O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


  5.12 O„zbek kurashi darslarini o„tkazish usuliyoti


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

 


104 
5.12 O„zbek kurashi darslarini o„tkazish usuliyoti 
Darsni o‗tkazish metodikasida mashg‗ulotning asosiy formasi sifatida darsning 
strukturasini, vazifasi va dars qismlarining mazmunini hamda uni amalga 
oshirishning uch vazifasini – darsga tayyorgarlik, uni o‗tkazish va yakunlash 
vazifalarini yaxshi tushunish muhimdir.
Darsning strukturasi. Darsning tuzilish mazmuni o‗quvchilar kontingentini va 
ularning ishchanlik qobiliyatini hisobga olgan holda vaqtdan maqsadga muvofiq 
foydalanishiga asoslanadi. 
Darsning tuzilishi deganda, muayyan tartibda, ancha maqsadga muvofiq 
izchillikda joylashtirilgan darsning o‗zaro bog‗langan qismlari tushuniladi. Dars 
strukturasida o‗qituvchi-trener hatti-harakatlarining izchilligi, o‗zaro bog‗liqligi 
bayon qilinadi va ochib beriladi, shuningdek, shug‗ullanuvchilar bajaradigan hamda 
ishlar aytib o‗tiladi. 
Dars vazifalarining muvoffaqiyatli hal etilishi darsda o‗qituvchi bilan 
o‗quvchilar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning to‗g‗ri qo‗yilishiga bog‗liq. 
O‗qishning birinchi yili o‗quv-trenirovka darslari 90-100 minut, ikkinchi yili 100-
120 minut, uchinchi yili 120-150 minut davom etadi.
O‗quv-trenirovka va tarbiya vazifalarini hal etishda darsning uch qismi 
tuzilishdan foydalaniladi. Bu shug‗ullanuvchilar organizmning ishga normal 
kirishini, asosiy nagruzkalarning bajarilishi va nisbatan tinchlanishini ta‘minlaydi. 
Shunday qilib, dars strukturasi quyidagi 3 qismdan tayyorgarlik, asosiy va 
yakunlovchi qismlardan tashkil topgan. 
Dars ishi plani har bir dars uchun tuzilgan plan yoki grafik plan asosida 
o‗tkaziladi. Darsning vazifasi va mazmuni shug‗ullanuvchilar kontingenti, ularning 
soni, sharoitlar tayyorgarlik davri va qo‗llaniladigan metodlariga qarab tuziladi.
Darsning tayyorgarlik qismi 25-40 minut vaqtni egallayli. Bu vaqtda darsning 
asosiy qismi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Vazifalar: 
1. Boshlang‗ich tashkiliy ishlar, shug‗ullanuvchilar e‘tiborini qozonish, ularni 
dars vazifalari bilan tanishtirish va mashg‗ulotga ijobiy yo‗nalish berish.
2. Harakat apparatini va organizmning barcha sistemalarini asta-sekin 
oshirilgan nagruzkalarga funksional jihatdan tayyorlash organizmni qizitish va 
spetsifik ishga tayyorlash.
3. Qulay emotsional holatni vujudga keltirish.
Vositalar: bajarish texnikasi shug‗ullanuvchilar o‗zlashtirib olgan yoki tez 
o‗zlashtiriladigan yengil mashqlar: signal, belgilar bo‗yicha turli xilda sarflanish va 
qayta saflanish: turli xilda yurish, yugurish, umumiy tayyorgarlik va maxsus 
xarakterdagi gimnastika mashqlari: kuchlilik, egiluvchanlik, cho‗zilish va 
muskullarni bo‗shashtirish mashqlari, harakatlar sofligiga oid mashqlar, nagruzka-
larni asta-sekin oshira borib, eng oddiy sakrash, umbaloq oshish mashqlari, 
shuningdek, oson harakatli o‗yinlar va yakkama-yakka olishish elementlari bo‗lgan 
mashqlar. 
Darsning asosiy qismi 60-100 minut davom etadi. Bu vaqt ichida ta`lim-tarbiya 
berish, sog‗lomlashtirish vazifalari, kurash sohasidagi umumiy va maxsus vazifalar 
hal etiladi. 


105 
Vazifalar: 
1. Harakat apparatini va organizmning barcha sistemalari har tomonlama 
rivojlantirish hamda mehnat va sport faoliyatida zarur bo‗lgan jismoniy sifatlarni 
tarbiyalash; 
2. Kurash texnikasi va taktikasini o‗rgatish hamda uni shug‗ullanuvchilarning 
jismoniy rivojlanganlik va funksional tayyorgarlik darajasini oshirish bilan qo‗shib 
olib borgan holda takomillashtirish; 
3. Shug‗ullanuvchilarni harakat faoliyati, kurash sohasidagi bilimlar 
«Barchinoy» kompleksiga doir hayotiy muhim bo‗lgan amaliy ko‗nikma va 
malakalar bilan qurollantirish. 
Asosiy vositalar. Buyumlarsiz va buyumlar, koptok, tayoq, gantel, eskander va 
boshqalar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi, tayyorlovchi va maxsus 
mashqlar. Asosiy mashqlar – kurashdagi taktik-texnik harakatlar, sport kurashi - 
klassik va erkin kurash, sambo elementlaridan foydalanish. Yengil atletika, 
gimnastika, suzish, sport o‗yinlari va hokazo. 
Milliy kurash darslarining asosiy qismida, uning boshqa qismlaridagi kabi, 
sport tayyorgarligiga doir maxsus vazifalarni bajarish bilan birga psixologik 
tayyorgarlik, axloqiy va estetik tarbiya vazifalari ham hal etiladi. 
Darsning yakunlovchi qismiga 5-10 minut ajratiladi, dars esa organizmni 
nisbatan tinch holatga keltirish bilan yakunlanadi. 
Vazifalar: 
1. Organizm faoliyatini tinchlantirish va ishlab turgan muskullarni ortiqcha 
zo‗riqishini pasaytirish; 
2. Emotsional holatni tartibga solish, mashg‗ulotni yakunlash ishlarini qisqacha 
tahlil qilish va baholash uyga vazifa berish va hokazo. 
Birinchi faza – darsga tayyorlanish sharoitlarga muvofiq ravishda 
mashg‗ulotning puxta o‗ylangan plan-konspekt tuzish; zalni, maydonchani, 
invertarlar, tulum va hokazolarni tayyorlash, shug‗ullanuvchilar kontengenti soni, 
tayyorgarligi vazn kategoriyalari va hokazolarni hisobga olish. 
Dars planida yaxshi tayyorgarlik ko‗rgan gruppa rahbarlari, hakamlar, 
razryadchi sportchilar, axborotchilar va hokazolarning mavjudligini hisobga olish 
muhimdir.
Ikkinchi faza – darsni o‗tkazish hisobiga – darsni o‗z vaqtida boshlash va 
shug‗ullanuvchilarni aniq uyushtirish, mushg‗ulot temasini qisqacha bayon qilish, 
xususiy vazifalarni va bolalarning mustaqil faoliyati uchun beriladigan 
topshiriqlarni tushuntirish. Bularning hammasi umumiy va shaxsiy metodik 
ko‗rsatmalar berish kerakligini va kamchiliklarni qanday yo‗qotish zarurligini 
aytish, hatti-harakatlarni baholash bilan qo‗shib olib boriladi. Bu esa darsning 
muvaffaqiyatli o‗tishga yordam beradi va bunday dars o‗quvchilarning ijodiy 
mustaqilligini oshiradi: 
Uchinchi faza – darsni yakunlash darsning yakunlovchi qismida o‗qituvchi o‗zi 
uchun ham, o‗quvchilar uchun ham yakun chiqaradi. Bayon qilingan materialni 
tahlil qiladi va kelgusi mashg‗ulotlarni belgilaydi. Buning uchun u dars rejasida 
material qanday o‗zlashtirilganligini, yuklama o‗quvchilarga qanday ta‘sir 


106 
etganligini, qanday yangi metod yoki usullar foydalanilganligini, tarbiya, mustaqil 
ishlar, uy vazifalari va hokazolarda nimaga e‘tibor berish kerakligini qayd qiladi. 


107 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling