O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

2.Iqtisodiy o„sishning omillari 
Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish 
mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o‗sish layoqatini belgilab beradi, 
ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar: 
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 2) Mehnat resurslari miqdori va sifati; 
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; 4) texnologiya va fan-texnika 
taraqqiyoti. 
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida amalga oshirilayotgan «tarkibiy 
o‗zgarishlar iqtisodiy o‗sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda». 
Iqtisodiy o‗sishga taqsimlash omillari ham ta‘sir qiladi. Ishlab chiqarish potensialidan 
maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‗liq jalb qilingan 
bo‗lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o‗sib boruvchi hajmidan real 
foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham 
zarur bo‗ladi.Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir ko‗rsatuvshi, taklif va taqsimlash omillari o‗zaro bog‗liq 
va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o‗sishi va sifatining yaxshilanishi, 
texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o‗sish uchun imkoniyat yaratadi. To‗liq bandlik va 
resurslarni samarali taqsimlash bunday o‗sishni ro‗yobga chiqaradi. Iqtisodiy o‗sishda 
resurslarni taqsimlash omillari ham o‗z o‗rniga ega bo‗lsa-da, bu muammoni tahlil qilishda 
asosiy e‘tibor taklif omillariga qaratilishi zarur. Mehnat unumdorligining o‗sishiga olib 
keluvshi omillarni to‗laroq qarab chiqamiz. Fan-texnika taraqqiyoti Mehnat unumdorligi va 
iqtisodiy o‗sishni ta‘minlovshi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o‗z ishiga 
nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni 
tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda fan – texnika taraqqiyoti 
deyilganda provard mahsulot chiqarishni ko‗paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangisha 
uyg‗unlashtirishni taqozo qiluvchi yangi usullarning topilishi ham tuchuniladi. Amaliyotda 
texnika taraqqiyoti va kapital qo‗yilmalar (indestitsiyalar) mustarkam o‗zaro bog‗liq, texnika 
taraqqiyoti ko‗pinsha yangi mashina va uskunalarga investitsiyalar qo‗yishga olib keladi. 
Masalan, atom energiyasidan foydalanish bo‗yicha texnologiyani qo‗llash uchun atom 
elektrostansiyalarini qurish zarur bo‗ladi. Birinchi qarashda texnika taraqqiyoti tarixiy va 
shiddatli ro‗y berish xarakteriga ega bo‗ladi. Gaz va yoqilg‗i dvigatellari, konvyer va yig‗ma 
liniyalar bizning hayotga o‗tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi. 
chizma. Real mahsulot o„sishini aniqlab beruvchi omillari 
1.Band bo‗lganlar soni 
2.Ishlagan kishi soatlarining 
o‗rtacha miqdori. 
mehnat 
sarflari 
Ishlab 
chiqarishning 
real hajmi 
Texnika taraqkiyoti. 
Kapital qo‗yilmalar hajmi. 
3. Ta‘lim va malaka tayyor-garlik. 
4. Resurslarning joylash-tirish 
samaradorligi. 
5. Boshqa omillar. 
mehnat 
unumdorligi 
Bu chizma ko‗rsatadiki, real mahsulot ikki asosiy usulda ko‗paytirilishi mumkin: 
1) resurslarning ko‗proq hajmini jalb etilishi; 


80 
2) ulardan ancha unumli foydalanish yo‗li bilan. 
Respublika oldida texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa, ishlab chiqarishga 
yangi texnika va texnologiyani qo‗llash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning 
yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi. 
Mehnat unumdorligining o‗sishini aniqlab beruvshi asosiy omil har bir ishlovshiga 
to‗g‗ri keluvshi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma‘lum vaqt ishida, kapitalning hajmi 
mutloq ko‗payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o‗ssa, Mehnat unumdorligi 
pasayadi, chunki har bir ishchining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi. 
Ta‘lim va malakali tayyorgarlik, mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha 
yuqori ish haqiga ega bo‗lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investitsiyalar qo‗yish 
Mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O‗z - o‗zidan aniqki, ishchi 
kuchi sifatining eng oddiy ko‗rsatkichi ta‘lim darajasi hisoblanadi. Xozirgi davrda 
respublikamiz xalq xo‗jaligida band bo‗lganlarning 30%ga yaqini oliy va o‗rta maxsus 
ta‘limga ega. Lekin oliy va yoki o‗rta maxsus ta‘limga ega bo‗lganlar, aniq sohalardagi 
bilimlari darajasi bo‗yicha boshqa rivojlangan mamlakatlardagi ishchilardan ancha orqada va 
ko‗pchiligi ta‘lim olgan soxasi bo‗yicha faoliyat turida band emas. Shu sababli keyingi 
yillarda respublikamizda maktab, oliy va o‗rta maxsus bilim yurtlarida ta‘lim berishning 
progressiv (test va reyting) tizimlari joriy qilinmoqda. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida 
qo‗yilgan vazifalarni amalga oshirishda ham ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Amaliy hayotda iqtisodiy o‗sishni to‗xtatib turuvchi omillar ham mavjud bo‗ladiki, 
ular Mehnat murofazasi, atrof muritning ifloslanishi va shu kabi rolatlar natijasida kelib 
chiqadi. Keyingi yillarda Respublikada davlat tomonidan atrof murit ifloslanishining oldini 
olish, xodimlar Mehnat sharoitini yaxshilash va sog‗lig‗ini murofaza qilishni tartibga solishda 
muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o‗z navbatida iqtisodiy o‗sish sur‘atiga salbiy, ta‘sir 
ko‗rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu 
orqali Mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo‗lgan mablag‗lari boshqa tomonga jalb 
qilinadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling