 5 mlrd. so‗mga ko‗payishi, sof milliy mahsulotning 20 
mlrd. so‗mga ortishiga olib kelsa multiplikator samarasi 4 ga (20:5), SMMdagi o‗zgarish 20 
mlrd. so‗mga (4x5) teng bo‗ladi. 
Investitsion sarflardagi o‗zgarishdan tashqari iste‘mol, davlat xaridi yoki eksportdagi 
o‗zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Multiplikator samarasi ikkita rolatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir sub‘ekt 
tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, 
daromaddagi har qanday o‗zgarish iste‘mol va jamg‗arishda xuddi shunday yo‗nalishda 
o‗zgarish bo‗lishiga olib keladi. Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi 
usullardan tashqari balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham 
foydalaniladi. Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi 
balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi. «Xarajat va 
natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori 
olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling