O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

Abdurashid Mirzaev, kurash faxriysi. A.Mirzaev quyidagi kurash haqida quyidagi 
fikrlarni bildirib o`tgan: 
Ustozlar o`z shogirdlariga kurash usullaridan saboq berish jarayonida ularning qalbi 
va aqliga sharqona falsafiy-axloqiy g`oyalarni singdiradilar. Buning natijasida 
ma‘naviy yetuk, jismonan sog`lom, komil avlod tarkib topadi. Pahlavon yoshlarimiz 
mardlik timsoli sifatida birinchi bo`lib vayronakor g`oyalarga qarshi kurashda 
qalqon bo`lishga qodirdirlar, kuchlarini faqat ezgulik, bunyodkorlikka sarflaydilar. 
Rustam To`raev. II-darajali ―Sog`lom avlod uchun‖ ordeni (1995), ―O`zbekiston 
Xalq maorifi a‘lochisi‖ (1997), ―Eng yaxshi trener‖ ko`krak nishoni (2000) 
―O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sport ustozi‖ unvoni (2001), "Mustaqillikning 10 
yilligi‖ ko`krak nishoni bilan taqdirlangan. 
Taniqli murabbiy Rustam To`rayev 1998-2000 yillarda Dzyudo kurashi bo`yicha 
O`zbekiston milliy terma jamoasiga rahbarlik qilgan. 1998-2000 yillarda Xalqaro 
Kurash Assotsiatsiyasida hakamlar bo`yicha direktor bo`lib ishlagan. Rustam 
To`rayev 1998 yilda Respublikada yilning ―Eng yaxshi sport ustozi‖ deb tan olindi. 
1999 yilda To`rayevlar oilasi Respublikada ―Eng yaxshi sportchilar oilasi‖ deb 
topildi. R.To`rayevning shogirdlari qatoriga Kamol Murodov, Ramziddin Sayidov
Hikmat Kurtov, Alisher Kuryozov, Akobir Turopov, Farxod To`raev, Shuxrat 
Boboev, Feruz Sayidov, Mansur Jumaev, Shamsiddin Sayidov va Rishod 
Sobirovlarni kiritish mumkin. 
Absattorov Ashirbek Abduqaxxorovich. Dotsent, O`zbekistonda xizmat 
ko`rsatgan sport ustozi. Xalqaro toifasidagi hakam. 30 dan ortiq o`quv-metodik 
adabiyotlar muallifi. Ko`plab shogirdlar tayyorlagan mutaxassis. 
Omon Toymuratov. Dotsent, kurash bo`yicha sport ustasi. O`zbekistonda xizmat 
ko`rsatgan sport ustozi, kurash bo`yicha bir nechta o`quv-uslubiy qo`llanmalar 
muallifi. 
Shogirdlari 
Erali 
Maxmarasulov, 
Toshtemir 
Muxammadiev, 
Muxammaddust Toshev, Davlat Choriev, Sherali Jo`raev, Xikmat Kurtov, Olim 
Ravshanov, Shoxida Nazarova, Muxayyo Sattorova, O`g`iloy Nuralievalar jahon 
birinchiliklarining g`olibi va sovrindorlari bo`lishgan. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling