O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

Kafiev Xushvaqt Kafievich. Sport ustasi, kurash bo`yicha xalqaro toifadagi hakam. 
O`zbekistonda kurash rivojiga hissa qo`shgan amaliyotchi mutaxassislardan 
sanaladi. O`z faoliyatini murabbiylik yo`nalishida olib borayotgan mutaxassis 
yuqori malakali kurashchilar tayyorlashga katta hissa qo`shgan. Uning qo`l ostida 
ko`plab sport ustalari va xalqaro toifadagi sport ustalari tayyorlangan. 
Xushvaqt Kafiev bugungi kunda ham yetakchi kurashchilar tayyorlash borasida 
samarali mehnat qilmoqda. 
Karimov Ibroxim. Sport ustasi, kurash bo`yicha xalqaro toifadagi hakam, 
mahoratli murabbiy. I.Karimov faoliyatini murabbiylik yo`nalishida olib bormoqda. 
I.Karimov qo`l ostida ko`plab malakali sportchilar yetishib chiqqan. Murabbiylik 
faoliyatida samarali mehnat qilib kelmoqda. 
Kurashni rivojlantirishga berilayotgan e‘tibor va g`amxurlik sababli kurashni 
o`rganish va uning ilmiy asoslarin tadbiq etish masalasi takomillashib bormoqda. Bu 
o`rinda so`nggi yillarda yosh olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan kuzatishlar 


21 
va tajribalar alohida ahamiyatga ega. Shu bilan birga kurash bo`yicha murabbiylar 
va instruktorlarning yetishib chiqayotganligi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
1.7 MUTAXASSISLAR KURASH HAQIDA 
Shayx Ahmad Al Faxad Al Sabax (Quvayt) Xalqaro Olimpiya Qo`mitasining 
a‘zosi. Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti. ―Kurash bu qadimiy chiroyli sport 
turlaridan biri. U chuqur ildizlarga ega. Kurash Osiyo qit‘asida paydo bo`lgan sport 
turidir. Bu Osiyo sport turi. Men Osiyodagi Olimpiya harakatlari rahbari sifatida 
Olimpiada sport turlaridan biri bo`lishini qo`llab quvvatlayman‖. 
Jag Rogge (Belgiya) Xalqaro Olimpiya qo`mitasining prezidenti (2013 yil). 
Kurashdek ajoyib, go`zal sport turiga Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi eshiklari doimo 
ochiq. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling