O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


  11-MAVZU. IQTISODIY O„SISh VA MILLIY BOYLIK. IQTISODIY MUVOZANAT


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

 


77 
11-MAVZU. IQTISODIY O„SISh VA MILLIY BOYLIK. IQTISODIY MUVOZANAT 
VA MUTANOSIBLIK 
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda iqtisodiy o‗sish, uning turlari va ko‗rsatkichlari, 
omillari, milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi, iqtisodiy muvozanatlik, uni 
ta‘minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari, iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari 
to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat. 
Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiy o‗sish, iqtisodiy o‗sish mezoni, iqtisodiy o‗sish 
ko‗rsatkichlari, ekstensiv iqtisodiy o‗sish, intensiv iqtisodiy o‗sish, milliy boylik, moddiy–
buyumlashgan boylik, tabiiy boylik, ma‘naviy boylik, iqtisodiy muvozanat, xususiy 
muvozanat, umumiy muvozanat, multiplikator samarasi, iqtisodiy mutanosiblik.
Asosiy savollar 
1. Iqtisodiy o‗sishning mazmuni, turlari va ko‗rsatkichlari 
2. Iqtisodiy o‗sishning omillari 
3. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi 
4. Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta‘minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari. 
5. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari 
1.Iqtisodiy o„sishning mazmuni, turlari va ko„rsatkishlari 
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‗p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon 
hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish resh qashon bir tekis, yuqorilab boruvchi shiziq bo‗yicha 
ro‗y bermaydi. 
Iqtisodiy rivojlanish o‗z ishiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor 
va sifat o‗zgarishlarni, ijobiy va salbiy tamonlarni olib notekis boradi. 
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‗lganligi 
sababli, uning mezonlaridan biri bo‗lgan iqtisodiy o‗sish ko‗proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy 
o‗sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‗lib, o‗z ifodasini real YaMM (YaIM) 
hajmining va uning aholi jon boshiga ko‗payishida topadi. 
Iqtisodiy o‗sishga tarixiy jihatdan yondashilganda, u bir xil suratlarda va bir tekis 
bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‗sish suratlarining jadallashish, jiddiy pasayish va ratto 
sheklanish davrlari ma‘lum. Agar katta tarixiy bosqishlar olib qaraladigan bo‗lsa, jahon va 
milliy iqtisodiyotda, barqaror iqtisodiy o‗sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot 
manzarasi hosil bo‗ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o‗sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat 
o‗zgarishlari shaklida ham namoyon bo‗ladi. Prezidentimiz I.Karimov ta‘kidlab o‗tganlaridek: 
«Iqtisodiy rivojlanish sur‘atlari haqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat 
ko‗rsatkishlariga ko‗proq e‘tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‗sishlar 
iqtisodiyotimizda yuz behayotgan tarkibiy o‗zgarishlar, uning izshil va barqaror rivoji uchun 
xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so‗z bilan aytganda, amaliy 
hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim». Shunday ekan iqtisodiy o‗sish bevosita yalpi 
milliy mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari 
birligi hisobiga ko‗payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida 
ifodalanadi. Mahsulotning o‗sish sur‘ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‗zgarishi 
o‗rtasidagi nisbat iqtisodiy o‗sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi. 
Ekstensiv iqtisodiy o‗sishga ishlab chiqarishning avvvalgi texnikaviy asosi saqlanib 
qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‗payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, 
mahsulot ishlab chiqarishni ikki rissa ko‗paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda 
o‗rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati ishchi kuchining soni va malaka tarkibi 
bo‗yicha xuddi o‗shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda 
amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‗zgarmay qoladi. 
Iqtisodiy o‗sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini 
kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada 
progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‗llash, ishchi kuchi 
malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish 


78 
yo‗li bilan erishiladi. Intensiv yo‗l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir 
birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‗sishida, mahsulot 
sifatining oshishida o‗z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki rissa oshirish 
uchun mavjud korxonaga teng bo‗lgan yana bir korxona qurishga rojat yo‗q. Bu natijaga 
ishlab turgan korxonani rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud 
resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin. 
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud 
bo‗lmaydi, balki muayyan uyg‗unlikda, bir-biri bilan qo‗shilgan tarzda bo‗ladi. Shu sababli 
ustivor ekstensiv va ustivor intensiv iqtisodiy o‗sish turlari tahlil qilinadi. 
Iqtisodiy o‗sish murakkab va ko‗p qirhali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun 
qandaydir bitta ko‗rsatkish kifoya qilmaydi, muayyan ko‗rsatkishlar tizimi talab qilinadi. Bu 
ko‗rsatkishlar tizimida jismoniy va qiymat ifodasidagi ko‗rsatkishlar farqlanadi. 
Iqtisodiy o‗sishning jismoniy ko‗rsatkishlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular 
inflyatsiya ta‘siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini hisoblashda 
har xil ne‘matlar ishlab chiqarishni umumiy ko‗rsatkishga keltirish qiyin). qiymat 
ko‗rsatkishlar keng qo‗llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan to‗liq «tozalash» 
mumkin bo‗lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o‗sish sur‘atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda 
hisoblanadi. 
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o‗sishning asosiy qiymat ko‗rsatkishlari quyidagilar 
hisoblanadi: 
- YAMM (YAIM) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o‗sish 
sur‘ati; 
- YAMM (YAIM) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to‗g‗ri 
keladigan miqdori va uning o‗sish sur‘ati; 
- YAMM (YAIM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi 
hisobiga to‗g‗ri keladigan miqdori va uning o‗sish sur‘ati; 
Iqtisodiy o‗sishni aniqlashda har ushala ko‗rsatkishdan ham foydalanish mumkin, 
lekin ularning ahamiyati turlisha. 
Masalan: agar diqqat markazida iqtisodiy potensial muammosi tursa, birinchi 
ko‗rsatkishdan foydalanish ko‗proq mos keladi. Alohida mamlakat va regionlardagi aholining 
turmush darajasini taqqoslashda, ko‗proq ikkinchi ko‗rsatkishdan foydalaniladi. Iqtisodiy 
samaradorlikni baholashda uchinchi ko‗rsatkishga ustivorlik beriladi. Odatda iqtisodiy o‗sish 
% (foiz) da o‗sishning yillik sur‘ati sifatida aniqlanadi. Masalan, agar o‗tgan yili real YAMM 
60 mlr. so‗mni va joriy yilda 70 mlr. so‗mni tashkil qilgan bo‗lsa, o‗sish sur‘atini joriy yildagi 
real YAMM ning bazis davrdagi hajmiga bo‗lish yo‗li bilan aniqlash mumkin. Bu holda 
o‗sish sur‘ati 16,6% ni (70G‗60*100) tashkil qiladi. Mamlakatning iqtisodiy o‗sish sur‘atini 
xarakterlaydigan ko‗rsatkishlar (real YAMM va aholi jon boshiga real YAMMning o‗sishi) 
miqdoriy ko‗rsatkishlar bo‗lib, ular
- birinchidan mahsulot sifatining oshishini to‗liq hisobga olmaydi va shu sababli 
farovonlikning haqiqiy o‗sishini to‗liq xarakterlab berolmaydi; 
- ikkinchidan, real YAMM va aholi jon boshiga YAMMning o‗sishi bo‗sh vaqtning 
sezilarli ko‗payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‗rsatilishiga 
olib keladi, – uchinchidan, iqtisodiy o‗sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof 
muritga va insonning hayotiga salbiy ta‘sirini hisobga olmaydi. 
Iqtisodiy o‗sishning alohida tomonlarini xarakterlovshi ko‗rsatkishlari ham mavjud 
bo‗lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, Mehnat unumdorligi 
va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq 
tuzilishi kabilar hisoblanadi. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‗rsatkichlar bilan xarakterlanadi: 
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya‘ni uning unumdorligi. 
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi. 
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‗rtasidagi nisbat. 


79 
g) Mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va 
kooperatsiyasi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling