O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

Jeon Jin Xon (Janubiy Koreya) Osiyo Kurash Konfederatsiyasi raisi. Uning 
ta‘kidlashicha, kurash adolat, halollik va insonpavarlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan, 
kurash o`zining boy tarixi, falsafasi va o`ziga hos jozibasi bilan jahon xalqlarining 
keng e‘tirofiga sazovor bo`lmoqda. 
Milabo Yafali (Janubiy Afrika) Afrika xalqlari orasida kurashning davralari tobora 
kengaymoqda, jahon sportiga ana shunday halol va jozibali sport turini bergan 
o`zbeklarning milliy qadriyatlari va tarixiga qiziqish kuchaymoqda. Endigi 
maqsadimiz qit‘amizda kurashning ommaviyligini yanada oshirish va uni 
Butunafrika o`yinlari dasturiga kiritishdir. 
Tomas Dunker (Afrika Kurash Federatsiyasi Prezidenti, sobiq) Kurash sporti 
birinchi marta Afrika tuprog`ida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Prezidenti Komil 
Yusupov tomonidan amalda ko`rsatilgan va tanishtirilgan edi. Bu voqea Janubiy 
Afrika milliy dzyudo chempionati o`tkazilayotgan Gartenbosning qirg`oq bo`yida, 
2000 yilning iyul oyida sodir bo`lgan edi. Sohilda bo`lib o`tgan kurash namoyishi 
ko`pgina dzyudo, murabbiylari va rasmiylarida, umuman, ishtirokchilarda katta 
taasurot qoldirdi. Bu voqeadan ko`p o`tmay kurash bo`yicha turli Afrika 
mamlakatlariga tanishtirildi. Shunday qilib, Janubiy Afrikadan boshlab birinchi 
Afrika qit‘alararo kurash prezidenti Andre French (Fransiya) sardoriga va dzyudo 
bayrog`i ostida kurash ham sevimli sport turiga aylandi. 
El Jun Kim (Koreya Kurash Federatsiyasi prezidenti, Xalqaro Toifadagi Hakam). 
―Kurashning insonparvarlik jihatlari hayratlanarlidir. Bilamizki, kurashda yiqilgan
yotib qolgan raqibga nisbatan harakat davom ettirilmaydi. Sportchilardan birining 
tizzasi gilamga tegishi bilan hakam bellashuvni to`xtatadi va kurashchilar turgan 
holda, qaytadan musobaqaga kirishadi. Bu holat kurashning tezkorligi va qiziqarli 
tarzda o`tishiga zarracha salbiy ta‘sir o`tkazmaydi. Men juda ko`p sport turlari bilan 
shug`ullanganman, o`rganganman, lekin kurash musobaqalarini kuzata turib, ochig`i 
lol qolganman. Shundan so`ng O`zbekistonga kelib, kurashni o`rgandim, shu 
bahona o`zbek tilini ham o`rgandim‖. 
Sonya Gandi (Hindiston). Hindiston milliy kongressi partiyasi rahbari. «Bu ajoyib 
qadimiy sport turi rivojiga muvaffaqiyatlar tilayman va yuksak cho`qqilarni xalqaro 
sport musobaqalarida erishishi tarafdoriman. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling