O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

Juma Toshpulatov. Pedagogika fanlari nomzodi, professor, sambo va kurash 
bo`yicha sport ustasi. Xalqaro toifasidagi hakam. Xalqaro Kurash Akademiyasining 
a‘zosi. Surxondaryo viloyati va Respublikamizning nomdor polvonlarining 
ko`pchiligi J.Toshpulatovni o`zlariga ustoz deb hisoblaydi. 
Olimning jismoniy tarbiya va sport tarixiga oid ilmiy kuzatishlari 1991 yili nashr 
etilgan ―Surxondaryoda jismoniy tarbiya va sport‖ monografiyasida to`laqonli o`z 
ifodasini topdi. Shuni aytish kerakki, tadqiqotchi tarixga nazar tashlar ekan, uzoq va 
yaqin o`tmish hamda bugungi kun voqealarini yagona tizimga tortganday bo`ladi va 
ulardan kelajakda keladigan hosilaga faraziy qarash qiladi. Amaliy dalillar uning 
ilmiy-nazariy qarashlariga tayanch bo`lib, mustahkam oyoqqa turqazadi. 
Juma Toshpo`latovning Ro`ziqul Mustafoqulov bilan hamkorlikda yaratgan 
―Alpomishlar afsona emas‖ (2007) kitobi Surxondaryolik polvonlar hayoti va 
faoliyatiga bag`ishlangan. Kitobda xalqimizning kurash va pahlavonlik an‘analari, 
jismoniy kamolotning fazilati yuzasidan donishmandlar va xalq baxshilarining ezgu 
so`zlari, xalq og`zaki va yozma adabiyoti asarlari hamda ilmiy manbalarda uning 
talqin etilishi muxtasar eslatib o`tilgan. 
Uroq Ibrohimov (marhum). Olim kurash tarixi va nazariyasiga doir maqolalar va 
turli qo`llanmalar bilan tanilgan. Uning muallifligida jismoniy tarbiya va sport, 
xususan, kurashga doir 9 ta metodik tavsiyanoma, 150 dan ortiq ilmiy maqolalar. 11 
ta o`quv qo`llanmalari, 3 ta ilmiy-ommabop risolalar chop etilgan. 
U.Ibrohimov faoliyatining yana bir e‘tiborga molik tomoni, uning Estoniya 
Respublikasidagi Tartu davlat universiteti va Belorussiya davlat jismoniy madaniyat 
instituti talabalariga soha bo`yicha ma‘ruzalar qilganligidadir. 
Olim bir necha nafar sport ustasi, 500 nafardan ortiq birinchi darajali va sport 
ustaligiga nomzodlar, mingga yaqin ommaviy razryadli sportchilar va sport 
yo`riqchilari, 107 nafar sport hakamlari tayyorlagan. 1981 yili ―O`zbekiston 
Respublikasida xizmat ko`rsatgan jismoniy madaniyat va sport hodimi‖ faxriy 
unvoni berilgan. 


19 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling