O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

1.5 KURASH - UMUMINSONIY QADRIYAT 
Umuminsoniy qadriyatlar - jahondagi barcha odamlar, xalqlar. davlatlar uchun 
umumiy qadrlash mezoni hisoblangan umumbashariy ahamiyatga ega bo`lgan 
qadriyatlar tizimi. Umuminsoniy qadriyat nihoyatda keng ko`lamli va serqirra 
tushunchadir. Bugunga kelib umuminsoniy qadriyat tushunchasi insonlar hayotida. 
ularni tarbiyalashda va ma‘naviy dunyosini boyitib borishda o`zining yuksak 
darajadagi ahamiyatini tobora oshirib bormoqda. 
Kurash bir so`z bilan aytganda bahslashish, bellashish ma‘nolarini anglatadi. 
Maxsus jismoniy mashqlardan tashkil topgan harakatlar majmui kurashning asosini 
tashkil qiladi. 
Shu bilan birga kurashning ijtimoiy xarakteri, insonni shaxs sifatida tarbiyalashdagi 
o`rni beqiyosdir. Jamiyat rivojlanishi bevosita jismoniy madaniyat tushunchasining 
ham rivojlanishiga olib keldi. Kurash bugungi kunga kelib o`zining yuksak ijtimoiy 
ahamiyatini namoyon qilmoqda. 
So`nggi yillarda dunyo miqyosida sportning ahamiyatini o`rganishga qaratilgan 
tadqiqotlar uning insonlar turmush-tarzidagi roli yuksak darajada ekanligini 
isbotladi. Mazkur masala yuzasidan jismoniy madaniyat va sport mutaxassislari, 
psixologlar, sotsiologlar tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar va turli darajadagi 
ilmiy-uslubiy manbalar yaratildi (V.D.Panachaev, N.I.Ponomaryov, L.P.Matveev, 
Y.M.Masharipov, R.S.Salamov, L.I.Lubisheva). 
Xalqimizda 
bellashuvlarda 
va 
musobaqalarda 
tanilgan, 
g`olib 
bo`lgan 
kurashchilarga nisbatan ―polvon‖, ―g`olib‖, ―paxlavon‖ kabi tushunchalar keng 
ishlatiladi. Insonlar bunday polvonlarga havas bilan qaraydi natijada, ulardek bo`lish 
istagi shakllanib boradi. Insonlar g`oliblar, chempionlar timsolida kurashni 
qadrlaydilar. 
Sport nazariyasidan ma‘lum bo`lishicha sportning sog`lomlashtirish, g`oyaviy, 
estetik, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy- siyosiy, baynalminalchilik vazifalari mavjud. 


15 
Shuningdek, ayrim manbalarda ko`rstilishicha, sport vositasida vatanparvarlik
insonparvarlik tarbiyasini yosh avlodga singdirish masalalari bayon qilingan. Bu 
o`rinda mutaxassislar sport musobaqalari jarayonida yoshlarni vatanparvarlik 
g`oyalari ruhida tarbiyalashning imkoniyatlari yuqori darajada ekanligi e‘tirof 
etishadi. Sport faqatgina natijalarni aniqlash, jismoniy imkoniyatlarni namoyish 
qilish mezoni bo`libgina qolmay inson omili, uning har tomonlama tarbiyalanishi 
masalasiga ham aloqadorligi mazkur mavzu doirasida o`tkazilayotgan tadqiqotlarda 
o`z aksini topmoqda. Kurash sportining so`nggi yillarda keng rivojlanishi va jahon 
sporti qatoriga kirishi uning insonparvarlik xarakteri va sportning umume‘tirof etgan 
normalarga mosligi bilan izohlanadi. 
O`zbekiston Respublikasining ―Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida‖gi Qonunida 
(yangi taxriri, 2015 yil 4 sentyabr) ko`rsatib o`tilishicha, O`zbekiston milliy sport 
turlari va xalq o`yinlari O`zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport 
sohasidagi madaniy merosining ajralmas qismi, alohida vatanparvarlik va Vatanga 
muhabbat, xalqaro maydonda mamlakatning obru-e‘tiborini yuksaltirishga intilish 
tuyg`ularini tarbiyalash poydevoridir. Darxaqiqat. milliy sport turlarining 
shakllanishi, tarixiy taraqqiyoti bevosita kishilarni vatanparvarlik g`oyalari ruhida 
tarbiyalashni nazarda tutadi. Masalan, milliy sportimiz kurashda raqibni hurmat 
qilish, o`z sha‘nini himoya qilish orqali vatani va xalqi or-nomusini, sha‘nini 
himoya qilish masalalari ushbu sport turining falsafiy va ma‘naviy g`oyalari 
negizini tashkil qiladi. Kurashning tarixiy shakllanishi, rivojlanishi zamirida aslida 
tinchlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi hislatlarni tarbiyalash 
g`oyalari mujassamlashgan. Zero, tinchlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, 
mehnatsevarlik umuminsoniy qadriyat sifatida necha yillardan buyon e‘zozlanib, 
qadrlanib kelinmoqda. 
Kurashning umuminsoniy qadriyat ekanligi uning insonparvar xarakterda ekanligida 
ham o`z aksini topadi. Bir qarashda kurash mazmunini ma‘lum darajadagi 
tayyorgarlikdan o`tgan sportchilar bellashuvi, ularning bir-birini jismonan, kuch 
ishlatib mag`lub bo`lishga majbur etishida ko`rish mumkin. Ammo, kurash bo`yicha 
musobaqa qoidalari va umume‘tirof etgan normalari sportchilarga, murabbiylarga va 
hakamlarga shunday talablar qo`yganki, natijada, musobaqa faoliyati ishtirokchilari 
mashg`ulotlar, musobaqalar va sport tadbirlari jarayonida umuminsoniy qadriyatlar 
mezoni doirasida tarbiyalanib, shakllanib boradilar. Zero, jismoniy tarbiya va sport 
mashg`ulotlari 
hamda 
sport 
musobaqalari 
ular 
ishtirokchilarining 
va 
tomoshabinlarning sog`lig`iga, sha‘ni va qadr-qimmatiga ziyon yetkazilmaydigan 
tarzda o`tkazilishi kerak. Sportchilarning sha‘ni va qadr-qimmati kamsitilishiga olib 
keladigan, shuningdek ularning sport jarohatlari olishiga sabab bo`ladigan 
tayyorgarlik uslublaridan foydalanishga yo`l qo`yilmaydi. 
Kurash musobaqalari qoidalari ma‘lum talablar asosida ishlab chiqilgan bo`lib, 
ishtirokchilardan ularga qat‘iy amal qilishni talab etadi. Ayni shu holatda kurash 
o`zining yuqori darajadagi insonparvarlik xususiyatini namoyish qiladi. 
Inson, uning salomatligini saqlash va mustahkamlash butun dunyo tibbiyot sohasi 
oldida turgan asosiy vaziflardan hisoblanadi. Tibbiyot olamida ―kasallikni 
davolagandan ko`ra uning oldini olgan yaxshi‖ tushunchasi mavjud. 


16 
Texnika va texnologiyalar rivojlangan zamonda kam xarakatlilik insonlar uchun 
ma‘lum darajadagi muammolarni, xususan, harakatsizlik bilan bog`liq bo`lgan 
kasalliklarni yuzaga keltirmoqda. Reja asosida kurash bilan muntazam 
shug`ullanishi organizmning harakatga bo`lgan extiyojini ta‘minlaydi. Natijada, 
organizm sog`lom va baquvvat bo`lishiga erishiladi. Kurashning umuminsoniy 
qadriyat sifatida e‘tirof etilishining asosiy sabablaridan biri ham shundadir. 
Bugungi globallashuv sharoitida yer yuzi aholisini alkogolizm, narkomaniya, diniy 
ekstremizm va xalqaro terrorizm kabi turli salbiy illatlar tashvishga qo`yayotgani 
barchamizga ma‘lum. Xalq va davlatning ezgu maqsadlariga yot va begona bo`lgan 
g`oyalar jamiyat hayotiga o`z ta‘sirini o`tkazishga harakat qilishi muqarrar. 
Zamonaviy sport mashg`ulotlari, xususan, kurashchilar tayyorlash borasidagi 
masalalar ham o`z oldiga faqatgina sport natijalarini yuksaltirishni emas, balki, 
shug`ullanuvchini har tomonlama tarbiyalashni ham maqsad qilib qo`ygan. 
Zamonaviy Olimpiya o`yinlari targ`ibotchisi, fransuz davlat arbobi Per de Kuberten 
insoniyat uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan, har tomonlama tarbiya vositasi 
sanalgan Olimpiya o`yinlarini tashkillashtirgani bejiz emas. Keyinchalik, ikkinchi 
Jahon urushidan so`ng Hindiston mamlakatining tashabbusi bilan Osiyo o`yinlari 
tashkil qilinishi ham aynan shu maqsadga - dunyoda tinchlik va osoyishtalikni 
ta‘minlashga, xalqlar o`rtasidagi birdamlikni saqlashga qaratilgan edi. Shu sababdan 
ham kurash sportini umuminsoniy qadriyat sifatida e‘tirof etish va uni yanada 
rivojlantirish lozim. 
Buning uchun targёibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish, kurashning 
ommaviyligini yanada oshirish lozim. Ayniqsa, kurashning ilmiy-uslubiy asoslarini 
yoritish, kurash nazariyasi va metodikasi masalasi bo`yicha keng ko`lamli tadqiqot 
ishlarini tashkil etish lozim. Qisqa qilib aytganda kurash ilmini rivojlantirish zamon 
talabidir. 
Kurashga doir bugungacha yaratilgan adabiyotlar uni rivojlantirishga ma‘lum 
darajada hissa qo`shdi. Ammo, sport sohasida rivojlanishning shiddat bilan borishi 
va kurashni Olimpiya o`yinlariga kiritish zarurati kurash bo`yicha yangi va samarali 
izlanishlar olib borish, ilmiy adabiyotlar va maqolalar nashr etishni kun tartibiga 
qo`ymoqda. Mamnuniyat bilan aytish kerakki, mamlakatimizda ilm-fanni, sportni 
rivojlantirish uchun yetarlicha huquqiy asoslar yaratilgan va sharoitlar mavjud. 
Bugungi kurash mutaxassislari (murabbiylar, hakamlar. pedagoglar, olimlar) oldiga 
shunday vazifa qo`yilmoqdaki, bunda kurash bo`yicha olib borilayotgan izlanishlar 
va tadqiqotlarni keng ko`lamda tashkil qilish bosh omil bo`lishi kerak. Ze`ro, dunyo 
hamjamiyati kurash aslida eng qadimiy va tarixiy sport turi ekanligini hamda uning 
mazmunida halollik. mardlik, vatanparvarlik kabi eng ezgu insoniy hislatlar 
mavjudligini bilishsin. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling