O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


 KURASH RIVOJIGA HISSA QO`SHGAN OLIMLAR VA


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

1.6 KURASH RIVOJIGA HISSA QO`SHGAN OLIMLAR VA 
MUTAXASSISLAR 
Har qanday sport turining rivojlanishida ilmiy-uslubiy asoslar katta ahamiyat kasb 
etadi. Chunki ushbu sport turining mohiyati, uning ilmiy asoslari mazkur sport 
turining zaruratini yoritib beradi. 


17 
Kurashni ilmiy tadbiq etish bo`yicha Respublikamiz olimlari tomonidan qator ilmiy 
tadqiqot ishlari olib borilgan. Kurashning ijtimoiy-falsafiy asoslarini o`rganish 
uning 
tarbiyaviy 
ahamiyatlarini 
ochib 
borishda 
A.Atoev, 
J.Tursunov, 
O.Toymurodov, J.Toshpulatov, U.Ibrohimov, X.Rafiev, T.Odilov, K.Yusupov, 
A.Ruziev, 
N.Azizovlarning 
tadqiqot 
ishlari 
alohida 
e‘tiborga sazovor. 
Mualliflarning ishlarida kurashning paydo bo`lish tarixi, uni o`zbek millatiga 
tegishli ekanligi ilmiy ma‘lumotlar asosida isbotlangan. Yuqorida nomlari 
keltirilgan mualliflar kurash tarixi va uning falsafiy-ma‘anaviy asoslarini o`rganish 
borasida yetarlicha izlanishlar olib borganlar. 
Yana bir guruh, olimlar bevosita kurashchilar tayyorlash, kurash mashg`ulotlarini 
samarali tashkil qilish borasida izlanishlar olib borganlar. Ular qatoriga A.Atoev, 
J.Toshpulatov, F.Kerimov, A.Istomin, K.Yusupov kabi yetuk mutaxassislarni 
kiritish mumkin. 
Quyida ular to`g`risida qisqacha ma‘lumotnoma keltiriladi. 
Jo`raqul Tursunov (marhum). Kurash targ`ibotchilaridan biri, kurash dovrug`ini 
jahonga tanitish, uni sayyoramiz o`zra ma‘lum va mashhur etishda fidoiylik 
ko`rsatgan mutaxassis. Xalqaro kurash akademiyasining birinchi Prezidenti
O`zbekiston Kurash Federatsiyasining birinchi Prezidenti, biologiya fanlari doktori, 
professor, kurash va sambo bo`yicha sport ustasi. 
Axmadali Asqarov. Tarix fanlari doktori, professor. Abu Rayhon Beruniy 
nomidagi davlat mukofoti sovrindori, O`zbekiston Respublikasi FA akademigi
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi. 450 dan ortiq ilmiy va ilmiy 
ommabop maqolalar. Shu jumladan qator monagrafiya, darslik va o`quv 
qo`llanmalar muallifidir. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling