O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

Irina Shvenskaya - Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi a‘zosi. ―Bugun kurashga bo`lgan 
qiziqish nafakat O`zbekistonda balki butun dunyoda ortgani kuzatilmoqda. Hozirda 
kurash bilan faqat erkaklar emas, ayollar ham shug`ullanmoqda. Bu O`zbekiston 
nomi va sportning jahon miqyosida yanada keng tarqalib, yuksalishida katta 
ahamiyat kasb etadi‖. 
Abdulla Oripov (marhum) O`zbekiston Qahramoni. 
―Kurash nainki, jismoniy olishuv manzarasi, balki yuksak madaniyat va 
ma‘naviyatni namoyish etuvchi aqlli san‘at hamdir". 


23 
Abdulla Tangriev - Kurash bo`yicha ikki karra jahon chempioni. Olimpida 
o`yinlari kumush medali sohibi. (2008. Pekin). Xalqaro toifasidagi sport ustasi. 
―O`zbekiston iftixori‖, ―O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sportchi‖ unvoni sohibi, 
―2008-yilning eng yaxshi sportchisi‖. Mutloq vazn toifasida jahon chempioni (2011. 
Rossiya). Jahon birinchiliklarning ko`plab sovrindori. Osiyo chempioni. Osiyo 
o`yinlarining sovrindori. 
―Men sportning dzyudo turida erishgan yutuqlarimning zamirida o`zbek kurashi 
poydevor bo`lgan. Kurash o`zbekning milliy sporti sifatida dunyo sportida o`z 
o`rnini topdi. Buni bugungi jahon chempionati va xalqaro turnirning nufuzida ko`rib 
turibsiz. 
Urol To`rayev - Kurash bo`yicha 1-Al Hakim at Termiziy xotira turniri g`olibi, 
Bahovuddin Naqshband xalqaro turniri g`olibi va sovrindori. Respublikamizning bir 
necha bor g`olibi va sovrindori. 
―Kurash millat g`ururi. O`zlikni anglashda katta ahamiyatga ega. O`zbek xalqiga 
xos jihatlaridan biri mehmondo`stlik, bolajonlik, vatanparvarlik. Shuningdek, kurash 
ham o`zbek xalqining ajralmas bir xususiyatidir‖. 
 
2-BOB MILLIY KURASH RIVOJLANISHI ASOSLARI VA 
USLUBIYOTI 
2.1 Mashg`ulotni rejalashtirish asoslari 
Rejalashtirish turlari va uning ahamiyati 
Sport mashg`ulotlarini rejalashtirish bu bo`lajak sport natijalarini oldindan 
kafolatlash demakdir. Shu sababli murabbiylar yoki mutaxassislar mazkur jarayonga 
alohida ahamiyat berishlari maqsadga muvofiq. Kurash mashg`ulotlarini 
rejalashtirishda e‘tiborga olinadigan eng asosiy mezon bu sportchining yoshi, 
shaxsiy xususiyatlari va malakasi. Har uchala ko`rsatkichlar bir-biriga yaqin 
bo`lganda sportchilarni umumiy reja asosida shug`ullantirish mumkin. Shu holatda 
ham ularga individual tarzda mashqlar berishni unutmaslik kerak. 
Amaliyot 
va 
nazariyaning 
ko`rsatishicha 
sport 
mashg`ulotlarini 
rejalashtirishning quyidagi turlari mavjud: 
1.Ko`p yillik rejalashtirish. 
2.Yillik rejalashtirish. 
3.Oylik (mezosikl) va haftalik (mikrosikl) rejalashtirish. 
4 Ma‘lum bir mashg`ulot uchun reja. 
Rejalashtirishning har bir ko`rinishi ma‘lum darajadagi vazifalarni nazarda 
tutadi. Ular o`rtasida konkret chegara bor deyish notug`ri. Har bir jarayon o`ziga 
xoslik kasb etadi va umumiy birlikka ega. Kurash mashg`ulotlarini rejalashtirishda, 
ayniqsa. dastlabki sport tayyorgarligi bosqichida asosiy e‘tiborni sportchilarni har 
tomonlama rivojlantirish masalalariga 
qaratish lozim. Chunki, endigina 
mashg`ulotlarni boshlagan, harakat formalari yetarlicha shakllanmagan yosh 
sportchilar jismoniy sifatlarsiz texnikani mukammal tarzda o`zlashtira olmaydilar. 
Aytish mumkinki, yosh kurashchilar bilan ko`p yillik mashg`ulotlarni 
rejalashtirayotganda sportchining kelgusi sport faoliyati uchun zarur bo`ladigan 
keng ko`lamli asos hosil qilishga erishish kerak. 


24 
Kurash mashg`ulotlarini rejalashtirish jarayonida tuzilajak rejaga katta 
hajmdagi yuklamalarni kiritish, murakkab vazifalarni reja oldiga maqsad qilib 
qo`yish kurash mashg`ulotlaridagi muammolarni yuzaga keltiradi. 
Quyida rejalashtirish turlarini xarakterlaymiz va ularning mazmunini yoritib 
o`tamiz. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling