O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


O'zbekistonda iste'mol talabi raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol qonunchilik


Download 0.53 Mb.
bet11/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#195951
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Nosirov Timur ST-52

5. O'zbekistonda iste'mol talabi raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol qonunchilik.

O’zbekistonda isteʼmolchi talabini qondirish va unga ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish yo’nalishlari.

Mamlakatimizda valyuta siyosatini liberallashtirish, real bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda narxni shakllantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, sog’lom raqobat va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida kompleks chora tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 33 905,8 ming kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 650,3 ming kishiga yoki 2,0 % ga o’sdi. Bundan kelib chiqish mumkinki, mamlakatimizda potensial iste’molchilar miqdori o’sib bormoqda. Bu o’z navbatida ushbu potensial iste’molchilar talabini qondirish uchun tegishli choralar ko’rish zarurligini bildiradi.

2019 yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlari 10,3 mln. so’mni, nominal o'sish sur'ati 119,7 % ni, real o'sish sur'ati esa 104,5 % ni tashkil etgan. Bundan o’z-o’zidan iste’molchilarning talabida ham o’sishlar kuzatilishi mumkinligidan dalolat beradi.1

1.www.mineconomy.uz O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot va Kambag’allikni Qisqartirish Vazirligi rasmiy veb-sayti

Hisob-kitoblarga ko’ra, jahon bo’ylab oshib borayotgan talabni qondirish uchun 2050 yilgacha hozirgiga qaraganda 70 foiz ko’p oziq-ovqat ishlab chiqarilishi lozim.

Ammo aksariyat Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O’zbekistonning qishloq xo’jaligi eng islohot talab qiladigan sohalaridan biri bo’lib qolayotgani ayon.

Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda narxning ko’tarilishi eng avvalo qishloq xo’jaligi yoki oziq-ovqatlarni ishlab chiqarish faktorlariga qaram bo’ladi. Ishlab chiqarish esa, eng avvalo suv muammolariga bog’liq. Ma'lumki, O’zbekiston suv ta'minoti muammolariga ega. Suvning asosiy qismi daryoning yuqori qismidagi mamlakatlarda - Tojikiston, Qirg’iziston va qisman Qozog’istonda jam bo’lgan. Global iqlim o’zgarishi tufayli O’zbekistonda suv miqdori tobora kamayib boradi. Bu esa, albattaki, ilk navbatda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni pasaytiradi. Iqlimning o’zgarishi don, suv va go’sht mahsulotlari miqyosiga ham salbiy ta'sir ko’rsatadi. Shunday ekan, O’zbekistonda kelajakda kundalik oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi va boshqa mintaqalardan importning ko’payishini kutsak bo’ladi.

Albatta, vaziyatdan foydalanib, ba'zi Markaziy Osiyo mamlakatlari narx-navolarni ko’tarib yuborishlari mumkin. Shuning uchun mahsulotlar oldi-sotdisi mintaqa davlatlari darajasida nazorat qilinishi kerak. Ammo, mintaqa mamlakatlarining bir birini siyosiy jihatdan yoqtirmasligi inobatga olinsa, narxlarni nazorat qilish juda qiyin bo’ladi. Boshqa tarafdan, demografik o’sishni ham hisobga olish kerak. Markaziy Osiyoda tug’ilish darajasi eng yuqori bo’lgan mamlakatlar bu - O’zbekiston va Tojikistondir. Demak, bu mamlakatlarning oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji tobora ortib boraveradi. Narx- navolarning ko’tarilishi bojxona to’lovlari va chegaradan o’tishda to’siqlarni kuchaytiradi. Bu, o’z navbatida, kichik-kichk janjallarni keltirib chiqarishi va aholini boshqa mintaqalarga ko’chishga majburlashi mumkin. Kontrabanda va soya iqtisodi ham kuchayadi.

Mintaqada narxlarning ko’tarilishini, iste’molchilar talabini qondirish uchun eng avvalo suvni tejaydigan resurslardan foydalanishga o’tish zarur. Suvdan kam foydalanish va tejash kerak. Daryo bo’yida joylashgan qo’shni davlatlar o’rtasida suvdan foydalanish bo’yicha bitimlar imzolanishi kerak. Buning uchun mamlakatlar bir-biriga yon berishlarga borishlari, mojarodan cheklanishlari va siyosiy ambitsiyalardan voz kechishlari zarur. Bundan tashqari, aholi o’sishini nazorat qilish kerak. Paxta kabi suv ko’p talab qiladigan mahsulotlardan voz kechib, oziq-ovqat yetishtirishga asosiy e'tiborni qaratish zarur. Ana o’shandagina chetdan keltiriladigan mahsulotlarga ehtiyoj kamayadi. Ya'ni poliz mahsulotlari, meva-sabzavotlarni yetishtirishga ko’proq e'tibor qaratish kerak. Ularni chetga sotish hisobiga boshqa mahsulotlarni keltirish mumkin bo’ladi. Yana go’sht va sut mahsulotlarini ko’paytirish haqida ham jiddiy o’ylab ko’rish kerak. Xulosa qilib aytganda qishloq xo’jaligida iste’molchi talabini qondirish ko’p tarmoqli bo’lishi zarur. Buning uchun nima ekishni va nima ishlab chiqarishni fermerlarning o’ziga qo’yib berish lozim. Davlat oziq-ovqat zaxirasi haqida o’ylaydigan bo’lsa, uni fermerlarni biror narsani yetishtirishga majburlash o’rniga soliq va kredit tizimlarini yaxshilashi zarur. Xullas, ma'muriy buyruqbozlik tizimidan voz kechish va iqtisodiy ta'sir vositalarini ishlab chiqish zarur.

O’zbekistonda iste’molchi talabiga ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

1. Iste’molchilar xohish-istagi. Aholining milliy urf-odatlari, an’analari, yashayotgan makonining tabiiy iqlim sharoiti, madaniyat darajasi va ular bilan bog’liq xaridorlar xohish-istagi, muayyan sharoitdagi moda ta’siri talabni vujudga keltiradi. Kiyim tayyorlanayotgan xom-ashyoning o’zgarishi, tikilayotgan kiyim texnologiyasi, modelining o’zgarishi kabilar ta’sirida ma’lum bir tovarlarga talab o’zgaradi. Natijada, yangi turdagi tovarlarga talab kuchayadi.

Ushbu holatda iste’molchilar talabini nazorat qilishi uchun avvalambor taklif hajmini talab hajmiga tenglashtirish lozim. Shundagini bozor muvozanati yuzaga keladi. Aks holda, talab ko’p taklif kam bo’lgan holatda iste’molchi yutkazadi.

2. Aholi tarkibidagi o’zgarishlar. Aholi tarkibi o’ziga xos talabni shakllantiradi. Hozirgi O’zbekistonda aholi tarkibida 15 yoshgacha bolalar katta salmoqqa ega. Agar keksalar, qariyalar ko’paysa, meditsina xizmati kabi tovarlarga talab o’sadi. Bu holda avvalgi, yoshlar salmog’i ko’p bo’lgan sharoitdagi talab, albatta, o’zgaradi.

Mamlakatimizda aholi soni yiliga o’rtacha 2 foizga yoki 600 mingga oshishini hisobga olsak yillik ishlab chiqarish hajmini ham shu maromda amalga oshirib boorish zarur. Aks holda, bu aholi o’rtasida tabaqalanishni oshirib yuborishi, mavjud talabni qondirish imkoniyatini pastlatishi mumkin.

3. Aholi pul daromadlarining o’zgarishi. Aholi pul daromadlarining o’sishi tovarlarga miqdoriy talablarning ko’payishigagina olib kelmay, mebel televizor, maishiy xizmat jihozlari va texnikasi hamda yuqori sifatli oziq-ovqatlarga bo’lgan talabni kuchaytiradi. Agar aholi pul daromadlarining o’zgarishi asosida iste’mol tuzilishida o’zgarish bo’lib, ular ish haqlarining 14% dan ko’p qismiga oziq-ovqat xarid qilinsa, u holda arzon oziq-ovqatlarga talab kuchayib, sifatli uy-ro’zg’or tovarlariga talab pasayadi. Bu mamlakat esa kambag’al deb e’tirof etiladi;

Aholi pul daromadlari o’zgarishi natijasida uning iste’mol talabida ham o’sish yoki tushish kuzatiladi. Bunda hollarda ishlab chiqarish hajmini aholi daromadi o’sishi bilan bir maromda bo’lishini ta’minlab borishga erishish zarur.

4. O’rnini bosuvchi tovarlar bahosining o’zgarishi. Masalan, saryog’ bahosining o’zgarishi margarinning bahosini o’zgarishiga olib keladi. Saryog’ bahosining o’sishi uni o’rnini bosuvchi margaringa bo’lgan talabning ko’payishiga olib keladi.

5. Bir birini to’ldiruvchi tovarlar bahosining o’zgarishi. Bozorda benzin bahosining ko’tarilishi avtomobillarga bo’lgan talabni qisqarishiga yoki kamroq benzin iste’mol qiluvchi avtomobillarga talabni ortishiga olib keladi. Yoki fotoplyonka narxining o’sishi uni ishlatish uchun zarur to’ldiruvchi fotoapparatlarga bo’lgan talabni ma’lum darajada kamayishiga olib keladi;

6. Bozor miqyoslari. Ma’lumki, bozorlar o’z ko’lamiga binoan mahalliy, regional, milliy va jahon bozorlariga bo’linadi. Bozor miqyoslari qanchalik kattalashsa, ma’lum tovarlarga bo’lgan talab shunchalik o’sadi, talab ham o’z navbatida o’z hajmini kuchaytiradi;

7. Pulning qadrsizlanishining kutilishi bo’yicha shov-shuvlar insonlar o’rtasida ma’lum tovarlarga talabni kuchaytiradi. O’tish davrida talab hajmini aniqlash va u to’g’risida ma’lum bir hisob-kitoblar qilish juda murakkab va qiyindir.

8. Reklama ham talab darajasiga ta’sir qiladi. Radio, televidenie, matbuotdagi reklamalar hamda tovarning yuqori sifatli va xaridorni jalb etuvchi shaklda o’ralishi, qadoqlanishi, jilo berilishi hamda uning muayyan afzalliklari va qayerda sotilishi kabi axborotlar mazkur tovarga talabni kuchaytiradi.

Ushbu holat ma’lum bir turdagi tavorlar o’rtasida sodir bo’lib, bu barcha turdagi tovarlarga birday ta’sir qilmaydi. Bunday holatda iste’molchilar tomonidan asosan bir turdagi tovarlga ehtiyoj oshib boradi.

Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo'lishini taqozo etadi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo'lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyutsion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta-’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o'z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo'lganda qaytadan tiklash raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog'lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero. Prezidentimiz ta’kidlaganidek. bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo'ymoqda. Bu borada ham juda ko‘p yechilmagan muammolar bor. Ya'ni eski ma’muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to'laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo'lidagi mavjud g'ov to'siqlarni bartaraf etishimiz zarur».Bugungi kunda O'zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo'lib, ular ko'pincha tarmoq vazirliklari mavqye va vazifalariga ega bo'ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit hamda fond ko'rinishida taqsimlanishining eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlarberish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to'siqlar monopolistik tendensiyalarga ko'proq imkon yaratadi. Shunga ko‘ra, O'zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:

a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon boMishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlami yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur;

b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‘z ustunlik mavqyelarini suiiste’mol qilish imko￾niyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishi ni ta’minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas. O‘zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o‘rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o‘z egalari qo'liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo'jalik subyektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.

Shu maqsadda 0‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik keltirib chiqarish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to'sqinlik qilish, raqobatning g'irrom usullarini qo'llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to'lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko‘ra, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to'xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan. Shuningdek, qonunda asosan, ikki muhim yo‘nalish, ya'ni birinchidan, monopoliyaga qarshi tartibga solishning prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqyeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan. Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan.

Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda 0‘zbekistonda monopoliyaga qarshi organ - Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqyeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Respublika Prezidentining « 0‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan, Monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo'mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo‘mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan, u monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga aylantirildi.

Respublikada monopol mavqyeiga ega bo‘lgan korxonalarni Davlat reyestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o'tish davrining o'ziga xos jihatlari hisobga olinadi. Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35 foizidan ortiq bo'lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 foiz deb belgilangan. Respublikada monopoliyalar ro'yxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqyeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim:

1. Monopol mavqyeidagi korxonalar mahsulotlariga нархларнинг eng yuqori darajasini yoki rentabellikning nerapasini belgilab qo'yish.

2. 0 ‘z monopol mavqyeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo'lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 18 iyuldagi 366-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Obyektlarning xo'jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to'g'risidagi» Nizom asosida amalga oshiriladi.



O'zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida» (1996 yil, aprel) Qonuni asosida g'irrom raqobatga, shu jumladan, respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo'ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi.Tabiiy monopoliyalarni davlat yo'li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko'rsatkichlarni belgilashni o'z ichiga oladi. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri - bu monopolist-korxonalarning tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqyeini suiiste’mol qilishning oldini olish va unga yo'l qo'ymaslik bo‘yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu maqsadda monopolist-korxonalarda Davlat reyestri yuritiladi. Ushbu reyestrlarga ma’lum bir tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo'lgan korxonalar kiritiladi. Reyestrga olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z mahsulotlarining narx (tarif)lari yoki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida yoki joylardagi moliya organlarida deklaratsiyadan o'tkazishlari shart. Keyingi yillarda Davlat reyestrini yuritish uslubiyotini takomillashtirib borish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el investitsiyalarining kirib kelishi natijasida barpo etilayotgan korxonalar saImog‘ining oshishi va boshqa omillar ta’sirida ko'pgina monopolist korxonalar tovar bozorlaridagi ulushining kamayishi munosabati bilan Davlat reyestridan chiqarilmoqda. Agar 1999 yilning 1 oktyabr holatiga reyestrda 716 xo'jalik yurituvchi subyekt 1924 turdagi mahsulot, ish, xizmat bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo'lsa, 2003 yilning 1 yanvar holatiga 386 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar 247 ta mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar turlari bo‘yicha hisobga olingan. Umuman olganda, 2003 yilning 1 yanvariga kelib monopolist-korxonalar soni 1996 yilga nisbatan 2,5 barabarga, monopol mahsulotlar soni esa, 17 barobarga qisqardi.Respublikada faqat 2003-2004 yillar davomida monopol mavqyeidagi 1418 ta aksionerlik jamiyatlari aksiyalari paketi, 494 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlaring nizom jamg‘armasi davlat ulushi, 1657 ta korxona va obyektlar to'liq mulk majmualari sotildi va mustaqil korxonalarga aylantirildi.11 Natijada, sobiq tarmoq vazirliklari negizida tuzilgan respublika xo'jalik birlashmalari («0 ‘zgo‘shtsutsanoat», «Oziq-ovqatsanoat», «0‘zeltexsanoat» uyushmalari va boshqalar) nizom jamg‘armasi davlat ulushi bo'lgan korxonalar deyarli qolmadi, boshqalarida esa, («0‘zbekyengilsanoat» DAK, « 0 ‘zdonmahsulot» AK va boshqalar) bunday korxonalar soni keskin qisqardi. Tarmoqlarda monopol hisoblangan bir qancha uyushmalar tugatilib, o'rnida mustaqil korxonalar vujudga keltirildi, bu o‘z navbatida raqobat muhitining yanada kuchayishiga olib keldi.

Xulosa

Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va jamg'arma maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildirib, unumli va shaxsiy iste’molga ajraladi. Iste’molchilarning daromadlari qanchalik o'sib borgan sari ularning jamg‘arishga bo'lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi.Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omilar o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalami bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilaming nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilaming fikriga ko‘ra, jamg‘arma banklaming real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ulaming qiziqishlari shu qadar kuchli bo‘ladi. J.M.Keyns klassik iqtisodchilaming bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo‘jaliklarining joriy daromadlarini ko‘rsatadi.

Raqobat bozorning muhim xususiyatlaridan biri bo'lib hisoblanadi. U bir tomondan, ishlab chiqarish munosabati va ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi mexanizm sifatida namoyon bo'ladi. Raqobatli bozor ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy resurslarni maqbul (optimal) taqsimlashga imkon yaratadi. 0 ‘z miqyosiga ko'ra, raqobat eng avvalo, ikki turga tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo'linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to'rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopollashgan raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.

Erkin raqobat va monopoliya real hayotda kam uchraydi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining holatini monopollashgan raqobat va oligopoliya tavsiflaydi. Monopollashgan raqobatda juda ko'p mayda firmalar tomonidan turli-tuman tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqariladi, shuning uchun sohaga kirish qiyin emas. Raqobat — xo‘jalik yuritishning asosiy usuli hisoblangani uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog'liqdir. Raqobat muhiti deb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xo‘jalik yuritishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashkiliy va siyosiy sharoitlar majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mavjudligi — alohida olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilib hukmronlik mavqyeiga erishishiga halaqit beruvchi asosiy omildir.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling