O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


-jadval  O„zbekistonning tashqi savdo aloqalari rivojlanish ko„rsatkichlari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

1-jadval 
O„zbekistonning tashqi savdo aloqalari rivojlanish ko„rsatkichlari  
Ko„rsatkichlar 
O„lchov birligi 
2008
2009
2010
YAIM 
mlrd. so‗m 
36 839,4 
48 097,0 
61831,2 
mln. AQSh dollari 
27 919,8 
32 808,8 

Eksport 
mln. AQSh dollari 
11 493,3 
11 771,3 
13044,5 
Eksportning YAIMdagi ulushi 

41,2 
35,9 

Import 
mln. AQSh dollari 
9 704,0 
9 438,3 
8797,9 
Importning YAIMdagi ulushi 

34,8 
28,8 

Tashqi savdo aylanmasi 
mln. AQSh dollari 
21 197,3 
21 209,6 
21842,4 
Tashqi savdo aylanmasining 
YAIMdagi ulushi 

75,9 
64,6 

Saldo (X-M) 
mln. AQSh dollari 
1 789,3 
2 333,0 
4246,6 
Saldo (X-M) ning YAIMdagi ulushi 

6,4 
7,1 

Bu ko‗rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo‗shimcha qiymatga 
ega bo‗lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi navbatda, 
iqtisodiyotimizning o‗sib bohayotgan saloriyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan 
birga, bunday rolat eksportimiz-ning xomashyo resurslari narxi tez-tez o‗zgarib turadigan 
jahon bozori ta‘siriga bog‗liqligini kamaytirishda muhim yo‗nalish bo‗lib xizmat qiladi.
Jahon iqtisodiy inqirozi davom etayotgan hozirgi sharoitda bunday o‗zgarish ayniqsa 
muhim ahamiyatga ega. Nega deganda, bugungi kunda eksport asosan xomashyo etkazib 
berishdan iborat bo‗lib, dunyo bozoridagi narx-navo o‗yinlariga haddan tashqari bog‗lanib 
qolayotgani ayrim mamlakatlarda valyuta tushumlarini kamaytiradigan, moliyaviy 
barqarorlikning yomonlashuviga olib keladigan, iqtisodiyotni izdan chiqaradigan jiddiy 
faktorga aylanmoqda.
Xalqaro savdo bir qator o‗ziga xos xususiyatlarga ega: 
1. Iqtisodiy resurslarning xarakatshanligi mamlakatlar o‗rtasida, mamlakat ishidagiga 
qaraganda ancha past bo‗ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ishida viloyatdan viloyatga, 
hududdan hududga erkin o‗tishi mumkin. Mamlakatlar o‗rtasidagi til va madaniy to‗siqlar 
haqida gapirmaganda ham, YAIMigratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar o‗rtasidagi 
migratsiyasiga qattiq sheklashlar qo‗yadi. Soliq qonunshiligidagi, davlat tomonidan tartibga 
solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar va boshqa qator muassasaviy to‗siqlar real kapitalning 
milliy shegara orqali migratsiyasini sheklaydi. 
2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o‗rtasida xalqaro 
savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinshiliklar tug‗diradi. 
3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga markum bo‗lib, bu ishki savdoga 
nisbatan qo‗llaniladigan tadbirlardan xarakteri va darajasi bo‗yicha sezilarli farqlanadi. 
qiyosiy xarajatlar nazariyasiga ko‗ra erkin savdo tufayli, jahon xo‗jaligi resurslarni 
samarali joylashtirishga va moddiy farovonlikning yuqori darajasiga erishishi mumkin. 
Proteksionizm, ya‘ni erkin savdo yo‗lidagi to‗siqlar xalqaro ixtisoslashuvdan olinadigan nafni 
kamaytiradi yoki yo‗qqa chiqaradi. 
Erkin savdo yo‗lida juda ko‗p to‗siqlar mavjud bo‗ladi. Ularning asosiylari 
quyidagilar: 
- boj to‗lovlari import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish 
maqsadida yoki rimoya uchun kiritilishi mumkin. 
Import kvotalari yordamida ma‘lum bir vaqt ohalig‗ida import qilinishi mumkin 
bo‗lgan tovarlarning maksimal hajmi o‗rnatiladi. 
Ta‘rifsiz to‗siqlar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar 
qo‗yish yoki oddiy ma‘muriy taqiqlashlar tuchuniladi; 


118 
Eksportni ixtiyoriy sheklashlar savdo to‗siqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. 
Bu holda chet el firmalari o‗zlarining ma‘lum mamlakatga eksportini «ixtiyoriy» sheklaydi. 
Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida o‗zlarining davlatlaharo ixtisoslashuvini 
rivojlantirishi, o‗zlarining resurslari unumdorligini oshirish va shu orqali ishlab chiqarishning 
umumiy hajmini ko‗paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori nisbiy samaradorlik 
bilan ishlab chiqarish mumkin bo‗lgan tovarlarga ixtisoslashishi va ularning o‗zlari samarali 
ishlab chiqarish holatida bo‗lmagan tovarlarga ayirboshlash hisobiga yutish mumkin. 
Bu yerda mamlakatlar nima uchun savdo-sotiq qiladi? degan savol tug‗iladi. 
Birinchidan, iqtisodiy resurslar dunyo mamlakatlari o‗rtasida juda notekis taqsimlanadi: 
mamlakatlar o‗zlarining iqtisodiy resurslar bilan ta‘minlanishi keskin farqlanadi. Ikkinchidan, 
har xil tovarlarni samarali ishlab chiqarish har xil texnologiya yoki resurslar uyg‗unlashuvini 
talab qiladi. Bu ikki rolatning xalqaro savdoga ta‘sirini oson tuchuntirish mumkin. Masalan, 
YAponiya ko‗p va yaxshi tayyorlangan ishchi kuchiga ega, malakali Mehnat ortiqsha 
bo‗lganligi sababli arzon turadi. Shu sababli, YAponiya tayyorlash uchun ko‗p miqdorda 
malakali Mehnat talab qilinadigan turli-tuman Mehnat sig‗imli tovarlarni samarali ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan. Avsthaliya esa aksincha, juda keng maydonlariga ega bo‗lgan 
holda yetarli bo‗lmagan miqdorda inson resurslari va kapitalga ega. 
qisqacha aytganda, rimoya qilinadigan tarmoqlar savdo to‗siqlarini kiritishdan 
oladigan foyda, butun iqtisodiyot uchun ancha katta yo‗qotish hisoblanadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling