O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

 
 
 
10-MAVZU. ISTE‟MOL, JAMG„ARISh VA INVESTITSIYALAR 
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda iste‘mol va jamg‗arishning iqtisodiy mazmuni 
hamda ularning o‗zaro bog‗liqligi, jamg‗arishning mohiyati, omillari va samaradorligi, 
investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan 
iborat. 
Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Iste‘mol, shaxsiy iste‘mol, unumli iste‘mol, iste‘molchilik sarflari, jamg‗arish, 
iste‘molga o‗rtacha moyillik, jamg‗armaga o‗rtacha moyillik, iste‘molga qo‗shilgan moyillik, 
jamg‗arishga qo‗shilgan moyillik, iqtisodiy jamg‗arish, jamg‗arish normasi, kapital 
qo‗yilmalar, investitsiyalar, investitsion faoliyat, investor, investitsiyalar samaradorligi. 
Asosiy savollar 
1. Iste‘mol va jamg‗arishning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‗zaro bog‗liqligi 
2. Jamg‗arishning mohiyati, omillari va samaradorligi 
3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar 
1.Iste‟mol va jamg„armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o„zaro 
bog„liqligi 
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya‘ni milliy daromad 
iste‘mol va iqtisodiy jamg‗arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste‘mol keng ma‘noda jamiyat 
iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan 
foydalanishni, uni iste‘mol qilishini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste‘mol farqlanadi. 
Unumli iste‘mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‗lib, ishlab chiqarish 
vositalari va inson ishchi kuchining iste‘mol qilinishini, ya‘ni ulardan foydalanish jarayonini 
anglatadi. Shaxsiy iste‘mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‗y berib, bunda iste‘mol 
buyumlaridan bevosita foydalaniladi yoki ular to‗liq iste‘mol qilinadi.
Iste‘mol jarayonida turli xil moddiy va ma‘naviy ne‘matlardan foydalaniladi. Iste‘mol 
qilinadigan ne‘mat turiga bog‗liq ravishda moddiy ne‘matlarni va xizmatlarni iste‘mol qilish 
ajratiladi. Individual yoki jamoa bo‗lib iste‘mol qilish ham farqlanadi. Alohida oila yoki 
jamiyat a‘zolarining ixtiyorida bo‗lgan moddiy ne‘matlarni iste‘mol qilish individual 
iste‘molga jamiyat a‘zolarining guruhlari moddiy ne‘mat va xizmatlardan foydalanishi jamoa 
bo‗lib iste‘mol qilishga kiradi. Iste‘mol fondi mablag‗laridan butun iqtisodiyot doirasida 
band bo‗lgan xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini, shu jumladan boshqarish va 
mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. U butun aholining shaxsiy iste‘molini, 
aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va 
boshqarishdagi moddiy sarflarni o‗z ishiga oladi. Iste‘mol fondining shaxsiy daromad 
shaklida xodimlar qo‗liga kelib tushadigan qismi iste‘molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi. 
Iste‘molchilik sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikshilik ne‘matlari va xizmatlar 
uchun ishlatiladigan qismi. Jamg‗arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy 
daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida 
to‗planib borilishi. Uning hajmi uy xo‗jaliklari daromadidan iste‘molchilik sarflarini ayirib 
tashlash yo‗li bilan aniqlanadi. Daromad fondida iste‘molchilik sarflari ulushi qanchalik 
yuqori bo‗lsa jamg‗arma hajmi shunchalik kam bo‗ladi. Jamg‗armaning o‗sishi esa iqtisodiy 


73 
ma‘noda mablag‗larning iste‘mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga 
yo‗naltirilishini bildiradi. Shu sababli daromadda iste‘molchilik sarflari va jamg‗arma 
nisbatining o‗zgarishi bir qator, ba‘zan qahama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg‗armaga qo‗yish oqibatida u 
tovarlarda bo‗lgan talabda o‗z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab 
chiqarishdan olingan daromad to‗liq sarflangandagina jami talabni ta‘minlash uchun yetarli 
bo‗ladi. Demak jamg‗arma daromadlar - xarajatlar oqimida nomutanosiblik bo‗lishiga olib 
keladi. Jamg‗arma daromadlardan mablag‗larni olib qo‗yishni bildirib iste‘molchilik sarflar 
barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish uchun yetarli bo‗lmay qolishini bildiradi. 
Agar aholi o‗z daromadining qandaydir, qismini jamg‗arsa, o‗zining xususiy talabini vujudga 
keltirmaydi. Buning natijasi sotilmay qolgan tovarlarning ko‗payishi, ishlab chiqarishning 
qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi bo‗lishi mumkin. Boshqa tomondan 
jamg‗arma talabning yetishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg‗arilgan 
mablag‗lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu iste‘molchilik 
sarflarining har qanday yetishmasligini qoplaydi va jamg‗arma keltirib chiqaradigan 
iste‘moldagi har qanday yetishmaslikni to‗ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o‗zining 
barcha mahsulotini iste‘molchilarga sotishni ko‗zda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab 
chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining 
jamg‗armalariga teng miqdordagi mablag‗larni investitsiyalarga qo‗yishni ko‗zda tutsa, ishlab 
chiqarish darajasi doimiy bo‗lib qoladi. Iste‘mol va jamg‗arma darajasini aniqlab beruvshi 
asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to‗g‗ri soliqlar ham 
mavjud bo‗ladi. Shu sababli soliqlar to‗langandan keyin aholi qo‗lida qoladigan daromad 
iste‘molchilik sarflari va shaxsiy jamg‗arma yig‗indisiga teng bo‗ladi. Iste‘mol va shaxsiy 
jamg‗armaning darajasi bevosita soliqlar to‗langandan keyingi qolgan daromad bilan 
aniqlanadi. Demak bu daromad iste‘molning ham, jamg‗armaning ham umumiy omili 
hisoblanadi. Chunki jamg‗arma daromadning iste‘mol qilinmaydigan qismi hisoblansa
soliqlar to‗langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‗armani aniqlab beradigan asosiy omil 
bo‗lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste‘mol miqdori va soliqlar to‗langandan keyingi daromad 
o‗rtasidagi farq shu yildagi jamg‗arma miqdorini aniqlaydi. 
Qarab chiqilgan omil ta‘sirida iste‘mol va jamg‗arma darajasining o‗zgarishini 
quyidagi jadvalda tuchuntihamiz. Tahlil uchun shartli ma‘lumotlardan foydalanamiz. 
jadval. 
Iste‘mol va jamg‗arma darajasi, mlrd., so‗m 
(shartli ma‘lumotlar) 
Yillar 
Daromad 
darajasi (D) 
Iste‘mol 
(I) 
Jamg‗arma 
(J) 
IO‗M 
JO‗M 
IqM 
JqM 
2000 
1500 
1300 
200 
0,87 
0,13 


2005 
1800 
1500 
300 
0,83 
0,17 
0,67 
0,33 
2010 
2200 
1700 
500 
0,77 
0,23 
0,50 
0,50 


3 (1-2) 
4 (2:1) 5(3:1) 
6(2:1) 
7 (3:1) 
Jadval ma‘lumotlaridan xulosa shiqarib aytish mumkinki, birinchidan, aholi 
daromadining asosiy qismi iste‘molga sarflanadi, qolgan qismi jamg‗armaga ajratiladi. 
Ikkinchidan, iste‘mol ham, jamg‗arish ham daromadlar darajasiga bevosita bog‗liq bo‗ladi. 
Aholi daromadining iste‘molga ketadigan ulushi iste‘molga o‗rtacha moyillik deyiladi 
(IO‗M). 
Aholi daromadining jamg‗armaga ketadigan ulushi esa jamg‗armaga o‗rtacha moyillik 
(JO‗M) deyiladi. Ya‘ni: 
IO„M = 
истеъмол
даромад x 100 va JO„M = 
жамгарма
даромад x 100 
Jadvalda keltirilgan har bir daromad darajasi bo‗yicha IO‗M va JO‗Mni hisoblab 
ko‗ramizki daromad ko‗payib borishi bilan IO‗M tushadi, JO‗M esa o‗sadi. Haqiqatda 
soliqlar to‗langandan keyin qolgan daromad yoxud iste‘mol qilinadi va yoxud jamg‗armaga 


74 
ketadi. Shu sababli daromadning iste‘mol qilinadigan va jamg‗armaga ketadigan qismlari 
daromad har qanday darajasining butun miqdorini qamrab oladi. qisqasi IO‗MqJO‗Mq1,0 
yoki 100% bo‗ladi.
Daromad o‗simining iste‘mol qilinadigan qismi yoki hissasi iste‘molga qo‗shilgan 
moyillik deyiladi (IqM), yoki
IKM = 
истеъмолдаги ґзгариш
даромаддаги ґзгариш . 
Daromad har qanday o‗sishning jamg‗armaga ketadigan rissasi, jamg‗armaga 
qo‗shilgan moyillik deyiladi (JqM), ya‘ni JqM q jamg‗armadagi o‗zgarishG‗daromaddagi 
o‗zgarish. Masalan, agar 1500 mlrd. so‗m ni tashkil qiluvchi soliqlar to‗langandan keyingi 
daromad 300 mlrd. so‗mga ko‗payib 1800 mlrd. so‗mga yesa (7-qator) daromadning shu 
o‗sgan qismining 2G‗3 qismi iste‘mol qilinadi va 1G‗3 qismi jamg‗armaga ketadi. Boshqasha 
aytganda, IqM - 0,666 ni, JqM esa 0,333 ni tashkil qiladi. Daromaddagi har qanday o‗zgarish 
uchun IqM va JqM yig‗indisi har doim I ga teng bo‗lishi zarur yoki IqM = JqM q I. Bizning 
misolda 0,666q0,333q I,0 
Shaxsiy daromaddan tashqari iste‘mol va jamg‗arma o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikka 
ta‘sir ko‗rsatuvshi boshqa bir qator omillar ham mavjud bo‗ladi. Bu omillarning asosiylari 
quyidagilar: 
- uy xo‗jaliklari jamg‗argan boylik darajasi; 
- narxlar darajasi; 
- narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi o‗zgarishining kutilishi; 
- iste‘molchi qarzlari; 
- soliq stavkalari o‗zgarishi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling