O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

Haydarbek Bobobekov. Maxpirat nomidagi O`rta Osiyo xalqlari tarixi instituti 
direktori, tarix fanlari doktori, Leybnis nomidagi Yevropa tabiiy fanlar 
akademiyasining haqiqiy a‘zosi (akademigi), ―Nuri Ho`jand‖ (Tojikiston) nomli 
Markaziy Osiyo xalq akademiyasining akademigi. ―O`zbek kurashi dovrug`i‖ (2002 
yil) kitobi, ko`plab ilmiy maqollar va risolalar muallifidir. 
Komil Najimov. Filologiya fanlari doktori. Uning tadqiqotlariga ko`ra eng qadimgi 
doston, ertak va rivoyatlarda ham kurash haqida lavhalar uchraydi. Ularning 
mazmuniga diqqat qilsangiz, kurash tarixi matriarxat davriga tegishli ekanligiga 
amin bo`lasiz. Bundan kelib chiqadiki. kurashning tarixi 5 ming yil oldingi moziyga 
borib taqaladi. 
Komiljon Tursinovich Yusupov. Dzyudo va sambo bo`yicha xalqaro toifadagi 
sport ustasi. 1998 yil 6 sentyabrda Kurash Xalqaro Assosatsiyasi Prezidentligiga 
saylangan va 2002 yilda qayta saylangan. 2003 yilda O`zbekiston-Hindiston do`stlik 
qo`mitasi raisi vazifalarida faoliyat ko`rsatgan. 2004 yildan O`zbekiston 
Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida 
ishlagan. 1992 yilda ―Mustaqillik‖ ko`krak nishoni, ―O`zbekistonda xizmat 
ko`rsatgan sportchi‖ unvoni, 1997 yilda ―Sog`lom avlod uchun‖ 2-darajali ordeni, 
1999 yilda ―El yurt hurmati‖ ordeni, 2003 yilda BMT tomonidan ―Yaxshi niyat 
elchisi‖ unvoni bilan taqdirlangan. Kurashning sport turi sifatida tan olinishi 
bevosita K.Yusupov nomi va faoliyati bilan bog`likdir. 


18 
Atoev Abdullo Qodirovich (marhum). Pedagogika fanlari doktori, professor. 
O`zbekiston Respubikasida xizmat ko`rsatgan sport murabiysi unvoniga sazovor 
bo`lgan, kurash bo`yicha sport ustasi. 
―O`zbekiston o`quvchilari jismoniy sifatlarini rivojlantirishda sport elementlari, xalq 
o`yinlari va maxsus mashqlarni qo`llashning samaralarini tekshirish‖ mavzuidagi 
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (1970). 
―Ota-onalarga oilada bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etish xaqida‖ (1983), 
―Farzandingiz barkamol bo`lsin‖ (1990), ―Oilada bolalarni jismoniy tarbiyalash‖ 
(V.V.Sermeev va A.V.Marlen bilan hamkorlikda, Kiev, 1986), ―Mahallalarda 
ommaviy-sport harakati‖ (1991, hamkorlikda) kabi qo`llanma va monografiyalar 
muallifidir. ―Oilada bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslari 
(O`zbekiston misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan (1984). 
―O`smirlar va yoshlarni kurashga tayyorlashning vosita va metodlari‖ (1982) hamda 
―Kurash‖ (1987) monografiyalari olimning eng muhim ishlaridan sanaladi. Olim 
A.Atoev kamtarona xizmatlari evaziga ―O`zbekiston Respublikasida xizmat 
ko`rsatgan sport murabbiysi‖ unvoniga munosib topildi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling