O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


  5.Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

 


84 
5.Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. 
Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o‗rtasida 
mutanosiblik bo‗lishini taqozo qiladi. 
Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‗rtasida miqdor va 
sifat jihatdan ma‘lum moslik bo‗lishidir. Bunda tenglik bo‗lishi shart emas. Ular mos keluvshi 
(2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo‗lishi mumkin. 
Makroiqtisodiy jarayon g‗oyat murakkab va ko‗p qirrali bo‗lishi sababli mutanosiblik 
turlari ham ko‗p va xilma-xil. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi 
guruhlari tarkibiga kiritish mumkin. 
Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy 
qismlar: iste‘mol fondi va jamg‗arish fondi o‗rtasidagi: iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar 
massasi bilan pul massasi o‗rtasidagi: aholining daromadlari bilan xarajatlar o‗rtasidagi 
mutanosibliklarni misol qilib ko‗rsatish mumkin. 
2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta‘minlashda 
tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o‗rin tutadi. Mamlakat xalq xo‗jaligi juda ko‗p tarmoq 
va sohalardan iborat bo‗lib, ularning rivojlanishi bir-biriga taqozo qiladi. Bir tarmoqda 
yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste‘mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib 
o‗z iste‘molchisini topadi. Masalan, qishloq xo‗jalik mahsulotlarning ko‗pshilik qismi 
G‗paxta, g‗alla, pilla, sut va r.k.G‗ sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard 
mahsulotga aylantiriladi va iste‘molchilik tovarlari bozoriga shiqariladi. O‗z navbatida 
sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarning mahsulotlari xalq xo‗jaligining 
boshqa tarmoqlari qishloq xo‗jaligi, qurilish va h. k.da unumli iste‘mol qilinadi. Bu ularning 
bir-biriga bog‗liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat 
bilan qishloq xo‗jaligi va xalq xo‗jaligining boshqa tarmoqlari o‗rtasidagi mutanosibliklar 
misol bo‗ladi. 
3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab 
chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ishidagi mutanosiblik orqali ta‘minlanadi. 
Tarmoqlar ishidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab 
chiqarishlar o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari 
va iste‘mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo‗jaligining dexqonshilik va 
shorvashilik sohalari o‗rtasidagi mutanosibliklar va r. k. Shu bilan birga ta‘kidlab o‗tilgan 
sohalarning ishidagi tarkibiy bo‗linmalar o‗rtasida ham bog‗liqlik bo‗lishi zarur. Masalan, 
sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, shorvashilikning sut va go‗sht ishlab 
chiqarish sohalari o‗rtasida va boshqalar 
4. Hududiy mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari 
o‗rtasidagi bog‗liqlikni ham taqozo qiladi. YUzaki qaraganda hududlar o‗rtasidagi 
mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to‗liq namoyon bo‗lmaydi. Lekin 
alohida hududiy bo‗linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklar) ning bir-
biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog‗liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi 
va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bog‗liqlikning ahamiyati yaqqol ko‗rinadi. 
5. Davlatlaharo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki rolat taqozo qiladi. 
Birinchidan, dunyoning ko‗pshilik mamlakatlari xalqaro Mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan 
bog‗langan, ikkinchidan, shu bog‗liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet 
elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o‗z iste‘molining bir 
qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog‗liqlik qanchalik katta 
bo‗lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kushli ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Mamlakatda mavjud bo‗lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda 
jamiyatning ehtiyojlarini to‗laroq qondirib borish. 
To‗la bandlilikka erishish, ya‘ni Mehnat qilishga layoqatli bo‗lgan va ishlashni 
xorlaganlarni to‗liq va samarali ish bilan ta‘minlash.Narx-navoning nisbiy barqarorligiga 
erishish va uni inflyatsiya ta‘siridan xoli qilish. 


85 
Iqtisodiyotning bir maromda o‗sib borishini yetarli darajada investitsiya bilan 
ta‘minlash va muomaladagi pul massasiga bog‗lab borish. Eksport va importni 
muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishish. Bu maqsadlar faqatgina 
ularga intilish bo‗lib, bunga erishish muqarhar ekanligini bildirmaydi. Chunki mutloq 
muvozanatga erishish mumkin emas, u buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy 
o‗sish notekis boradi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling