O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

Mario Vazkez Ranya (Meksika) Xalqaro Olimpiya Qo`mitasining a‘zosi, Milliy 
Olimpiya Assotsiyasi Qo`mitasining prezidenti. 


22 
―Kurash bu eng qadimiy sport turlaridan biri. Bu Olimpiya sport turi bo`lishiga 
halaqit beruvchi hech qanday sabab ko`rmayapman. 
Lassana Polenfo (Kod Divar) ‖O`zbek kurashi bo`yicha nafaqat Afrikada, balki, 
butun dunyoda yirik musobaqalar o`tishini qo`llab quvvatlayman. Kurash yildan - 
yilga rivojlanib, unga qiziquvchilar soni o`sib bormoqda‖ 
Patrik Xiki (Irlandiya) ―Kurash qisqa vaqt ichida butun dunyoga tanilganidan juda 
xursandman. Zamonaviy talablarga javob beradigan ajoyib sport turi hisoblanadi. 
Uning rivojlanishida Islom Karimovning hissasi bor‖. 
Genadiy Kaletkin (Rossiya) - ―Kurash kelajak sporti». 
Gentautas Vileyta - «Kurash orqali millat madaniyati, ma‘naviyati, tarixi jahonga 
olib chiqiladi. Sport millatlarni do`stlashtiradi». 
David Xoxolashivelli (Gruziya) - «Dzyudo bo`yicha Olimpiya o`yinlari chempioni 
(1992, Barselona). Kurash bo`yicha 1998 yil Toshkentda bo`lib o`tgan O`zbekiston 
Prezidenti sovrini uchun o`tkazilgan xalqaro turnirning kumush medal sohibi. 
―Kurash haqiqiy sport turidir». 
Iliyas Iliadis (Gresiya) - Dzyudo bo`yicha Olimpiya o`yinlari chempioni. 2004 
Afina, 2008 Pekin. 2 karra jahon chempioni.) Gresiyadagi kurash bo`yicha Islom 
Karimov xalqaro turniri g`olibi. 
«Gresiyada kurash bo`yicha bir necha bor g`olib bo`ldim. Kurash bu haqiqiy 
zamonaviy sport turlaridan biridir‖. 
Selim Tatar o`g`li (Turkiya) - Kurash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti sovrini uchun o`tkazilgan birinchi xalqaro turnir g`olibi, 2 karra jahon 
chempioni. 
«Biz doim yopiq o`yingohlarda kurash tushardik, nari borsa ikki ming 
tomoshabin bo`lardi. Har bir sportchida bo`lgani kabi menda ham jahon chempioni 
bo`lish orzuim kurash tufayli amalga oshdi. Musobaqalarda g`alaba qozonishimga 
ochiq maydondagi 20 mingdan ortiq xalqning qo`llab - quvvatlashlari, olqishlari 
ham sabab bo`ldi. Kurash bu haqiqiy erkaklar sporti. Butun o`zbek xalqiga 
minnatdorlik bildiraman. Chunki ular jahonga shunday ajoyib sport turini berdi‖. 
Karlos Xanorato (Braziliya) Kurash bo`yicha birinchi jahon chempionatining 
bronza medali sovrindori, (Toshkent 1999 y). Kurash bo`yicha bir necha bor 
Braziliya chempioni. Xalqaro turnirlar g`olibi va sovrindori, (Termiz, Nukus, 
Shaxrisabz v.b). Dzyudo bo`yicha Olimpiada o`yinlari sovrindori (2004, Afina). 
Men kurashni eng haqqoniy va chiroyli jahon sporti turlaridan biri deb hisoblayman. 
Men sportdagi g`alabalarimni kurash bilan bog`layman. Eng muhimi kurash orqali 
bu ulug va takrorlanmas O`zbekiston davlati bilan tanishdim. O`zbek kurashini 
Olimpiada o`yinlaridan o`rin olishini istayman. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling