O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

2.Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari.  
Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir ko‗rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. 
Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o‗rtasidagi 
chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. 
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning 
mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‗ladi. Masalan, bayhamlar arafasidagi xarid qilish, 
iste‘molchilik tovarlarining faollik sur‘atida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik 
tebranishlarga olib keladi. qishloq xo‗jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir 
darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo‗ladi. 
Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya‘ni uzoq muddatli davr, 
masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikni ortishi yoki pasayishiga bog‗liq. Bu 
yerda shuni ta‘kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AqSh) uzoq muddatli tamoyil 
sezilarli iqtisodiy o‗sish bilan xarakterlansa, boshqalari uchun iqtisodiy o‗sishning 
sekinlashuvi xos. 
Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvshi ko‗plab qarashlar mavjud bo‗lishiga 
qahamasdan ko‗pshilik iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlik darajasini bevosita 
aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiqlaydi. 
Qishloq xo‗jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar 
quyidagi shakllarda namoyon bo‗ladi:1) qishloq xo‗jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha 
ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zaxiralarining to‗planishi.2) Narxlarning 
pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi.3) Fermerlarning ommaviy ravishda 
xonavayron bo‗lishi, ularning qarzlarining ortishi.4) qishloq aholisi o‗rtasida ishsizlarning 
ko‗payishi. Qishloq xo‗jaligida takror ishlab chiqarish o‗ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‗lganligi sababli, agrar inqirozlar o‗ziga xos xarakter kasb etadi. Agrar inqirozlar sanoat 
sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa cho‗zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz o‗tgan 
asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o‗rtasigacha davom qilgan edi. 
Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan 
sharoitda, 1920 - yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon 
urushining boshlanishga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948 - yildan boshlanib
80-yillargacha davom etdi. Agrar inqirozlarning cho‗zilib ketishining asosiy sabablari 
quyidagilar: a) yerga xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo‗jalik ishlab 
chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi; b) yer 
rentasining mavjud bo‗lishi va uning uzluksiz sur‘atda o‗sib borishi. yer rentasining, avvalo 
absolyut rentaning ko‗payishi qishloq xo‗jalik mahsulotlarini qYAIMatlashtirib yuboradi, 
buning natijasida uni sotish qiyinlashadi. v) Ko‗plab mayda dehqon xo‗jaliklarning mavjud 


89 
bo‗lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo‗jalikni asosan o‗zi va oilasi uchun zarur tirikchilik 
vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni 
qisqartira olmaydilar. Tirikchiliklarini o‗tkazish va ijara haqini to‗lash uchun ishlab 
chiqarishni ilgarigi miqiyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo‗jalik mahsulotlarini 
ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko‗paytirib yuboradi. 
Agrar inqirozlar siklli xarakterga ega bo‗lmaydi. qishloq xo‗jalik mahsulotlarini 
ortiqcha ishlab chiqarish absolyut xarakterga emas, balki nisbiy xarakterga ega. Chunki 
inqiroz ro‗y bergan mamlakatlarda million-million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling