O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 1.03 Mb.
|
Iqtisodiy statistika Nosirov Timur ST-52 Kurs Ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- A” korxona xarajatlarining tarkibi.
Andijon biokimyo zavodi - yirik kimyo sanoati korxonasi. Andijon shahrida joylashgan. "O‘zkimyosanoat" uyushmasi tarkibiga kiradi. Dondan rektifikatsiyalangan oziq-ovqat (etil) spirti ishlab chiqaradi. Respublikadagi oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va boshqalar. Sanoat tarmoqlarini spirt bilan ta’minlaydi. Korxona 1953 yilda Andijon gidroliz zavodi sifatida tashkil etilgan va chigit shulxasi, sholi qobig‘idan texnik etil spirti, ozuqa achitqilari, ksilit, nitrolignin va boshqalar. Mahsulotlar ishlab chiqardi. 90-y.lar boshidan atrof muhitga salbiy ta’sirini hisobga olib zavodning ishlab chiqarish yo‘nalishini o‘zgartirish ishlari boshlandi va 1994 yildan gidroliz sanoati ishlab-chiqarish. quvvatlari to‘xtatildi. 1991-1994 yillarda etil spirti ishlab chiqarish quvvatlari qurilib, korxonaning 1-navbati 1994 yilda dekabrda ishga tushirildi (loyiha quvvati yiliga 915 ming dal etil spirti). 1995 y. sentabrdan korxonaning (yillik loyiha quvvati 877 ming dal bo‘lgan) 2-navbati qurilishi boshlandi va 1999 yilda ishga tushirildi.
Qashqadaryo parrandachilik fermasi. Qashqadaryo viloyatida 2014 yilda parrandachilikni rivojlantirishga bo'yicha qabul qilingan dasturga muvofiq, yil oxiriga qadar parrandalar soni 4 million 294 mingtaga, tuxum ishlab chiqarish 340 million 800 ming donaga, parranda go'shti yetishtirish 1944 tonnaga yetkaziladi. Tarmoqqa ixtisoslashgan 31 ta xo'jalikni yangidan tashkil qilish uchun 5 milliard 52 million so'mlik investisiya o'zlashtiriladi. Loyihalar to'liq amalga oshirilgach, bu xo'jaliklarda boqiladigan parrandalar 188,3 mingtani, yetishtiriladigan tuxum miqdori 21,1 million donani, go'sht 65 tonnani tashkil etadi. O'z navbatida, 124 kishi ish bilan ta'minlanadi.Parrandalarning qolgan qismi xonadonlarda parvarishlanadi. Shunga ko'ra, dasturga muvofiq, aholiga jo'ja yetkazib berish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Shaxsiy yordamchi, dexqon va fermer xo'jaliklarida mavjud inkubatorlarni xatlovdan o'tkazish, nosozlarini ta'mirlash, qo'shimcha inkubatorlar sotib olish, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratish, naslli tuxum, inkubator va kataklarni yetkazib beruvchi korxonalarni xonadonlarga biriktirib qo'yish ishlari izchil amalga oshiriladi. Parrandalarni turli kasalliklardan saqlash, profilaktik tadbirlarni o'tkazish xam doimiy e'tiborda bo'ladiTarmoqning rivojlanishida, tabiiyki, parrandalar nasli muhim o'rni tutadi. Xozir dunyoda tuxum beradigan parrandalarning "Lomann" (Germaniya), "Dekali", "Xayseks" (Gollandiya), "Xay-Layn" (AQSh) va "Rodonit-3" (Rossiya) singari zamonaviy zotlari ma'lum. Ulardan uy sharoitida bir yilda 270 dona, sanoat usulida esa 330 donagacha tuxum olish mumkin. Qolaversa, bugungi kunda voha bozorlariga chiqarilayotgan tuxumlarning 70 foizi Germaniyadan keltirilgan "Lomann" ulushiga to'g'ri keladi. Ular jigarrang, oq va och kulrang bo'ladi. Yakkabog' tumanidagi "Kumush kuz fayz" agrofirma shaklidagi MChJda bu tovuqlardan har kuni o'rtacha 50 ming dona tuxum olinayapti.2011 yili 27 ming 500 ta "Lomann" jo'jalarini keltirdik, - deydi jamoa boshlig'i Abdunabi G'iyosov. - Bundan tashqari, o'sha yili xorijdan 27 ming, keyinchalik 80 ming bosh parrandaga mo'ljallangan dastgohlar olib kelib o'rnatdik. Endilikda tovuqlar 50 mingtaga, jo'jalar 30 mingtaga yetdi. Tovuqlardan kuniga 60-70 ming dona tuxum olish niyatidamiz. Hademay, jo'jalar ham tuxumga kirsa, bu ko'rsatkich keskin ravishda oshadi. Eng muhimi, biz yaqinda tarmoqni yanada kengaytirish maqsadida qo'shimcha ravishda 22 gektar yer oldik. Omixta yem tayyorlaydigan seximiz esa uzluksiz ishlab turibdi. Kelgusida 114 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag' evaziga Erondan yangi dastgoxlar keltirishni mo'ljallayapmiz. Ishonchimiz komilki, parrandachilikka ixtisoslashgan korxonalarning ana shunday rivojlanishi, yangilarining tashkil etilishi tuxum va parxez go'sht mahsulotlari ko'payishiga, bozorlarimiz yanada to'kin bo'lishiga xizmat qiladi. Joriy xarajatlar mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumlar hisobidan doim qoplab yuboriladi va bu ishlab chiqarish jarayonini to'xtovsiz amalga oshirish im koniyatini beradi. Mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog'liq bo'lgan joriy xarajatlarning pulda ifodalangan hajmi uning tannarxi deb ataladi. Mahsulot (ish, xizmat ko'rsatish) tannarxi ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan tabiiy resurslar, xomashyo, m ateriallar, yoqilg'i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari qiym atlari yig'indisidan va boshqa ularni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari yig'indisidan tashkil topadi. Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchilarga yetkazish bilan bog'liq bo'lgan savdo tashkilotlari xarajatlari (boshqaruv va tijorat xarajatlari) muomala xarajatlari deb aytiladi. Mahsulot tannirxiga tashkilotlarning investitsion faoliyatlari bilan bog'liq bo'lg an (kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish, material aktivlami sotib olish) xarajatlar; molliyaviy qo'yilmalar (qimmatli qog‘ozlar sotib olish); tashkilot balansidagi ijtimoiy soha obyektlarini asrash (sog'liqni saqlash muassasalari, maktabgacha tarbiya muassasalari va h.k.) xarajatlari; mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo'lmagan (shahar va qishloqlarni obodonlashtirish, boshqa korxonalarga homiylik yordam ini ko‘rsatish va h.k.); xodimlarga ish haqqidan tashqari to'lovlar (ijtimoiy xarakterdagi to'lovlar: moddiy yordamlar ko'rsatish, pensionerlarga qo'shib berish va h.k.) mahsulot tannarxiga qo'shilm aydi. O 'zbekistonda «Mahsulot tannarxiga kiritiladigan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqida»gi Nizom Vazirlar Mahkamasining 5.02.1999-yilda e ’lon qilingan № 64 qarori bilan tasdiqlangan. Bu nizomda foydani soliqqa tortish tartibi ham hisobga olingan va korxonalarning xarajat moddalari quyidagicha: Mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari: 1.1 Ishlab chiqarishning material xarajatlari: mahsulotga qo'shiladigan xomashyo va materiallar; sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni normal o'tishi uchun, asosiy fondlar uchun ehtiyot qismlar, mahsulotni o'rash, joylash uchun materiallar va h.k.); komplektlaydigan mahsulot va yarim tayyor mahsulotlar; ishlab chiqarish (xarakteridagi xizm atlar va ishlar); tabiiy xomashyo (suv, yog'och va h.k.); energiya va yoqilg'ining hamma turlari; materiallarning tabiiy kamayishi. 1.2 Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to'lovlar: bajarilgan ishlar uchun to'lovlar; qo'shimcha to'lovlar; ishlanmagan vaqtlar uchun to‘lovlar. 1.3 Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar: ish haqi fondiga nisbatan foizda ajratish; nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug'urtaga va boshqa ixtiyoriy to ‘lovlar. 1.4 Asosiy fondlar va nom aterial aktivlar amortizatsiyasi: asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlam chi bahodan ajratm a. 1.5 Ishlab chiqarish xarakteridan boshqa xarajatlar: ishlab chiqarish jarayoniga ko'rsatilgan xizmatlar; ishlab chiqarishni xomashyo va materiaHar bilan ta ’m inlash; asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari; o ‘t o ‘chirishni ta ’m inlash va qorovullar; ishlab chiqarish asosiy fondlari ijara haqi. II. D avr xarajatlari: 2.1 M ahsulotni sotish bilan bogMiq bo'lgan xarajatlar: tovarlam i tashish xarajatlari; savdo korxonalari va um um iy ovqatlanish korxonalarining m uom ala xarajatlari. 2.2 M a’muriy xarajatlar: boshqaruv xodimlari mehnat to‘lovlari; ularga sug'urta ajratm alari; xizmat avtomobillarini asrash; — boshqaruvning texnik vositalari, aloqa, qo‘riqlash, hisoblash m arkazi va h.k.; — boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizatsiyasi; — yuqori tashkilotlarni asrash (vazirlik, idora, assotsiatsiya, konsern va h.k.); xizmat safari xarajatlari; 2.3 Boshqa operatsion xarajatlar: kadrlar tayyorlash; qurilishdagi kamchiliklarni yo'qotish; maslahat berish va axborotlar xizmati toiovlari; auditorlar xizmati to ‘lovlari va h.k. III. Moliyaviy faoliyat xarajatlari: banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to'lovlar; uzoq muddatli ijara uchun to ‘lovlar; valuta kursining o ‘zgarishi sababli foyda va zararlar; korxonaning o ‘z qimmatbaho qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish xarajatlari. IV. Favqulodda zararlar. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yangicha sharoitda ma’muriy, tijorat, umumxo‘jalik va moliyaviy xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilmaydi. Balki ular (har davrning o‘zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladi. Davr xarajatlari korxonalar faoliyatida yangi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq emas, balki ishlab chiqarishni boshqarish va mahsulotni sotish bilan bog'liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Bu Nizom moddiy ne’mat ishlab chiqaruvchi korxonalarga ham xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga ham taalluqli bo‘lib, u mahsulot tannarxini va soliqqa tortiladigan foyda summasini to ‘g ‘ri aniqlash imkoniyatini beradi. Yuqoridagi nizomdan kelib chiqqan holda, davlat statistika hisobi F№ 5-ye ma’lumotlaridan foydalanib, «А» korxona xarajatlarining tarkibiy tuzilishini tahlil qilamiz: “A” korxona xarajatlarining tarkibi. Jadval ma’lumotlari asosida quyidagicha xulosa qilish mumkin: — korxona xarajatlarining taxm inan 3/4 qismini ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etgan; — davr xarajatlari um um iy xarajatlar tarkibida 1/5 qism ini tashkil etadi; Bundan mahsulotlarni sotish xarajatlarini salm og‘i kamayib ma’muriy xarajatlar salm og‘i ortgan; — korxonada moliyaviy faoliyatga e ’tibor kuchaygani sababli, ularning umumiy xarajatdagi salmog'i biroz ortgan; bunday holat korxonaning moliyaviy holatiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatadi; — ishlab chiqarish xarajatlarida ish haqqi fondi 40%dan ortiq salmoqqa ega va u 2005-yilda yana ham ortgan; — moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq xarajatlar ham o‘sgan. Bunda qim matli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish xarajatlari asosiy o'rinni egallaydi. Umuman olganda, xarajatlarning 3/4 qismi mahsulot ishlab chiqarish tannarxi deb ataladi, qolgan qismi esa m ahsulot tannarxiga qo'shilm aydi, balki joriy davrning o'zida korxona foydasi hisobidan qoplab yuboriladi. Xarajatlar hajmi baho darajasiga, ishlab chiqarish rentabelligiga, kapital qo'yilm alar o'rnini qoplashga va soliq solish hajmiga ta’sir ko'rsatadi. Xarajatlarning hajmi, tarkibi, dinamikasini o'rganish faqat tashkilotlar faoliyatining ichki tahlili uchun emas, balki MHT doirasida makroiqtisodiy hisob-kitob ishlarini am alga oshirish uchun zarur hisoblanadi. Mahsulot tannarxining pasayishi YalM va milliy daromad hajmini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Muomala xarajatlari statistikasi Savdo korxonalari muomala xarajatlariga mahsulotlarni ishlab chiqaaivchidan iste’molchiga yetkazish bo'yicha qilingan xarajatlar, umumiy ovqatlanish korxonalari m uom ala xarajatlariga esa o ‘zi ishlab chiqarigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar va sotib olingan mahsulotlarni olish uchun qilingan xarajatlar kiradi. Muomala xarajatlari iqtisodiy mohiyati bo'yicha sof va qo‘shimcha xarajatlarga ajratiladi: Sof muomala xarajatlari — tovar-pul almashuvini tashkil etish bilan, tovarlar egasini almashtirish bilan bog‘liq bo'lgan xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha muomala xarajatlari — savdo tarmog‘ida ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish bilan bog‘liq bo'lgan xarajatlarni o'z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha qo'llaniladigan uslubiy tavsiyanom aga asosan, muomala xarajatlari quyidagi moddalardan tashkil topadi: — transport xarajatlari (tashqi tashkilotlar xizmatlari haqini to'lash); — ish haqi to'lovlari; — ijtimoiy ehtiyojlar uchun to'lovlar; — imoratlar, inshootlar, binolar, uskuna va asbob uskunalarni asrash va ijaraga olish xarajatlari; — asosiy vositalar amortizatsiyasi; — asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari; — sanitar va maxsus kiyim-bosh eskirishi, oshxona jihozlari, o'lchov asboblari va boshqa tez eskiradigan buyum - laming eskirish; — yoqilg'i, gaz, elektroenergiyadan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish; — tovarlarni asrash, qayta ishlash, qayta sortlarga ajratish, qadoqlash xarajatlari; — reklama xarajatlari; — qarzlardan foydalanilgani uchun to'langan foizlar; — texnologik chiqindilar va tovarlarni tabiiy yo'qotish; — taralarga xarajatlar; — boshqa xarajatlar. Muomala xarajatlari hajmi ikkita ko'rsatkich orqali ifodalanadi: 1) Muomalalar xarajatlarining mutloq hajmi — yuqorida qayd etilgan m oddalarning yig‘indisidan tashkil topadi. 2) Muomala xarajatlarining nisbiy darajasini aniqlash uchun muomala xarajatlari hajmi tovar aylanish hajmiga bo'linadi va foizlarda ifodalanadi: u=M X /T a x 100%; bunda, MX — muomala xarajatlari hajmi; Та — tovar aylanish hajmi. Bu ko'rsatkich 100 so'm lik tovar aylanishini amalga oshirish uchun necha so'm m uom ala xarajati qilinganini ko'rsatadi. Muomala xarajatlari dinamikasini o‘rganishda quyidagi ko'rsatkichlar hisoblanadi: — muomala xarajatlari hajmining pasayishi (ortishi) hajmi: A u= ui-u0; Bu ko‘rsatkich 100 so‘mlik tovar aylanishni amalga oshirishdagi xarajat hajmini pasayishi (ortishini) ifodalaydi. Masalan, bazis davrda muomala xarajatlarining tovar aylanishiga nisbatan darajasi 14%, joriy davrda esa 16%ni tashkil etgan (uo=14% , u i=16% ). U holda Ди=16% -14% =:+2% yoki 2 so‘mga ortgan. — muomala xarajatlari darajasining pasayishi (o'sishi) tempi: ui-uo/uo x 100 yoki Ju x 100 — 100 M asalan, yuqoridagi misolimizda, Ju= 16 / 14= 1,143 yoki 114,3%. Demak, muomala xarajatlari darajasi 14,3%ga ortgan. — muomala xarajatlari darajasining o‘zgarishi hisobiga qilingan iqtisod (ortiqcha sarflash) summasi: I= (u i-u 0/100 )x T a; I=(16% -14% ) x 100 m .s.=+2% x 100 m .s.= + 2 m.s. ortiqcha sarflangan. Muomala xarajatlarining nisbat darajasi faqat korxonalar faoliyatining sam aradorlik darajasiga bog‘liq bo’lmay, balki tovarlar va m aterial xarajatlar elememtlari va xizmat tariflariga bo'lgan baholarga ham bog‘liq. Shuning uchun yuqoridagi ko'rsatkichlar tizim ini hisoblashdan avval hajm ko'rsatkichlarini solishtirma (o‘zgarmas) baholarda hisoblash lozim bo’ladi. Buning uchun avvalo baho indekslarini hisoblab, so‘ngra amaldagi tovar aylanish va muomala xarajatlarini shu indeksga bo’lish kerak.
Xulosa qilib aytganda bozor munosabatlarini rivojlantirishning asosiy elementi bo’lgan tadbirkorlik tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy xodisa sifatida keng ijtimoiy munosabatlarini o’z ichiga oladi. Tadbirkorlik kishilar (mulkchilik sub’ektlari)ning moddiy va pul mablag’lari (kapitalni) amalda harakatga keltirib, daromad topishga mo’ljallangan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlikda yaratuvchilik faoliyati orqali daromad olinadi. U mavxum narsa emas , balki aniq maqsadga qaratilgan faoliyat bo’lib aniq shaxslar xatti harakatida namoyon bo’ladi. “O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi qonun” ga muvofiq “Tadbirkorlik, mulkchilik sub’ektlarning foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir”.O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yanada yuksalmoqda. Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ishlab chiqarish korxonalarining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani natijasida ularning faoliyati tobora rivojlanib borayapti. Poytahtimizdagi mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Premium Safete» O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma korxonasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Mahsus ishchi kiyimlari va poyabzallar ishlab chiqarishga ihtisoslashtirilgan mazkur korxona, uch yildirki, bozorda o‘z o‘rnini topib kelmoqda .– Biz, asosan, buyurtmalar bo‘yicha ish yuritamiz, — deydi korxona bosh direktori o‘rinbosari Shavkat Xonboboev. – Hususan, «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari», «O‘zkimyosanoat», «O‘zbekengilsanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyalari singari iqtisodiyotimizning yirik tarmoqlari tarkibidagi korxonalar doimiy xaridorlarimiz hisoblanadi. Joriy yilning to‘qqiz oyi ichida ularga qaryib 200 million so‘mlik mahsulot yetkazib berdik.Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida biz rossiyalik sanoatchilar bilan kelishuvga erishdik. Hozirgi kunda korxonada 80 nafarga yaqin ishchixodim buyurtmalarni o‘z vaqtida bajarish maqsadida astoyidil mehnat qilmoqda.
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling