O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

3.Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar. 
Investitsiyalar sarflarning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi 
jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi; milliy iqtisodiyotdagi ko‗plab 
mutanosibliklar uning o‗sish sur‘atiga bog‗liq bo‗ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ob‘ektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq 
muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog‗liq sarflarni 
bildiradi. 
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko‗paytirishga, ishlab chiqarish 
quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo‗yilmadir. U pul mablag‗lari, bank kreditlari
aksiya va boshqa qYAIMatli qog‗ozlar ko‗rinishida amalga oshiriladi. Investitsiyalarni 
ro‗yobga chiqarish bo‗yicha amaliy xarakatlar - investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga 
oshiruvshi shaxs - investor deyiladi. Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga 
oshirilishi mumkin: 
- investorlarning o‗z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul 
jamg‗armalari va h.k.); 
- qarz olingan moliyaviy mablag‗lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); 
- jalb qilingan moliyaviy mablag‗lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‗lar, 
jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‗lovlari); 
- byudjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish. 
2000 yilda O‗zbekistonda investitsion qo‗yilmalarning 26,4% korxonalarning o‗z 
moliyaviy mablag‗lari hisobiga, 30,3% byudjet mablag‗lari hisobiga amalga oshirilgan1. 
Investitsiyalarning manbalaridan biri aholi keng qatlamlari (ishchilar, o‗qituvshilar, 
vrashlar va boshqalar) jamg‗armasi hisoblanadi. Muammo shundan iboratki, jamg‗arma 
xo‗jalik yurituvshi bir guruh tomonidan amalga oshiriladi, investitsiyalar esa shaxslar yoki 
xo‗jalik yurituvshi sub‘ektlarning butunlay boshqa guruhi tomonidan amalga oshirilishi 
mumkin. O‗z-o‗zidan aniqki, investitsiyalar manbai bo‗lib iqtisodiyotda faoliyat qiluvchi 
sanoat, qishloq xo‗jalik va boshqa korxonalar foydasi ham hisoblanadi. Bu yerda 
―jamg‗aruvchi‖ va ―investor‖ bir-biriga to‗g‗ri keladi. 
O‗zbekistonda kapital quyilmalarda nodavlat sektorining ulushi 1991 yildagi 24 %dan, 
2000 yil 34,7% ga yetgan. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 


76 
1) Tadbirkorlar investitsiyalarga sarflardan olish ko‗zda tutilgan, kutilayotgan sof foyda
normasi va 2) foiz stavkasi. 
I. Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning xarakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. 
Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo‗lsa, sotib oladi. 
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz 
stavkasi bu - real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo‗lgan band qilingan pul kapitaliga 
korxona to‗lash zarur bo‗lgan pul miqdori hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi (10 %) 
foiz stavkasi (7 %) dan ortiq bo‗lsa investitsiyani amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Aksincha foiz stavkasi (aytalik, 12%) kutilayotgan sof foyda normasidan (10%) ortiq bo‗lsa, 
investitsiyalash samarasiz hisoblanadi. Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va 
foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta‘sir ko‗rsatadi.
1.Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‗rsatish xarajatlari.
2. Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori. 
3. Texnologik o‗zgarishlar.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling